“Ommaviy axborot vositalari to’g’risida”gi
O’zbekiston Respublikasining Qonuni (26.12.1997)
(yangi tahriri-15.01.2007)
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi ommaviy axborot vositalarining tashkil etilishi, faoliyat ko’rsatishi va
faoliyatining tugatilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Ushbu Qonunning qo’llanilish sohasi
Ushbu Qonun O’zbekiston Respublikasida tashkil etiladigan va faoliyat ko’rsatadigan ommaviy axborot
vositalariga, shuningdek Chet davlatlar ommaviy axborot vositalariga ular mahsulotining O’zbekiston
Respublikasi hududida tarqatilishiga taalluqli qismiga nisbatan tatbiq etiladi.
3-modda. Ommaviy axborot vositalari to’g’risidagi qonun hujjatlari
Ommaviy axborot vositalari to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan
iboratdir.
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining ommaviy
axborot vositalari to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan
bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.