101
- tovar nomi va kodi;
- netto og’irligi;
- qo’shimcha to’lov birliklari nomi va kodi;
- qo’shimcha o’lchov birliklari bo’yicha miqdori;
- bitim
harakteri;
- bojxona rejimi turi;
- tovarni jo’natuvchi (qabul qiluvchi) ning kategoriyasi;
- region.
Netto og’irligi – tovarning o’ramsiz sof og’irligi. Bojxona bojini
hisoblashda bir qator mamlakatlarda netto og’irligiga
tovardan
iste`mol etishiga qadar ajratilmaydigan qadoqlangan tovarlar
o’ramining og’irligi (gugurt qutichasi, sigaret qutichasi, sigaret qutisi,
konserva bankasi, ya`ni og’irligi kiradi).
Tashqi iqtisodiy hamkor mamlakatni
valyutasida ifoda etilgan
eksport-import operasiyalarining qiymat bahosi, respublika
Markaziy Banki ma`lumotlariga ko’ra valyuta qurollari asosida AQSh
dollariga o’tkaziladi.
Tovarlar eksporti (importi)ning geografik
taqsimoti mamlakatlar
bo’yicha tovarlarni ishlab chiqarish xususiyati va iste`mol
xususiyatlariga qarab amalga oshiriladi.
Eksport tovar belgilayotgan mamlakat bo’yicha ifodalanadi.
Import ishlab chiqariuvchi mamlakatda aks etadi.
Tovarni olib borish (iste`mol etish) mo’ljallangan mamlakat
deganda, yuk tushirilayotgan paytda, keyinchalik tovar iste`mol
etiladigan yoki qayta ishlanadigan yakuniy mamlakat sifatida ma`lum
bo’ladigan mamlakat tushuniladi.
Tovarlarni kelib chiqishi (ishlab chiqarish) mamlakati bu –
mazkur tovarlar ishlab chiqaruvchi yoki ishlov beruvchi mamlakatdir.
102
Maxsus bojxona statistikasi
. Maxsus
bojxona statistikasi
tomonidan hisobga olingan bojxona rejimlari bo’yicha tovarlarni olib
chiqish va olib kirish.
Maxsus bojxona statistikasining bo’limlari:
Yuk bojxona deklarasiyalari bazasi.
Tashqi savdo statistikasi tomonidan hisobga olingan bojxona
rejimlari bo’yicha tovarlarni olib chiqish va olib kirish.
Bojxona to’lovlari – bu bo’lim tashqi iqtisodiy faoliyat
daromadlarini hosil bo’lishida bojxona to’lovlarining o’rnini
belgilaydi.
Valyuta nazorati – eksport tovarlarining
miqdoriy va qiymat
ifodalari bo’yicha shuningdek, valyuta foydasining kelib tushushi
muddatlari va summalarini har bir kontrakt bo’yicha naqd chet el
valyutasini hisobga olgan holda.
Musodara qilingan tovarlar – bu bo’lim bojxona qoidalarini
buzilishi va tashqi savdo aylanmasidagi
kontrabanda hollari soni,
musodara qilingan tovarlar qiymatini xarakterlaydi.
Xalqaro postga jo’natmalari – bu bo’lim posilka va boshqa
pochta jo’natmalari (respublika kiritilgan va chiqarilgan) hisobini aks
ettiradi.
Xalqaro yuk tashishlar – bu bo’lim chegarani kesib o’tayotgan
transport vositalari hisobini aks ettiradi.
Passajir tashuvi – ushbu bo’lim esa respublika chegarsini kesib
o’tayotgan shaxslar hisobini aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: