4-modda. Ommaviy axborot vositalari
Ommaviy axborotni davriy tarqatishning doimiy nomga ega bo’lgan hamda bosma tarzda (gazetalar,
jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar va boshqalar) va (yoki) elektron tarzda (tele-, radio-, video-,
kinoxronikal dasturlar, umumfoydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi veb-saytlar) olti oyda
kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan (bundan buyon matnda chiqariladigan deb
yuritiladi) shakli hamda ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari ommaviy axborot
vositasidir.
O’zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari o’z faoliyatini "Davlat tili to’g’risida"gi O’zbekiston
Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |