92
7.1.3 Bojxona brokeri
Bojxona brokeri — bojxona organining lisenziyasini olgan
respublikaning yuridik shaxsidir.
Bojxona brokeri o’zini vakil qilgan shaxs
hisobidan va uning
topshirig’iga binoan bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha operasiyalarni
o’z nomidan o’tkazish va bojxona ishi sohasida
boshqa vositachilik
vazifalarini bashqarishga haqli.
Bojxona brokeri bilan uni vakil qilgan shaxsning o’zaro
munosabatlari notarial tasdiqlangan shartnoma asosida ko’riladi.
Bojxona brokerining bojxona organlari oldidagi huquqlari va
majburiyatlari uni vakil qilgan shaxs bilan tuzilgan
shartnomada
cheklab qo’yilishi mumkin emas.
Bojxona organining malaka attestatiga ega bo’lgan mutaxassis
deklarant nomidan bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha
harakatlarni
amalga oshirish huquqiga ega.
Deklarant bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha mutaxassisning
bojxona organlari oldidagi majburiyatlarini cheklab qo’yishi
mumkin
emas.
Dostları ilə paylaş: