89
qatnashish mumkinligi to’g’risidagi nuqtayi nazar ancha
o’zgardi. Sport natijalari hech ham оvarial-menstrual davrga
bog’liq bo’lmaganligini o’zlarining nufuzli musobaqalardagi
yutuqlari bilan gimnast qizlar amalda bir necha bor isbot etishdi.
Biroq jismoniy yuklamalarni to’g’ri taqsimlash uchun,
sportchi qizlar tajribali ginekolog bilan maslahatlashishi zarur.
Bunday paytlarda gimnastning jismoniy tayyorgarlik holati va
uning u yoki bu mashqlarni bajarishda organizmining yuklamaga
bo’lgan reaksiyasi o’qituvchi-murabbiy tomonidan puxta nazorat
qilinishi shart. Bu davrda gimnast qizlar ham o’zlarining
organizmlarini yaxshi nazorat qilishlari kerak. Mashg’ulot yoki
dars davrida va undan keyin kayfiyat, hayz ko’rishning o’tLshi.
og’riq his etilgan-etilmaganligi, navbatdagi hayz ko’rish muddati
qayd qilingan hodisalarning qaysi biri tasodifiy, yuklamalarga
bog’liq-bog’liq emasligi va hayz ko’rish davrida bular qanday
oqibatlarga sabab bo’lishi, o’z-o’zini nazorat qilish kundaligida
muntazam yozib borilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: