www.ziyouz.com kutubxonasi
30
oldidan chiqqan ovchiday yulduzlarni kuvlagan oy ba’zan birpas bulutlar orasiga
yashirinib, yana umid va shiddat bilan olg‘a intilardi....
Qayga ketishmoqda? Qayoqqa boradilar? Har tun intizom bilan harakatlangan oy va
yulduzlar nimani anglatadi, aslida? O’zlariga tayin etilgan vazifadan tashqari aslo
chiqmagan, Yaratganning azamati va qudratiga dalolat etguvchi bu yulduzlarni bir
muddat tomosha qilgan Fotimaxonim ichkari kirayotib yengilgina sovuq yeganiga sezdi.
O’rniga yotarkan faqirlar har doim, har tun shunday junjikadi deya o‘yladi.
Tashqarida xanuz shamol fig‘oni eshitilib turardi. Fotimaxonim shu fig‘on aro
Xayriyaxonimni o‘yladi. Bir uyum tuproq holiga kelgan u xonim bu uyda necha yil
yotgan? Mavluddan uning ruhi xabardormidi yoki kelganlarga Xayriyaxonim uchun
o‘qiyapman deyishi soxtalik bo‘ldimi? Bir muddat shularni o‘yladi...
* * *
Oradan ikki yil o‘tdi. Fotimaxonimdan o‘zgasi bardosh qilishi qiyin bo‘lgan hodisalarga
to‘la ikki yil. Fotimaxonim nafsidan sabri ustun kelgan ikki yil. Bu ikki yil ichida
Fotimaxonim ham bir qizli bo‘ldi. Samiha...
Samiha uch oyga to‘lgan kunlar edi. Fotimaxonim ikki daqiqaga qandaydir ish bilan
boqqa chiqdi. Samiha o‘rnida yotar,Odila o‘yinchoq o‘ynar, ora-sira cho‘ntagidan
qovurilgan no‘xat olib, og‘ziga tashlab qo‘yardi. Ikki daqiqadan so‘ng Fotimaxonim
ichkari kirganida Odila chaqaloqning to‘shagidan tushib kelardi. Birdan yuragi shig‘ etdi.
Ajabo, go‘dakka bir narsa bo‘ldimi? Bu savolga javob izlashga xojat ham, vaqt ham yo‘q,
chunki Samihaning xirillashi yaxshi nafas ololmayotganiga ishora. Fotimaxonimning ichi
yondi. Otildi. Samihaning og‘ziga ko‘piklar to‘plana boshlagandi. Barmog‘ini og‘ziga
suqdi. Og‘zida hech yo‘q, ammo bolaning rangi va og‘zidagi ko‘piklar bo‘g‘ilayotganini
ko‘rsatardi. Chaqaloqni bag‘riga bosdi. Ko‘kragidan og‘ziga ikki tomchi sut oqizdi. Bo‘g‘zi
yumshaydi.Odila unga no‘xat yedirmoqchi bo‘lgani aniq edi. Bo‘g‘zidagi xirillash ortar,
ko‘piklar ko‘payardi. Bolani olib, yo‘lga chiqib doktorga borguncha vaqt o‘tar,
Fotimaxonim peshonasida paydo bo‘lgan terlar, ko‘zidan oqqan yoshlar hozir uning ne
ahvolda ekanini bildirib turardi. Odilaga qaradi,narsa bo‘lmaganday o‘ynab o‘tiribdi.
— Odila,singlingga,nima yedirding?
— No‘xat yedirdim. Yig‘ladi-da...
Fotimaxonimning ichidan kelgan bir his chaqaloqni ko‘yib Odilani yaxshilab kaltaklashni,
hech qursa, bir shapaloq tushirishni amr etardi. Talvasa paytida qilinadigan eng qulay
ish shu edi. Hech bo‘lmasa yuragiga biroz suv sepiladi.
Lekin Odilaga tegadigan tayoqning Samihaga foydasi
bormi? Bola ikki shapaloq bilan
tuzalib qoladimi? Odila bola bu holga tushsin deb shunday qildimi? Istab, qildimi?
Urganda keladigan foyda, avf etganda keladigan zarar bormi?
Fotimaxonim shularni o‘ylab, Odilani urishdan voz kechdi, Odila yana hech narsadan
xabarsiz holda o‘yinchoqlarini o‘ynab ketdi. Uning shu mas’um holatini ko‘rib
Fotimaxonim yolvordi.
— Yo Rabbiy, bag‘ri yarim yetimlar, ko‘ngli mungli yetimlar xurmatiga, mening ikki
yetim bolam hurmatiga bolamni qutqar! Kichik yoshda yetim va o‘ksik qolgan Habibing
hurmati. Yetimlarga yelka tutgan, ko‘l uzatgan, haqqini qo‘rigan yaxshi insonlar
hurmati...
Fotimaxonim oradan qancha vaqt o‘tganini biladigan ahvolda emasdi. Bu uzrli holat.
Bolasi bunday holga tushgan onalar uning nima his qilganini tushunadilar, vaqtni qanday
o‘tganini bilmasligi ham ayb sanamaydilar. Qo‘lini chaqaloqning og‘ziga tiqqanidan keyin
to‘rt-besh daqiqacha o‘tdi. Faqat bu vaqt bolasi bo‘g‘ilgan uchun yoki og‘riqlar,
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Dostları ilə paylaş: |