Taqriz
O’zbekiston Respublikasi mustaqqil davlat bo’lganidan keyin katta sinovlarni
boshidan kechirib, qiyinchilik va to’siqlardan o’tibgina qolmasdan, balki
iqtisodiy va madaniy hayotimizda iz qoldiradigan ko’plab sharafli ishlarni
amalga oshirmoqda.
O’zbekiston Respublikasining yangi, mustaqil sharoitda rivojlanishi 1-navbatta
milliy mustaqil mafkuraning yaratilishi muomosini ilgari surmoqda.Yangi
mafkura yosh avlodni sog’lomlashtirish bilan bog’liq bo’lib, u bolalarning
faqatgina jismoniy sog’lom bo’lishigina emas, balki ma’naviy jihatdan ham
barkomol bo’lishini o’z ichiga oladi. O’qituvchilarning hayotda faoliyat tutishi
ko’p jihatdan ularning ma’naviy madaniyatini shakllantirishni belgilab beradi.
Ana shulardan kelib chiqib, tadqiqotning tanlangan mavzusi dolzarb mavzu
hisoblanadi.
Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida yoshlarga ta’lim-tarbiya berishning
samaradorligini oshirish, uning sifatini yanada yaxshilash masalalari bugungi
kunda dolzarb muomolardan biridir. Ana shu nuqtai nazardan yoshlarni erkin
fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, ma’naviy- axloqiy jihatdan yetuk, komil
inson bo’lib yetishishida matematika fanining ro’li beqiyosdir.
Ushbu bitiruv malakaviy ishning mavzusini dolzarbligi bitiruvchi tomonidan
yetarlicha chuqur ilmiy jihatdan ishlangan. Bitiruv malakaviy ishning kirish
qismida muomoning dolzarbligi bitiruvchi tomonidan asoslab berilgan.
Bitiruv malakaviy ishida algebraik materiallarning nazariy asosi ochib berilgan.
Tenglama tushunchasini kiritish etaplari metodik adabiyotlar asosida tahlil
qilingan.Tengsizlik tushunchasini, ularni o’rganish darslikda berilgan misollarni
tahlil qilish asosida ochib berilgan.
Xulosa Bitiruv malakaviy ishining natijalari, qilingan xulosalar aks ettirilgan.
Men Davletova_Xosiyatning “Boshlang’ich sinflarda matematikadan
tenglama va tengsizliklarni o’rganish metodikasi” mavzusidagi bitiruv
malakaviy ishini tugallagan deb hisoblab, uni himoya qilishga tavsiya qilaman.
Taqrizchi: Yangibozor tumanidagi 14- son umumta’lim
maktab o’qituvchisi Ibragimova O.
36
Al-Xorazmiy nomidagi Urganch Davlat Universiteti
Pedagogika fakulteti “Boshlang’ich ta’lim va sport
tarbiyaviy ishi” ta’lim yo’nalishi 4- bosqich talabasi
Davletova_Xosiyatning “Boshlang’ich sinflarda matematikadan
tenglama va tengsizliklarni o’rganish metodikasi”
mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi.
Dostları ilə paylaş: |