84
bartaraf etish;
mashqlarni bajarishda xavfsizlikni ta’minlaydigan
choralar qo’llashni bilishi shart.
Shug’ullanuvchilarning yuqori ish qobiliyatiga quyidagi
uslubiyatlar yordamida erishiladi:
Birinchi jihozda yangi material darsning asosiy qismi
boshida, o’tilgan mashqlar texnikasini takomillashtirish ikkinchi
jihozda, uchinchisida esa o’tilgan dars qaytarilib, harakat
qobiliyati rivojlantiriladi.
Jihozlarda osilish mashqlari, tayanish mashqlari bilan
almashinib bajariladi. Bunda yuklamalar sinergist-mushaklar va
antagonist-mushaklarga teng taqsimlanadi. Bunday usul bilan ish
bajarishda mushaklar kuchi, tezkorlik va chidamlilikning har
tomonlama rivojlanishiga erishiladi.
Mashqlarni almashtirib bajarishni shunday rejalashtirish
kerakki, bunda bir mashqni o’rgatish keyingi mashq bajarishga
zamin yaratsin yoki uni bajarishga xalaqit bermasin.
Darsning
asosiy
qismiga
qo’yilgan
vazifani
muvaffaqiyatli bajarish, asosan, har bir mashqni bajarishga
rejalashtirilgan
vaqtga,
islmi
dam
olish
bilan
to’g’ri
tashkillashtirishga chambarchas bog’liq.
Dostları ilə paylaş: