61
Respublikada boj stavkalarining quyidagi turlari qo’llaniladi:
- boj undiriladigan tovarlarning bojxona qiymatiga nisbatan
foizlarda hisoblanadigan advalor
stavkalari;
- boj undirilishidan tovarlar birligi uchun belgilangan
miqdorda hisoblanadigan xos stavkalar;
- bojning advalar hamda xos turlarini o’z ichiga oladigan
aralash stavkalar.
Agar respublikaning xalqaro shartnomasi boj tarifi to’g’risida
qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar
belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
Import boji xalqaro shartnomalarga muvofiq belgilanadi.
Respublika savdo iqtisodiy aloqalarda eng ko’p qulaylik berish
tartibini qo’llayotgan mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar uchun
undiriladigan import boji stavkalarining eng kam yoki eng ko’p
miqdori qonun hujjatlarida belgilab qo’yiladi.
Savdo iqtisodiy aloqalarda eng ko’p qulaylik
berish tartibi
nazarda tutilmagan mamalakatda ishlab chiqarilgan yoki qaysi
mamlakatda ishlab chiqarilganligi aniqlanmagan tovarlar uchun
undiriladigan import bojining stavkalari ikki barobar oshiriladi, ushbu
qonunga muvofiq respublika tomonidan tarif preferensiyalari
beriladigan hollar bundan mustasno.
Import va eksport bojining stavkalari respublika Vazirlar
Mahkamasi belgilaydigan tartibda joriy etiladi.
Mavsumiy bojlar respublika Vazirlar
Mahkamasi tomonidan
belgilanib tovarlar olib kirish va olib chiqishni tartibga solish uchun
qo’llaniladi. Bunda boj tarifida nazarda tutilgan boj stavkalari
qo’llanilmaydi. Mavsumiy bojlar ular belgilangan vaqtdan e`tiboran
olti oydan ortiq amal qilishi mumkin emas.
62
Maxsus bojlar basharti o’xshash yoki bevosita raqobat qiluvchi
tovarlar bojxona hududiga respublikadagi tovar ishlab
chiqaruvchilarga ziyon etkazishi mumkin bo’lgan miqdorda va
shartlarda olib kirilayotgan bo’lsa, himoya chorasi sifatida,
shuningdek boshqa davlatlar tomonidan
qilinayotgan respublikaning
huquqlarini cheklovchi va manfaatlarini kamsituvchi boshqa
xarajatlarga javob chorasi sifatida qo’llaniladi.
Dempingga qarshi bojlar quyidagi hollarda qo’llaniladi:
- tovarlar bojxona hududiga ularning olib chiqilgan davlatda
ayni vaqtda amalda bo’lgan real qiymatidan past narxda
olib kirilsa, agar bunday olib kirish respublikaning shunga
o’xshash tovarlarni ishlab chiqaruvchilarga moddiy ziyon
etkazsa yoki etkazish xavfini tug’dirsa yoxud respublikada
xuddi shunday tovarlar ishlab
chiqarishni tashkil qilish
yoki kengaytirishga to’sqinlik qilsa;
- tovarlar bojxona hududidan uning respublikada ayni vaqtda
amalada bo’lgan real qiymatidan past narxda olib
chiqilayotgan bo’lsa, agar bunday olib chiqish
respublikaning shunga o’xshash tovarlarni ishlab
chiqaruvchilariga moddiy ziyon etkazsa yoki etkazish xavfi
bo’lsa yoxud respublikaning ishlab chiqaruvchilari
o’rtasida normal raqobat o’rnatilishiga to’sqinlik qilsa.
Kompensasiya bojlari quyidagi hollarda qo’llaniladi:
- Respublikaning bojxona hududiga ishlab
chiqarish yoki olib
chiqish paytida bevosita yoxud bilvosita subsidiyalardan
foydalanilgan tovarlar olib kirilsa, agar bunday olib kirish
respublikaning o’xshash tovarlar ishlab chiqaruvchilarga
moddiy ziyon etkazsa yoki etkazish xavfi bo’lsa yoxud
63
respublikada xuddi shunday tovarlar ishlab chiqarishni
tashkil qilish yoki kengaytirishga to’sqinlik qilsa;
- bojxona hududidan ishlab chiqarish
yoki olib chiqish paytida
bevosita yoki bilvosita subsidiyalardan foydalanilgan
tovarlar olib chiqilsa, agar bunday olib chiqish
respublikaning manfaatlariga moddiy ziyon etkazsa yoki
etkazish xavfi bo’lsa.
Dostları ilə paylaş: