9.3. Azotfiksatsiya jarayoni va azotfiksatorlar
Atmosferadagi gazsimon azot zahirasi bitmas-tuganmasdir. Lekin bu katta zahiradan mineral azot birikmalari
kerak bo`lgan o`simliklar va azotni organik birikmalari shaklida o`zlashtiruvchi xayvonlar foydalana olmaydi.
Bu xususiyatga faqat prokariotlar ega. Ularning ko`pchilik vakillari havodagi azotni bog`langan holatga
o`tkazadi. Molekulyar azotni mikroorganizmlar tomonidan o`zlashtirish jarayoni azotfiksatsiya va bu jarayonni olib
boruvchi mikroorganizmlar azotfiksatorlar deyiladi. Hamma e'tirof qilgan azotfiksatorlarga azotobakter, tuganak
bakteriyalar va anaerob klostridiylar kiradi. Boshqa guruh mikroorganizmlar ichida Bacillus, Azotobacter,
Azospirillum va hokazo avlodlarga kiruvchi azotfiksatorlar topilgan.
Azotfiksirlovchi mikroorganizmlar tuproqda erkin holda yoki yuqori o`simliklar bilan simbioz holatda yashaydi.
Shuning uchun erkin yashovchi va simbioz holatda yashovchi azotfiksatorlar farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |