7.4. Mikroorganizmlarning boyitilgan kulturasini olish
Mikroorganizmlarning boyitilgan kulturasini olish uchun tuproq yoki substrat quyidagi oziqli muhitlarga ekiladi:
1) Pepton buloni - organik azotni (oqsilni) ammiakgacha
parchalaydigan mikroorganizmlar (ammonifikatorlar) uchun. Muhit tarkibi: 1litr vodoprovod suvi pepton - 10g. NaCl -
5g, Na
2
HCO
3
- 0,1g.
2) Vinogradskiy muhiti - nitrifikatorlar uchun, ular ammiakni azot oksidi va keyinchalik azot kislotagacha
oksidlaydi:
NH
3
→ N0
2
→ N0
3
. Ular avtotrof, shuning uchun organik uglerod manbai oziqli muhitga kiritilmaydi. U mineral
tuzlardan tayyorlanadi: (1 litr distillangan suvda, g: (NH
4
)
2
S0
4
- 2; K
2
HPO
4
- 1; Mg S0
4
x 7H
2
0 - 0,5; NaCl - 2;
FeS0
4
- 0,4; CaC0
3
- 10).
3) Giltay muhiti - denitrifikatorlar uchun, ular azot kislotasini molekular azotgacha qaytaradi: NO
3
→ N
2
(1 litr
distillangan suvda, g/l natriy sitrati - 2,5; KNO
3
-2; pepton- 1; KH
2
PO
4
-2; MgSO
4
x 7H
2
O -2; CaCl
2
x 6H
2
O - 0,2;
FeCl
3
-izi. Muhitga 1 - 2 ml 1% li spirtli ko`k rangli bromtimol indikatori yashil rang bo`lguncha qo`shiladi.
4) Eshbi muhiti - erkin yashovchi azotfiksatorlar uchun - atmosferadagi erkin molekulyar azotni o`zlashtiradi. (1
litr distillangan suvda, g/l mannit - 20: K
2
HPO
4
- 0,2; MgSO
4
x 7H
2
O - 0,2; NaCl - 0,2; K
2
SO
4
- 0,1; CaCO
3
- 5,0). Bu
muhit "azotsiz" degan nom bilan aytiladi, chunki unga azotli moddalar qo`shilmaydi.
5) Rushman muhiti - moy kistlotali bakteriyalar uchun, ular qandlarni moy kislotagacha parchalaydi: C
6
H
12
O
6
→ CH
3
CH
2
CH
2
COOH. Mayda qilib kartoshkani probirkalarga to`g`rab, unga 0,05g bo`r solinib, uni vodoprovod
suvi bilan to`ldiriladi.
6) Kletchatkani aerob parchalovchilar uchun Getchinson va Kleyton muhiti tayyorlanadi (1 litr distillangan
suvda, g: K
2
HPO
4
- 1; CaCl
2
x 6H
2
O - 0,1; MgSO
4
x 7H
2
O - 0,3; NaCl - 0,1; FeCl
3
x 6H
2
O - 0,01; NaNO
3
- 2,5. Quruq
probirkalarga oldindan filtr qog`oz parchalari solinadi (1 x 7sm), ular olingan mikroorganizmlar guruhlari uchun
uglerod (kletchatka) manbai hisoblanadi, va mineral eritmadan filtr qog`ozining yarmigacha qo`yiladi).
Har xil elektiv oziqa muhitli probirkalarga shpatel yordamida 0,5 - 0,7g dan tuproq solinadi. Probirkalarni qog`oz
yordamida birlashtirib, bu qog`ozda ekish kuni va ekuvchining familiyasi yoziladi.
Inkubatsiya termostatda t 25-28
0
da 7-21 sutka olib boriladi.
Boyitilgan kultura keyingi darslarda tahlil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |