Suitsidal xulq-atvor profilaktikasi tuzilishi
Birinchi, ikkinchi, uchinchi darajali profilaktika qilishni bir-biridan farqlash
lozim. Dastlabki bo’g’in jamiyatga yo’naltirilgan bo’lib, suitsidal xavf omillarini
profilaktika qilish maqsadini o’z ichiga oladi. Ikkinchi bo’g’in bevosita
suitsidentga yordamni o’z ichiga oladi. Uchinchi profilaktika – bu suitsidentning
tanqidiy holatdan chiqqandan keyingi reabilitatsiyasi, shuningdek, suitsidentning
suitsidal xavf guruhidagi yaqinlari va qarindoshlariga yordam hisoblanadi.
|