Ommaviy axborot vositasining chiqarilishini to’xtatib turish yoki tugatish ro’yxatdan o’tkazuvchi organning
arizasi asosida sudning qaroriga ko’ra amalga oshiriladi.
Muassis ommaviy axborot vositasining chiqarilishini tahririyat ustavida (nizomida) yoki muassis va
tahririyat o’rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan hollarda hamda tartibda to’xtatib turish yoki
tugatishga haqlidir.
Muassis ommaviy axborot vositasining chiqarilishini to’xtatib turish yoki tugatish to’g’risida qaror qabul
qilganidan keyin o’z qarori haqida ro’yxatdan o’tkazuvchi organni uch kun ichida yozma shaklda xabardor
etishi shart. Mazkur xabarnoma ushbu ommaviy axborot vositasi chiqarilishining to’xtatib turilishi yoki
tugatilishidan oldingi so’nggi chiqarilishlaridan biriga joylashtirilishi kerak.
Ommaviy axborot vositasining chiqarilishini sud qaroriga ko’ra to’xtatib turish ro’yxatdan o’tkazuvchi organ
tomonidan tahririyatga nisbatan chiqarilgan ogohlantirishga sabab bo’lgan qonun hujjatlari buzilishi
takroriy yozma ogohlantirishdan keyin bir oy ichida bartaraf etilmagan taqdirda amalga oshiriladi.
Ommaviy axborot vositasining chiqarilishini qayta boshlash ro’yxatdan o’tkazuvchi organ aniqlagan qonun
hujjatlari buzilishlari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar muassis va (yoki) tahririyat tomonidan
sudga taqdim etilganidan keyin sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Ommaviy axborot vositasining chiqarilishini tugatish to’g’risida sud tomonidan qaror chiqarish uchun
quyidagilar asos bo’lishi mumkin:
•
ommaviy axborot vositalari to’g’risidagi qonun hujjatlari talablari tahririyat tomonidan muntazam
ravishda buzib kelinganligi, bu haqda ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan muassis va (yoki)
tahririyat nomiga ilgari yozma ogohlantirishlar yuborilganligi;
•
sudning ommaviy axborot vositasini chiqarishni to’xtatib turish haqidagi qarori bajarilmaganligi;
•
ommaviy axborot vositasining olti oydan ziyod vaqt mobaynida chiqarilmaganligi;
•
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollar.
Ommaviy axborot vositasining chiqarilishini tugatish uning ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi
guvohnomaning amal qilishi tugatilishiga sabab bo’ladi.
Ommaviy axborot vositasining chiqarilishini tugatish to’g’risida muassis tomonidan qaror qabul qilingan
taqdirda, tahririyat muassisning ruxsati bilan xuddi shunday nomdagi ommaviy axborot vositasini
belgilangan tartibda ta’sis etishga haqlidir. Bunday holda ommaviy axborot vositasini qayta ro’yxatdan
o’tkazish talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: