5 bob Bojxona to’lovlari
5.1 Bojxona to’lovlarining turlari
Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasi orqali olib
o’tishda quyidagi bojxona to’lovlari to’lanadi:
- bojxona boji;
- qo’shilgan qiymat solig’I;
- aksiz solig’I;
- lisenziya berganlik uchun yig’im;
- bojxona rasmiylashtiruvi bo’ymcha mutaxassis degan malaka
attestasiyasini berganlik uchun yig’im;
- bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig’imi;
- tovarlarni saqlaganlik uchun bojxona yig’imi;
- tovarlarni bojxona kuzatuviga olganlik uchun bojxona
yig’imi;
- dastlabki qororni qabul qilganlik uchun haq.
Qonun hujjatlarida boshqa bojxona to’lovlari ham belgilanishi
mumkin.
57
Bojxona chegarasi orqali olib o’tiladigan tovarlarga qonun
hujjatlariga muvofiq boj, qo’shilgan qiymat solig’i va aksiz solig’i
to’lanadi.
Tovarlar qaytarib olib chiqilgan taqdirda ilgari to’langan boj,
qo’shilgan qiymat solig’i va aksiz solig’i summalarini qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qaytarilishi lozim.
Alohida bojlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat
boshqaruvi organlari tashabbusi bilan o’tkaziladigan tekshiruv
natijalariga binoan qo’llaniladi.
Alohida bojlarning stavkalari respublika Vazirlar Mahkamasi
tomonidan har bir holat bo’yicha maxsus belgilanadi va ularning
miqdori tekshiruv natijasida aniqlangan bahoni demping tarzda
arzonlashtirishga, subsidiyalar va aniqlangan zarar miqdoriga
mutanosib bo’lishi kerak.
Bojxona qiymati – «Boj tarifi to’g’risida»gi qonunga muvofiq
belgilanadigan va bojxona to’lovlarini hisoblab chiqarish maqsadida
foydalanadigan tovar qiymatidir.
Bojxona qiymati o’tkaziladigan bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida
bojxona organiga deklarant tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda va shartlarda ma`lum qilinadi (deklarasiyaga kiritiladi).
Bojxona qiymatini to’g’ri aniqlash va hujjatlar bilan
tasdiqlangan ma`lumotlarga asoslanishi lozim.
Deklarant quyidagi huquqlarga ega:
- bojxona organiga taqdim etilgan, bojxona qiymatini
belgilashda foydalanilgan ma`lumotlarning to’g’riligini
isbotlash;
- e`lon qilingan bojxona qiymatiga aniqlik kiritish zaruriyati
vujudga kelganida, bojxona organining ruxsati bilan o’zi
deklarasiya bergan tovardan garov qo’yib yoki vakil
58
bankning kafolati ostida yoxud bojxona organi chiqargan
tovarning bojxona bahosiga muvofiq bojxona to’lovlarini
to’lab foydalanish;
- bojxona qiymatini aniqlash xususida bojxona organi
chiqargan qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda shikoyat qilish.
Deklarant quyidagilarni amalga oshirishi shart:
- bojxona organiga bojxona qiymatini e`lon qilish;
- bojxona organining talabiga binoan bojxona qiymatini
belgilashga doir ma`lumotlarni taqdim etish.
Deklarant tomonidan e`lon qilingan tovarning bojxona
qiymatiga aniqlik kiritilishi yoki bojxona organiga qo’shimcha
axborot berilishi munosabati bilan yuzaga kelgan harakatlarni
deklarant to’laydi. Tovarning bojxona bahosini aniqlash munosabati
bilan uni bojxonada rasmiylashtirish muddatining uzayishidan
deklarant bojni to’lash muddatini amalda kechiktirish uchun
foydalanishi mumkin emas.
Tovar uchun bojni hisoblab chiqarish, to’lash va undirish uning
bojxona qiymati asosida respublikaning kodeksga muvofiq amalga
oshiriladi.
Boj respublika davlat byudjetiga o’tkaziladi.
Bojxona bahosi respublikaning bojxona hududiga olib kirilgan
tovarlar qiymatini bojxonada aniqlashning qonun hujjatlariga muvofiq
qo’llaniladigan usullari tizimidir.
Respublikaning bojxona hududidan olib chiqib ketiladigan
tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi respublika Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
59
Olib kirilayotgan tovar yuzasidan tuzilgan bitimning qiymatiga
qarab baholash tovarning bojxona bahosini chiqarishning asosiy
usulidir.
Agar asosiy usuldan foydalanib bo’lmasa, bojxona bahosini
chiqarishning quyidagi usullarini birin-ketin qo’llaniladi:
- aynan bir xil tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab
baholash;
- o’xshash tovar yuzasidan bitim qiymatiga qarab baholash;
- qiymatlarni chegirib tashlash asosida;
- qiymatlarni qo’shish asosida;
- rezerv usul;
Qiymatlarni chegirib tashlash va qiymatlarni qo’shish asosidagi
usullar istalgan ketma-ketlikda qo’llanilishi mumkin.
Agar baholanayotgan, aynan bir xil yoki o’xshash tovarlar
o’zining dastlabki holati o’zgarmagan holda respublikasi hududiga
sotilsa, qiymatlarni chegirib tashlash asosida bojxona bahosini
chiqarish usulidan bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida
foydalanilganda tovar birligining baholanayotgan, aynan yoki bir xil
o’xshash tovarlar olib kelinganligi vaqtdan boshlab kamida 90 kundan
keyin respublika hududida katta turkumlarda bitimning sotuvchi
bilan o’zaro bog’liq bo’lmagan ishtirokchisiga sotilgan bahosi
qo’llaniladi.
Tovar birligining bahosidan quyidagi xarajatlar chegirib
tashlanadi:
- vositachilik haqi to’lashga qilingan xarajatlar, foydaga
qo’yiladigan odatdagi ustamalar va olib kelingan bir xil
klassdagi va turdagi tovarlarni respublikada sotish bilan
bog’liq umumiy xarajatlar;
60
- tovarlar olib kirish yoki sotish munosabati bilan respublikada
to’lanishi lozim bo’lgan import bojlari, soliqlar, yig’imlar va
boshqa to’lovlar summasi.
- respublikada transportda tashish, sug’urtalash, yuklash va
tushirish uchun qilingan xarajatlar.
Olib kirilayotgan vaqtda qanday holatda bo’lsa, shu holatda
baholangan, aynan bir xil bo’lgan yoki o’xshash tovarlar sotilgan
hollar mavjud bo’lmasa, deklarantning iltimosiga binoan u qayta
ishlangan tovar birligining bahosidan foydalanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |