7-modda. Senzuraga yo’l qo’yilmasligi
O’zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yo’l qo’yilmaydi. E’lon
qilinayotgan xabarlar va materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek ularning matni o’zgartirilishini
yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi yo’q.
2-BOB. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
8-modda. Ommaviy axborot vositasini ta’sis etish huquqi
O’zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish
huquqiga egadirlar.
Ommaviy axborot vositasi bir nechta muassis tomonidan ham ta’sis etilishi mumkin.
Quyidagilar ommaviy axborot vositasining muassisi (bundan buyon matnda muassis deb yuritiladi) bo’lishi
mumkin emas:
•
o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxs;
•
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib
tashlanmagan yoxud sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs;
•
faoliyati qonun bilan taqiqlangan nodavlat notijorat tashkiloti.
Ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi o’ttiz va undan ortiq foizni tashkil etgan yuridik shaxslar
tomonidan ommaviy axborot vositalari ta’sis etilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |