Suitsidal xulq-atvorga moyil odamlar bilan ijtimoiy-psixologik ishlarni
tashkil qilish
Suitsidologik yordam tashkil qilish – bu tizim davolash-profilaktika
choralari bo’lib, maxsus yordam ko’rsatishga yo’llangan suitsidal (autoagressiv) ga
moyil odamlarga ko’rsatiladi. Mazkur jarayon quyidagi bosqichlarni o’z ichiga
oladi:
-birinchi yordam: shifokorgacha (hamma odamlar yordam ko’rsatishi
mumkin) yoki birinchi shifokorlik yordami bo’lib, suitsidga qo’l urgan suitsidentga
somatik asoratlarda amalga oshiriladi; hamma sohadagi shifokorlar tomonidan,
ko’pincha, tez yordam jamoasi, kasalxonada tez yordam yoki boshqa davolash
muassasalarida amalga oshiriladi.
-shoshilinch yordam: shoshilinch psixiatrik yordam suitsidal xulq-atvorli
bemor olib kelingan davolash muassasasidagi psixiatrlar tomonidan ko’rsatiladi;
shoshilinch psixoterapevtik yordam “ishonch telefoni” xizmati tomonidan
ko’rsatiladi.
-ambulator-maslahat yordamlari: suitsidologlar (psixiatr, psixoterapevt,
tibbiy psixolog) ambulator davoni umumiy somatik profilli poliklinikalar
qoshidagi maxsus ijtimoiy-psixologik yordam xonalarida yoki psixonevrologik
dispanserlarning maxsus suitsidologik xonalarida olib boradilar.
Dostları ilə paylaş: |