71
ozod qilish, boj stavkalarini kamaytirish yoki preferensial tartibda
tovar olib kirishga (olib chiqishga) tarif kvotalari belgilash kabi
preferensiyalar yo’l qo’yiladi.
Tarif imtiyozlari berish.
Respublikaning tashqi savdo siyosatining uning bojxona hududi
doirasida amalga oshiriladi.
Respublika bojxona kodeksida belgilangan tegishli bojxona
rejimlari doirasida bojxona hududiga vaqtincha olib kiriladigan yoki
undan vaqtincha
olib chiqiladigan tovarlarga;
Respublikaning xalqaro shartnomalarga muvofiq chet elda
investisiya sohasidagi hamkorlik ob`ektlarini qurish uchun butlovchi
buyumlar tarkibida olib chiqiladigan tovarlarga;
Respublikaning bojxona hududidan davlat ehtiyojlari uchun
eksportga ajratilgan hajmlarda olib chiqiladigan tovarlarga;
Respublikaning bojxona hududiga chet el investisiyalari
ishtirokidagi korxonalarning chet el korxonalarning nizom fondlariga
ulush sifatida
olib kiriladigan tovarlarga, shuningdek qonun
hujjatlariga muvofiq mahsulotni taqsimlash to’g’risidagi bitimlarda
nazarda tutilgan hollarda shundan korxonalar olib chiqib ketadigan
o’zlari ishlab chiqargan tovarlarni ayrim turlariga nisbatan ilgari
to’langan bojni qaytarish, boj stavkasini kamaytirish va alohida
hollarda bojdan ozod qilish kabi tarif imtiyozlari berilishiga yo’l
qo’yiladi.
Boj undirishdan quyidagilar ozod qilinadi:
- xalqaro yo’nalishda yuklar, bagaj va yo’lovchilar tashiydigan
transport vositalari, shuningdek ularni yo’lda, oraliq to’lash
joylarida bir maromda ishlashi uchun zarur bo’lgan yoki
uning transport
vositalarida yuz bergan, avariyalarga
(nosozliklarga) baro’am berish uchun chet ellarda sotib
72
olingan moddiy texnika ta`minota buyumlari va asbob
anjomlari, yoqilg’i, oziq – ovqat mahsulotlari va boshqa
mol – mulk;
- qonun hujjatlariga muvofiq respublikaning valyutasi chet el
valyutasi (nulizmatika uchun ishlatiladigan valyuta bundan
mustasno) shuningdek qimmatli qog’ozlar;
- dengizda ov bilan band bo’lgan respublika kemalarini hamda
respublikaning yuridik va jismoniy
shaxslar tomonidan
ijaraga olingan kemalarni ta`minlash maqsadida bojxona
hududidan tashqariga olib chiqiladigan moddiy texnika
ta`minoti va anjomlar, yonilg’i, oziq – ovqat va mol –
mulk, shuningdek ularni respublikaning bojxona hududiga
olib kiriladigan ov mahsulotlari;
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat mulkiga
aylantirilishi lozim bo’lgan tovarlar:
- chet davlatlar vakillarining respublika qonun hujjatlari yoki
xalqaro shartnomalarga muvofiq boj to’lanmasdan
bularni
olib kirish huquqiga ega bo’lgan jismoniy shaxslarning
rasmiy yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalanishga
mo’ljallab bojxona hududiga olib kiriladigan yoki bu
hududdan olib chiqiladigan buyumlar;
- insonparvarlik yordami sifatida davlatlar, hukumatlar,
xalqaro tashkilotlar tomonidan beg’araz yordam tariqasida
yoki
xayriya maqsadlarida, shu jumladan texnik yordam
ko’rsatish tarzida avariyalar va halokatlar, tabiiy
ofatlarning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida
respublikaning bojxona hududiga olib kiriladigan va
undan undan olib chiqiladigan tovarlar;
73
- bepul o’quv davolash va maktabgacha tarbiya bolalar
muassasalari uchun mo’ljallangan o’quv qo’llanmalari;
- uchinchi davlatlar uchun mo’ljallangan
va bojxona nazorati
ostida respublikaning bojxona hududidan tranzit tartibida
olib o’tiladigan tovarlar;
- bojxona qonun hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxslar
tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o’tiladigan va
ishlab chiqarish yoki boshqa tijorat faoliyatini olib borish
uchun mo’ljallangan tovarlar;
- kichik va o’rta biznes korxonalari o’zlari tashkil etayotgan
ishlab chiqarishlari uchun texnologiya uskunalarini import
qilganda.
Dostları ilə paylaş: