75
6 bob. Tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash
6.1 Tovarlar qiymati bojxona bahosini chiqarishning usullari
Olib kirilayotgan tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab
bojxona bahosini chiqarish.
Shuni qyayd etish lozimki,
baholashning mazkur usuli bajxona
bahosini chiqarish amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan usuldir.
Respublika bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning
bojxona qiymati - bitim qiymatidan, ya`ni olib kirilgach tovar uchun
respublika bojxona chegarasidan o’tish vaqtida amalda to’langan yoki
to’lanishi lozim bo’lgan bahodan iboratdir, basharti:
- bojxona qiymatini e`lon qilish vaqtida deklorant foydalangan
ma`lumotlar hujjatlar bilan tasdiqlangan va to’g’ri bo’lsa;
- xaridornnng tovarlarni tasarruf etishi yoki ulardan
foydalanishiga taalluqli cheklovlar bo’lmasa, qonun
hujjatlarda belgilangan cheklovlar bundan mustasno;
- tovarlarning sotilishi yoki
narxi baholanayotgan tovarlarning
bojxona keladigan qandaydir shartlar yoki fikrlarga sabab
bo’lmasa;
- xaridor tovarni keyinchalik qayta sotishi, tasarruf etishi yoki
undan foydalanishidan kelgan tushumning biron-bir
qis
MI
bevosita yoki bilvosita sotuvchiga o’tmasa;
- xaridor va sotuvchi bir-biriga bog’liq shaxslar bo’lmasa,
bunday o’zaro bog’liqlik bitim qiymatiga tya`sir
etmaganligi deklarant tomonidan isbot qilingan hollar
bundan mustasno.
76
Bojxona qiymatini aniqlashda olib kirilayotgan tovar uchun
amalda to’langan yoki to’lanishi lozim bo’lgan bahoga quyidagi
xarajatlar qo’shiladi, basharti ular mazkur bahoga kiritilmagan bo’lsa:
1) tovarni bojxona hududiga olib kiriladigan joyga etkazib
keltirgunga qadar qilingan xarajatlar; tashish qiymati; yuklash,
tushirish, yuklash va boshqa joyga to’kish bilan bog’liq xarajatlar;
sug’urta summasi;
2) xaridor tomonidan qilingan xarajatlar; vositachilik va
brokerlik haqlari, tovarni sotib olish chog’idagi vositachilik xarajatlari
bundan mustasno; konteynerlar va (yoki) ko’p marta ishlatiladigan
boshqa idishlar qiymati, agar ular baholanayotgan tovar bilan bir
butun deb hisoblansa; o`rash qiymati, bunga o`rash materiallari
qiymati va o’rash haqi kiradi;
3) xizmatlarning hamda sotuvchi xaridorga tekinga yoki arzon
narxda bevosita yoxud bilvosita beradigan bashqa tovarlarning
qiymati;
4) intellektual mulk ob`ektlaridan foydalanganlik uchun xaridor
baholanayotgan tovarlarni sotish sharti sifatida bevosita yoki bilvosita
to’lashi shart bo’lgan lisenziya to’lovlari va boshqa to’lovlar;
5) olib kirilgan tovarni keyinchalik qayta sotish, tasarruf etish
yoki undan foydalanishdan kelgan tushumning bevosita yoki bilvosita
sotuvchiga tegishli bo’lgan istalgan qismining qiymati.
Tovarnnng bojxona qiymatini aniqlash uchun olib kirilayotgan
tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab bojxona bahosini
chiqarish usulidan foydalanish mumknn emas, basharti:
- xaridorning baholanayotgan tovarga bo’lgan huquqlari
cheklangan bo’lsa, qonun hujjatlarida belgilangan
cheklovlar va tovar bahosiga jiddiy ta`sir qilmaydigan
cheklovlar bundan mustasno;
77
- tovarni sotish va bitim qiymati ta`sirini hisobra olish mumkin
bo’lmagan shartlarga rioya etilishiga bog’liq bo’lsa;
- bojxona qiymatini e`lon qilish vaqtida deklarant foydalangan
ma`lumotlar hujjatlar bilan tasdiqlanmagan bo’lsa yoki ular
noto’g’ri bo’lsa;
- bitim qatnashchilari bir-biriga bog’liq shaxslar bo’lsa,
ularning o’zaro bog’liqligi bitim bahosiga ta`sir etmagan va
bu narsa deklarant tomonidan isbot qilingan hollar bundan
mustasno.
Bir-biriga bog’liq shaxslar deyilganda quyidagi keltirilgan
belgilarning aqalli bittasiga mos keladigan kishilar tushuniladi:
- bitim qatnashchilaridan bittasi (jismoniy shaxs) yoki bitim
qatnashchilaridan birining mansabdor shaxsi ayni bir
vaqtda bitimda qatnashayotgan boshqa shaxsning
mansabdor shaxsi bo’lsa;
- bitim qatnashchilari korxonaga birgalikda egalik qiluvchi
shaxslar bo’lsa;
- bitim qatnashchilari mehnat munosabatlari orqali o’zaro
bog’liq bo’lsa;
- bitim qatnashchilaridan biri bitimga qatnashayotgan boshqa
shaxs nizom kapitalining ovoz huquqini beruvchi kamida
besh foiziga teng bo’lgan ulush (pay) yoki aksiya egasi
bo’lsa;
- bitimning har ikkala qatnashchisi bevosita yoki bilvosita
uchinchi shaxs nazorati ostida bo’lsa;
- bitim qatnashchilari birgalikda bevosita yoki bilvosita
uchinchi shaxsni nazorat qilsalar;
- bitim qatnashchilaridan biri bitimda qatnashayotgan boshqa
shaxsning bevosita yoki bilvosita nazorati osgida bo’lsa;
78
- bitim qatnashchilari yoki ularning mansabdor shaxslari
qarindosh bo’lsalar.
Aynan bir xil tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab
bojxona bahosini chiqarish.
Aynan bir xil tovar deyilganida har jihatdan, shu jumladan: fizik
xususiyatlari; sifati va bozordagi qadri; qaysi mamdakatda ishlab
chiqarilganligi; ishlab chiqaruvchisi kabi belgilari jihatidan
baholanayotgan tovar bilan bir xil bo’lgan tovar tushuniladi.
Tovarning tashqi ko’rinishidagi juz’iy farqlar, agar u boshqa
jihatlari bilan yuqorida ko’rsatilgan talablarga mos bo’lsa, uni aynan
bir xil emas, deb hisoblash uchun asos bo’la olmaydi.
Aynan bar xil tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymati boj
qiymatini belgilash uchun asos qilib olinadi, agar bu tovar:
- baholanayotgan tovar olib o’tillgunga qadar ko’pi bilan 90
kun oldin respublnkaning bojxona hududiga olib kirish
uchun sotilgan bo’lsa;
- taxminan o’shancha miqdorda va (yoki) o’shanday tijorat
shartlarida olib kirilgan bo’lsa. Agar aynan bir xil tovar
ko’p yoki kam miqdorda va (yoki) boshqa tijorat
shartlarida olib kirilgan bo’lsa, baholanayotgan tovarning
bojxona qiymatiga ana shu farqlarni hisobga olgan holda
tuzatishlar kiritiladi, basharti, bu tuzatishlarning asosli
ekanligini bojxona organiga hujjatlar bolan tasdiqlab
berish mumkin bo’lsa.
Tuzatishlar deklarant tomonidan to’g’ri va hujjat bilan
tasdiqlangan ma`lumotlar asosida kiritilishi lozim.
Agar mazkur usulni qo’llash vaqtida aynan bir xil tovar
yuzasidan tuzilgan bitimning ikki va undan ortiq narxi mavjudligi
79
aniqlansa, olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatini belgilash
uchun ularnnng eng past narxi qo’llaniladi.
O’xshash tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab
bojxona bahosini chiqarish.
O’xshash tovar deyilganida har jihatdan bir xil bo’lmasada,
o’xshash xususiyatlarga ega bo’lganligi va tarkibiy jihatdan
o’xshashligi tufayli baholanayotgan tovar bilan bir xil vazifalarni
bajara oladigan va tijorat nuqtai nazaridan uning o’rnini bosa
oladigan tovar tushuniladi.
Tovarning o’xshashligini aniqlashda uning quyidagi belgilari:
sifati, tovar belgisining mavjudligi va bozordagi qadri; qaysi
mamlakatda ishlab chiqarilganligi; ishlab chiqaruvchisi hisobga
olinadi.
O’xshash tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab
bojxona qoidalari asosida, shuningdek quyidagi hollarda:
- agar tovar baholanayotgan tovar ishlab chiqilgan
mamlakatda ishlab chiqarilmagan bo’lsa, u baholanayotgan
tovar bilan aynan bip xil yoki o’xshash hisoblanmaydi;
- baholanayotgan tovarning ishlab chiqaruvchisi tomonidan
emas, balki boshqa shaxs tomonidai ishlab chiqarilgan
tovar, baholanayotgai tovarni ishlab chiqargan shaxs
tomonidan ishlab chiqarilgan aynan bir xil tovar ham,
o’xshash tovar ham bo’lmagan taqdirdagina e`tiborga
olinadi;
- agar tovarni loyihalash, uning ustida tajriba-konstruktorlik
ishlari, uning badiiy bezagi, dizayni, eskizi, chizmalari va
boshqa shunga o’xshash ishlar respublikada amalga
80
oshirilgan bo’lsa, bunday tovar aynan bir xil yoki o’xshash
hisoblanmaydi.
Qiymatlarni chegirib tashlash asosida bojxona bahosini
chiqarish.
Agar baholanayotgan, aynan bir xil yoki o’xshash tovarlar
o’zining dastlabki holati o’zgarmagan holda respublika hududida
sotilsa, ushbu usul qo’llaniladi.
Qiymatlarni chegirib tashlash asosida bojxona bahosini
chiqarish usulidan bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida
foydalanilganda tovar birligining baholanayotgan, aynan bir xil yoki
o’xshash tovarlar olib kelingan vaqtdan boshlab kamida 90 kundan
keyin respublika hududida katta turkumlarda bitimning sotuvchi
bilan o’zaro bog’liq bo’lmagan ishtirokchisiga sotilgan bahosi
qo’llaniladi.
Tovar birligining bahosidan quyidagi xarajatlar chegirib
tashlanadi:
- vositachilik haqini to’lashga qilingan xarajatlar, foydaga
qo’yiladigan odatdagi ustamalar va olib kelingan bir xil
klassdagi va turdagi tovarlarni respublikada sotish bilan
bog’liq umumiy xarajatlar;
- tovarlarni olib kirish yoki sotish munosabati bilan
respublikada to’lanishi lozim bo’lgan import bojlari,
soliqlar, yig’imlar va boshqa to’lovlar summasi;
- respublikada transportda tashish, sug’urtalash, yuklash va
tushirish uchun qilingan xarajatlar.
Olib kirilayotgan vaqtda qanday holatda bo’lsa, shu holatda
baholangan, aynan bir xil yoki o’xshash tovarlar sotilgan hollar
mavjud bo’lmasa, deklarantning iltimosiga binoan qo’shilgan
81
qiymatga tuzatish kiritilib, qayta ishlangan tovar birligining bahosidan
foydalannsh mumkin.
Qiymatlarni qo’shish asosida bojxona bahosini chiqarish.
Qiymatlarni qo’shish asosida bojxona bahosini chiqarish
usulidan foydalanilganda, tovarning:
- baholanayotgan tovarni ishlab chiqarish munosabati bilan
tayyorlovchi tomonidan sarflangan materiallar qiymatini va
boshqa xarajatlarni;
- ayni bir turdagi tovarlarni olib chiqilayotgan mamlakatdan
respublikaga sotishga xos bo’lgan umumiy xarajatlarni,
shu jumladan, respublikaning bojxona chegarasidan o’tish
joyigacha transportda tashib keltirish, yuklash va tushirish,
sug’urtalash xarajatlarini;
- aynan bir xil yoki o’xshash tovarlarni respublikaga yetkazib
berash natijasida eksportchi tomonidan odatda olinadigan
foydani qo’shgan holda chiqariladigan bahosi bojxona
qiymatini belgilash uchun asos sifatida qabul qilinadi.
Rezerv usuli yordamida bojxona bahosini chiqarish
Agar tovarning bojxona qiymatini yuqorida ko’rsatilgan usullar
yordamida aniqlash mumkin bo’lmasa, baholanayotgan tovarlarning
bojxona qiymati bojxona organida mavjud bo’lgan narxlarga doir
axborot asosida belgilanadi. Bunda tovarning bojxona qiymatini
belgilashda quyidagilarga asoslanish mumkin emas:
- respublikada ishlab chiqarilgan o’xshash tovarning sotuv
narxiga;
- ikki yoki undan ortiq muqobil qiymatlarning eng yuqorisiga;
82
- tovarning olib chiqilgan (eksport qilingan) mamlakat ichki
bozoridagi bahosiga.
Dostları ilə paylaş: |