12-modda. Muassis va tahririyat o’rtasidagi shartnoma
Muassis va tahririyat o’rtasidagi shartnomada quyidagilar belgilanadi:
•
muassis va tahririyatning huquq hamda majburiyatlari;
•
ommaviy axborot vositasini tayyorlash va chiqarish shartlari;
•
tahririyat faoliyatini moliyalashtirish tartibi;
•
tahririyat xodimlarining ishlab chiqarish va ijtimoiy-maishiy mehnat sharoitlarini tashkil etish tartibi;
•
uchinchi shaxslar bilan o’zaro munosabatlar tartibi;
•
taraflarning javobgarligi;
•
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar.
Agar muassis va tahririyat sifatida bir shaxs ish yuritsa, shartnoma tuzish talab etilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |