Информацион техналогиялар ва тизимлар



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/45
tarix02.01.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#38377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
fuqaro muhofazasi

1-  ma‟ruza 

 

Mavzu:   «Fuqoro  muxofazasi fanining xozirgi davrdagi  ahamiyati va  vazifalari». 



 

 



Vaqt:  2 soat 

 

 



Ma‟ruzaning maqsadi: Talabalarga tinchlik va urush vaqtidagi Fuqoro  muxofazasi 

fanining maqsadi, vazifalari va ularning echimlarini xal qilish yuzasidan 

o‟tkaziladigan chora - tadbirlari xamda fuqaro muxofazasining xozirgi zamon 

sharoitidagi tutgan o‟rni va axamiyati to‟g‟risida talabalarga bilim berishdan iborat  

 

 

Ko‟rgazmali qurollar:  rasm, plakatlar, devoriy ko‟rgazmalar, va qonunlar 



                                . 

    


                R E J A : 

 

1.  Tinchlik va urush vaqtida Fuqoro  muxofazasining ahamiyati va o‟rni.     



2.  Favqulodda  vaziyatlar  bo‟yicha  tuziladigan  doimiy  komissiyalarning  tuzilishi, 

maqsadi, vazifalari va ishlash tartibi. 

3.  Fuqoro muxofazasining tashkilotlari, tuzilmalari va jixozlari. 

 

 



Mavzu bo‟yicha tayanch tushunchalar: 

1. 


Fuqaro muhofazasi va uning vazifalari. 

2. 


MXXQM tizimi va uning vazifalari. 

3. 


Favqulodda vaziyatlar bo‟yicha tuziladigan komissiyalar. 

4. 


FVV va uning vazifalari. 

5. 


FM ning tashkilotlardagi tuzilmalari 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Fuqaro 


muxofazasi 

(FM) 


fanining 

xozirgi 


davrdagi                                          

axamiyati va vazifasi. 

 

I. 


Tinchlik va urush vaqtidagi FM ning ahamiyati va o‟rni. 

 



Fuqaro muxofazasi  – umum davlat miqyosida olib boriladigan tadbirlardan iborat 

bo‟lib,  axoli  va  xududlarni  urush  va  tinchlik  davridagi  FV-lardan  muxofazalash, 

xalq  xo‟jaligi  ob‟ektlarining  barqaror  ishlash  faoliyatini  ta‟minlash,  xamda  tabiiy 

ofat,  falokat  (xalokat)lar  oqibatlarini  bartaraf  etish  va  kechiktirib  bo‟lmaydigan 

qidiruv – qutqaruv ishlari olib borishdan iborat. 

       FM-ning vazifasiga qo‟yidagi masalalar kiradi: 

1.  Talabalarni  urush  va  tinchlik  davrlarida  muxofazalanish  vositalari  va 

usullaridan  unumli  foydalanish,  kechiktirib  bo‟lmaydigan  qidiruv  -  qutqaruv 

ishlarini  olib  borishga  o‟rgatish  va  talofat  qurilgan  vayronagarchiliklarni  bartaraf 

qilish ishlarida ishlash tartib qoidalari o‟rgatadi. 

2.  Bo‟lajak  pedagoglarga  FMsi  shtabining  tashkil  etish  bo‟yicha  chora-tadbirlar 

ishlab  chiqish  ketma  -  ketligi,  o‟quvchilarni  turli  FV  larda  o‟zlarini  to‟g‟ri 

tutishligi va yordam berish xamda o‟zaro yordam berish usullari  o‟rgatiladi. 

3.  Talabalarga  FM-ning  tashkilotlarini  tuzish  tartibi  va  o‟qitish  usullariga  oid 

bo‟lgan savollarning echimini o‟rgatishga yordam beradi. 

       Fuqaro  muxofazasi  boy  an‟analarga  ega,  chunki  Fuqaro  muxofazasi 

tashkilotining  boshlanishi  MPVO  (mestnaya  protivovozdushnaya  oborona  – 

maxaliy  xavo  xujumiga  qarshi  mudofaa  -  MXXKM)  tuzilmasining  tashkil 

etilishidan  boshlangan.  Fuqaro  muxofazasining  debochasi  MXXKM  nemis-

fashizmining  ustidan  g‟alaba  qozonishda  katta  xissa  qo‟shgan.  1941  yilning 

oktyabrida    MXXKM  dastlab  Buxoro,  Samarqand,  Farg‟ona  va  boshqa 

viloyatlarda  tashkil  etilgan.  So‟ngra  1942  yilning  may  oyida  Qoraqolpog‟istonda 

shaxar shtablari tuzilib, maktab va to‟garaklarda 4,5 mln. Fuqoro 6572 guruxlarida 

o‟zini  ximoya  qilish  bo‟yicha  tayyorgarlikdan  o‟tkazilgan.  MXXKM  -  ning 

shaxsiy  tarkibi  yordamida  tank  kolonnalari  va  aviaeskadril‟yalarini  tashkil 

etilishiga  zarur  bo‟lgan  mablag‟lar  to‟plangan,  bundan  tashqari  dushman  ishg‟ol 

qilgan    xududlardan  evakuatsiya  qilingan  aholini  qabul  qilish  va  joylashtirish  

ishlarini amalga oshirishgan. Shuni ta‟kidlash joizki,  O‟zbekistonda 900 mingdan 

Ko‟proq  bolalar,  nogironlar,  yaradorlar,  frontdagi  jangchilarning  oilalari  xam  iliq 

kutib olindi. 

 

O‟zbek  xalqi  II  –  jaxon  urushining  g‟alaba  bilan  yakunlanishi  uchun  bor 



imkoniyatlarini  ishga  soldi.  Front  uchun  zarur  bo‟lgan  o‟q  –  dori,  xarbiy  texnika, 

va  boshqa  anjomlar  etkazib  berishda  tinimsiz  mexnat  qildi.  Natijada  O‟zbekiston 

1941  –  1945  yillardagi  nemis  -  fashizmiga  qarshi  olib  borilgan  urush  davomida 

frontga 2100 ta samolet, 17342 ta aviamotor, 2138 ming dona aviabomba, 17100 ta 

minomet,  4500  birlikdan  iborat  bo‟lgan  minalarni  yuk  qiluvchi  qurollar  yetkazib 

berilgan.  Bundan  tashqari  front  uchun  60  mingga  yaqin  xarbiy  –  kimyoviy 

apparatura,  22  mln.  dona  mina  va  560  ming  dona  snaryad,  1  mln.  dona  granata, 

dala  radiostantsiyalari  uchun  3  mln.  dona  radiolampalar,  qariyb  300  mingta 

parashyut,  5  ta  bronepoezd,  18  ta  xarbiy  –  sanitariya  va  xammom  –  kir  yuvish 

poezdi,  2200  ta  ko‟chma  oshxona  va  boshqa  ko‟p  miqdorda  xarbiy  anjomlarni 

etkazib berdi. 



 

Prezidentimiz I.Karimov 1999 yil 2 martda e‟lon qilgan Farmoyishiga ko‟ra, 

9  May    -  Xotira  va  Kadrlash  kuni  sifatida  nishonlanib  kelinmoqda.  Bu  kunda 

fashizm  ustidan  qozonilgan  g‟alabaga  xissa  qo‟shgan  xamda  Vatanimiz 

mustaqilligi  uchun  xayotini  tikkkan  xar  bir  inson  umumxalq  tomonidan  yodga 

olinadi. Xozirgi kunda safimizda bo‟lgan nuroniy otaxonu – onalarimiz esa doimo 

e‟zozlanib  qadrlanadi.         

       Aholini  ximoya  qilish  bo‟yicha  amalga  oshirilgan  muxim  ishlardan  biri  -  bu 

1961  yil  iyul‟  oyida  MPVO  ni  Mudofaa  vazirligi  qoshida  Fuqoro  mudofaasi 

tashkilotiga  aylantirilganligi  xisoblanadi.  Buning  ob‟ektiv  sabablari  -  tabiiy 

ofatlarning  ko‟payishi,  ishlab  chiqarilishlardagi  falokatlar,  respublika  xududidagi 

tinchlik davrida sodir bo‟layotgan xalokatlar, qurollanish poygasi, sovuq urush va 

2 - jaxon urushi xavfining yuzaga kelganligi. 

      1996  4  martda  O‟zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmoniga  binoan 

«Favqulodda vaziyatlar vazirligi» ning tashkil topilishi munosabati bilan «Fuqoro 

mudofaasi» Fuqoro muxofazasi (FM) deb yuritiladigan bo‟ldi. Xozirgi kunda FM 

sining axamiyati kundan – kunga ortib bormoqda. Shu vaqtgacha axolini ommaviy 

kirgin  qurollaridan ximoyalash vazifalari asosiy deb qaralgan bo‟lsa, endi nafaqat 

ommaviy  kirgin  qurollaridan  muxofazalash  ishlarini,  balki  axoli  va  xududlarni 

tabiiy  ofatlar  va  texnogen  xususiyatli  xalokatlardan  muxofazalash  zarurligi  katta 

axamiyat kasb etmoqda.  

 

O‟zbekiston  Respublikasi  xukumati  tomonidan  axoli  va  xududlarni  turli 



ko‟rinishdagi favqulodda vaziyatlardan muxofazalashga qaratilgan qkator qonunlar 

chiqarilgan. Bularga quyidagi qonunlarni kiritish mumkin: 

1. 

O‟z.R.ning  qonuni:  «Axoli  va  xududlarni  tabiiy  ofatlar  va 



texnogen  xususiyatli  favqulodda  vaziyatlardan  muxofazalash»  (20  avgust  1998 

yil.)  


2. 

O‟z.R.ning  konuni:  «Fuqaro  muxofazasi  to‟g‟risida»  (26  may 

2000 yil). 

3. 


O‟z.R.ning  konuni:  «Mudofaa  to‟g‟risida»  (yangi  taxriri,  11 

may 2000 yil). 

4. 

O‟z.R.ning  konuni:  «Gidrotexnik  inshootlarning  xavfsizligi 



to‟g‟risida» (30 avgust 1999 yil) va boshqa qonunlar.  

 

II. 



Favqulodda  vaziyatlar  bo‟yicha  tuziladigan  doimiy  komissiyalarning 

tuzilishi, maqsadi, vazifasi va ishlash tartibi. 

 

       Tinchlik davrida yuzaga keladigan tabiiy ofatlar, falokat (xalokat) lar, ularning 



oqibatlarini  bartaraf  qilish  va  shu  jarayonni  amalga  oshirish  uchun  boshqaruv 

ketma-ketligini  doimiyligini  ta‟minlash,  xamda  FV  larni  oldini  olish  bo‟yicha 

ogoxlantirish  va  nazorat  ishlarini    ro‟yobga  chiqarish  maqsadida  O‟z.  Rning 

Vazirlar  Maxkamasi  qoshida  FV  lar  bo‟yicha  Davlat  komissiyasi  (FVK),  xuddi 




shuningdek  joylarda  viloyat,  shaxar  va  tuman  xokimliklari  qoshida  FVK  lar  

tashkil etiladi. 

        FVK lari yuqori tashkilotlar raxbarligida ish olib borishadi va FV lar biyicha 

tuziladigan  Davlat  komissiyasi  ita    xavfli  falokat  (xalokat)  larning  sabablarini 

aniqlash  va  oqibatlarini  bartaraf  qilish  bo‟yicha,  shuningdek  yirik  masshtabdagi 

tabiiy ofatlar biyicha chora-tadbirlar ishlab chiqishda faol qatnashadi. 

 

Barcha tuziladigan FVKlarning tuzilish tartibi quyidagi tamoyillarga asosan 



amalga oshiriladi: 

1. 


Xududiy asosda. 

2. 


Ishlab chiqarish tamoyiliga binoan. 

Xududiy  FVK  lar  O‟z.R  VM  ning  qaroriga  binoan  u  yoki  bu  mintaqada  sodir 

etilgan FV lar tufayli tuziladi.   

        FVK  iz  faoliyatini  FVV,  IIV,  MXX,  maxalliy  tibbiyot  markazlari,  o‟t 

o‟chirish  muassasi,  xarbiy  qo‟mondonlik  raxbariyati  va  Davlat  nazorati 

tashkilotlari  bilan  xamkorlikda  ish  yuritadi.  Xududiy  tamoyil  asosida  tuzilgan 

FVKsi  tomonidan  chiqarilgan  barcha  farmoyish  va  buyruqlar  xamma  uchun 

majburiy xisoblanadi. Masalan, komendant soati va boshqa farmoyishlarga xamma 

bo‟ysunishi  shart.  FVlarning  sabablari  aniqlanib,  qurilgan  talofat  va  zararlar 

miqdori  o‟rganilgandan  so‟ng  ,  FVlar  oqibatlarini  bartaraf  etish  yuzasidan  zarur 

chora  –  tadbirlar  ishlab  chiqiladi.  FVK  tomonidan  FV  oqibatlari  to‟liq  bartaraf 

etilmaguncha barcha tiklash ishlari olib boriladi.     

Ishlab  chiqarish  tamoyiliga  binoan  tuzilgan  FVK  tomonidan  joriy  qilingan 

farmoyish va buyruqlar faqat o‟sha ishlab chiqarish xududi uchun ta‟luqli bo‟ladi. 

FVK  tomonidan  FVlarning  sabablari  aniqlanib,  FVlarning  oqibatlari  bartaraf 

qilingandan so‟ng barcha joriy qilingan farmoyish va buyruqlar bekor qilinadi.  

 

 

III. 



FM ning tashkilotlari, tuzilmalari va jixozlari. 

 

        FM-si  xalq  xijaligining  xamma  ob‟ektlarida  tashkil  etiladi:  sanoat,  qishloq 



xijaligi, o‟quv yurtlari, tashkilotlar va turli bilinmalar qoshida. 

         FM-sining  raisi  vazifasini  tashkilotning  raxbari  bajaradi.  Raxbar  FM-sining 

tashkil etilishiga, ta‟minoti va tayyorgarligiga va qidiruv - qutqaruv ishlarini olib 

borish ishlariga javobgar shaxs xisoblanadi. 

         FM-sining  raisi  tarmoq  yo‟nalishidagi  raxbarga  va  sa‟yi  xarakat  bo‟yicha 

FVV ning maxalliy bo‟limining raisiga bo‟ysinadi. 

         Yirik  korxonalarda  FM  sining  raisi  uchun  aloxida  o‟rindoshli  lavozimi 

ko‟zda  tutilgan  bo‟ladi.  FM  sining  raisi  tinchlik  davridagi  barcha  tashkiliy  va 

tayyorgarlik tadbirlarini ishlab chiqish bo‟yicha ma‟sul hisoblanadi. 

         Barcha tashkilotlar qoshida FM sining faoliyatini amalga oshirish maqsadida 

FM  ning  shtabi  tashkil  etiladi.  O‟rindoshlikdagi  muovindan  tashqari  FM-si 

raisining buyrug‟iga binoan tashkilot qoshida FM shtabining qo‟yidagi muovinlari 

tayinlanadi: 



1. 

Ishchi 


xodimlarini 

xavfsiz 


joylarga 

ko‟chirish, 

joylashtirish va ish bilan ta‟minlash bo‟yicha; 

2. 


 Moddiy - texnik ta‟minot (MTT) bo'yicha muovini; 

3. 


 Shtab boshligining umumiy masalalar bo‟yicha muovini 

         FM-si  shtabining  axolini  ko‟chirish  va  joylashtirish  bo‟yicha  muovinining 

vazifasiga  ishchi - xodimlar va ularning oilalarini xavfsiz joylarga ko‟chirish, ish 

bilan  ta‟minlash    bo‟yicha  reja  tuzadi.  Shu  maksadda  shaxardan  tashqarida  joy 

tayyorlaydi, ishchi-xodimlarning ishga kelishi va qaytishni xamda jamoat tartibini 

qo‟riqlash xizmatini boshqaradi. 

        FM-si  shtabining  MTT  bo‟yicha  muovini  etib  korxona  bosh  muxandisi  

tayinlanadi. Uning raxbarligida qo‟yidagi tashkiliy ishlarni amalga oshiradi: tibbiy 

xizmat, texnik-falokat, yong‟inga qarshi burchak, erto‟la va saqlagichlar va boshqa 

xizmatlarni  tashkil  etadi.  Bundan  tashqari  MTT  bo‟yicha  muovin  tomonidan 

avariya  sodir  etilgan  xududlarda  qidiruv  -    qutqaruv  ishlarini  olib  borish  uchun 

zarur texnik xizmatiga raxbarlik qiladi. 

        FM-si  shtabining  umumiy  masalalar  bo‟yicha  muovini  tomonidan  qo‟yidagi 

ishlar xajmi amalga oshirilishi ko‟zda tutiladi: barcha bo‟limlar tarkibidagi shaxsiy 

tarkibning  ishga  layoqatli  bo‟lgan  qismini  aniqlaydi  va  ish  rejasi  ishlab  chiqiladi. 

Shu  bilan  birgalikda  shaxsiy  tarkibning  qanchasi  qay  darajada  davolanishga 

muxtojligi,  ular    uchun  zarur  bo‟lgan  suv va  oziq  –  ovqat  maxsulotlariga bo‟lgan 

extiyoj  xamda  ularni  ta‟minlashga  oid  ishlar  xajmini  amalga  oshirish  va  nazorat 

qilish ishlari yuklatiladi.  

        Yirik  korxonalardagi  FM  shtabining  tarkibiga:  shtab  boshlig‟i  va  uning 

muovinlari  faoliyat  yuritishadi.  FM  shtab  boshlig‟iining  birinchi  muovini  buyruq 

va farmoyishlar (rais nomidan) chiqarish xuquqiga ega. 

         FM siga yuklatiladigan vazifalarni ijro etish uchun quyidagi xizmatlar tashkil 

etiladi:  radioaktiv  va  ximiyaviy  nazorat  posti  (RXNP),  aloqa  va  ogoxlantirish, 

jamoat  tartibini  qo‟riqlash,  yong‟inga  qarshi,  meditsina,  texnik-falokat,  erto‟la  va 

saqlagichlar,  energetika  va  yorug‟likdan  yashirish,  radiatsiya  va  ximiyaga  qarshi 

ximoyalanish,  MTT,  transport  suv  va  oziq  –  ovqat  maxsulotlari  bilan  ta‟minlash  

va boshqalar. 

        Ogoxlantirish va aloqa xizmati, aloqa uzeli (bilimi) va uning boshlig‟i asosida 

tashkil etiladi. Uning vazifasiga: FVning yuzaga kelishi to‟g‟risida ma‟lumotni o‟z 

vaqtida FVVning maxalliy bo‟limlariga, FMning shaxsiy tarkibiga etkazish va zrur 

ogoxlantirish  ishlarini  olib  borish  ishlari  yuklatiladi.    FM  ning  signal  va 

ma‟lumotlarini etkazish, aloqaning doimo tayyorgarlik xolatiga javob berish, aloqa 

qurilmalaridagi nosozliklarni bartaraf qilish va boshqa vazifalar yuklatiladi. 

       Jamoat  tartibini  saqlash  xizmatiga-IIb  xodimlari  bilan  birgalikda  shaxsiy  va 

jamoa  mulkining  talon-taroj  qilinishiga  yo‟l  qo‟ymaslik,  barcha  Fuqarolar 

tomonidan  belgilangan  tartib  –  qoidalarga  to‟liq  rioya  qilishlarini  nazorat  qilish 

vazifalari  yuklatiladi.  Shu  bilan  birgalikda  ro‟yxatga  olingan  ob‟ektlarning 

qo‟riqlanishiga javob berishadi. 



        Radioaktiv  va  ximiyaviy  zaxarlanish  posti  (RXNP)  xizmati  ximiya 

laboratoriyalari  qoshida  tashkil  qilinadi.  Vazifasi:  Ishchi-xizmatchilar  va  FMning 

shaxsiy tarkibini, suv bilan ta‟minlash manbalari, oziq-ovqat omborlari va boshqa 

ob‟ektlarning  radioaktiv  va  zaxarlovchi  moddalar  bilan  zararlanganlik  darajasini 

aniqlaydi  va  muxofazalash  bo‟yicha  tadbirlar  ishlab  chiqadi.  Shaxsiy  va  jamoani 

muxofazalash xamda joylardagi maxsus texnikaning xolatini nazorat qiladi. RXNP 

FMning shaxsiy tarkibini dozimetro‟k asboblar yordamida radioaktiv va ximiyaviy 

zararlanish  darajalarini  aniqlashdan  tashqari  axoli  va  FMning  shaxsiy  tarkibini 

sanitar ko‟rikdan o‟tkazish ishlarini amalga oshiradi. 

        Yong‟inga qarshi xizmat-yong‟inga qarshi tadbirlar ishlab chiqadi va nazorat 

qiladi, yong‟inlarni o‟chirish va RXNP xizmatiga yordam beradi. 

       Texnik-falokat  xizmati.  Vazifasi:  asosiy  inshootlarning  barqaror  ishlash 

faoliyatini  ta‟minlash,  muxandislik  qurilmalarining  uzluksiz  ishlashini,  falokat 

oqibatlarini  bartaraf  qilish,  vayronalardan  tozalash  va  odamlarni  qutqarish 

jarayonida qatnashadi. 

        Meditsina  xizmati-poliklinika,  medpunktlar  bazalarida  tashkil  etiladi. 

Vazifasi: tibbiyot bo‟linmalarining doimo tayyorligini ta‟minlaydi, sangigienik va 

profilaktik  tadbirlarni  ishlab  chiqish,  jaroxatlanganlarga  1-chi  tibbiy  yordam 

ko‟rsatish,  davolash  maskanlariga  jo‟natish,  joylashtirish  va  boshqa  xizmatlarni 

bajaradi. 

       Transport  xizmati-korxonalardagi  transport  bo‟linmalari  va  garajlar  bazasida 

tashkil  etiladi.  Axolini  ko‟chirish,  ish    joyiga  etkazish,  xalokat  sodir  etilgan 

joylarga texnikani etkazish, talofat ko‟rganlarni olib chiqish va boshqa ishlarga jalb 

qilinadi. 

MTT  xizmati  korxonalarning  MTT  bilimlari  bazasida  tashkil  etiladi.  Vazifasi: 

MTT  ning  rejasini  tuzadi,  o‟z  vaqtida  kerakli  jixozlar  bilan  ta‟minlash,  texnikani 

ta‟mirlash,  kerakli  erga  etkazib  berish,  saqlash  va  xisobot  berib  borish,  axoliga 

oziq-ovqat va zarur jixozlar bilan ta‟minlash masalalarini xal etadi. 

       Energota‟minoti  va  yorug‟likdan  yashirish  xizmati  bosh-energetik  qoshida 

tashkil  etiladi.  Vazifasi:  uzluksiz  ravishda  gaz,  yonilg‟i,  elektroenergiya  bilan 

ta‟minlash, yorug‟likdan yashirish va qutqaruv ishlarida ishtirok etadi. 

 

 



Ma‟ruza bo‟yicha nazorat savollari 

  

1. 



Fuqaro  muhofazasi  nimalarni  o‟rgatadi  va  uning 

vazifalari nimalardan iborat 

2. 

MXXQM tizimi qachon tashkil etilgan va uning vazifalari. 



3. 

Favqulodda  vaziyatlar  bo‟yicha  tuziladigan  komissiyalarning  tuzilishi  va 

ishlash tartibi 

4. 


Oz.R. da FVVligi qachon tashkil etilgan va uning vazifalari. 

5. 


O‟quv yurtlaidagi FM ning tashkilotlardagi tuzilmalari 

 



 

 

 



 

 

 




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin