Tabiiy ofatlar deganda tabiatda sodir etiladigan er qimirlashi, suv toshqini,
otilishi va boshqalarni kiritish mumkin. Bunday favqulodda vaziyat kurinishida
sodir etiladigan tabiiy ofatlar axolining normal faoliyatini izdan chiqaruvchi,
insonlarning qurbon bo‟lishiga, katta miqdordagi moddiy boyliklarning yakson
Tabiiy ofatlar aloxida yoki bir-biriga bog‟liq ravishda yuzaga kelishi
etiladi (irmon yong‟inlari, ishlab chiqarishdagi portlashlar, foydali qazilmalarni
olishda, tog‟ kon ishlarini olib borish va kar‟erlardagi portlatish ishlarini olib
borish jarayonidagi sabablar xisobiga ko‟chki xodisalarining sodir etilishiga turtki
bo‟ladi). Dunyo miqesida sodir etilaetgan tabiiy ofatlarning 9/10 qismi quyidagi 4
ta turlariga to‟g‟ri kelishi aniqlangan: suv toshqinlari (40%), tropik tufonlar (20%),
er silkinishlari (15%), va qurg‟okchilik (15%) ni tashkil etarkan. Olib borilgan
tadqiqot natijalariga binoan tropik tufonlar tufayli axoli orasida nobud bo‟lishi
bo‟yicha birinchi o‟rinni egallarkan, suv toshqinlari esa ko‟p kuzatilishi va katta
miqdordagi talafotlar bilan namoyon bo‟larkan.
Er silkinishi deganda er qobig‟ining kuchli tebranishi o‟rganilib, vulqon yoki
tektonik sabablar tufayli yuzaga keladi va imoratlarning vayron bo‟lishi, yong‟inlar
chiqishi va insonlarning xalok bo‟lishiga olib keladi. Erning silkinishi quyidagi
ko‟rsatkichlar bilan tavsiflanadi: er yuzidagi tebranishning jadalashish jarayoni,
magnitatudasi va silkinish o‟chog‟ining chuqurligi bilan.
Erning silkinishdagi umumiy energiyasi magnituda bilan tavsiflanadi va u
mikronlarda o‟lchanadigan tuproq siljishidagi maksimal amplituda lagorifmi bilan
ifodalanadi: Mqlg λmax. Bu qursatkich seysmograf asboblari yordamida silkinish
markazidan 100 km masofadagi uzoqlikda ilchanadi. Rixter shkalasiga binoan
magnituda (M) 0 dan 9 gacha o‟zgaradi (9 eng kuchli silkinish). M ning bir
birlikka ortishi tebranish amplitudasining 10 barobarga ortishini bildiradi va er
silkinishdagi energiyaning 30 barobarga ortadi. Masalan Mq7 bilganda, tuproq
silkinishdagi maksimal amplituda Mq5 bilgandagi qiymatga nisbatan 100 barobar
ko‟p, shu bilan birgalikda er silkinishdagi umumiy energiya miqdori 900 marotaba
ortadi.
Er yuzasidagi energiya intensivligi ballarda o‟lchanadi, u esa silkinish
o‟chog‟i, magnituda, silkinish markazigacha bo‟lgan masofa, erning geologik
tuzilishi va boshqa ko‟rsatkichlariga bog‟liq bo‟ladi.
Er silkinishi tufayli xalq xijaligiga katta miqdorda moddiy zarar etkazilishidan
tashqari axoli orasida insonlarning xalok bo‟lishiga sabab bo‟ladi. Masalan
1990yil 21 iyundagi Eronning shimoliy qismi (Gilyan viloyati)da yuzaga kelgan er
silkinishi tufayli 50 mingdan ko‟proq axoli xalok bo‟lgan, 1 mln kishi yarador va
boshpanasiz qolgan.
7 dekabr‟ 1988 yil Armonistondagi er silkinishi tufayli 25 ming Fuqoro xalok
bo‟lgan. 1,5 mingta qishloq va 12 ta shaxar katta zarar ko‟rgan, shu jumladan 3 ta
shaxar tilik vayronaga aylangan.
Er silkinishi boshqa turdagi tabiiy ofatlarni yuzaga keltiradi: ko‟chkilar, sel
kelishi, suv toshqini (tig‟onlarning yorilish) xisobiga yong‟inlar (neft
saqlagichlardagi shikastlanishlar va gaz quvurlaridagi uzilishlar - yorilishlar),
kommunikatsiyalar, elektr ta‟minoti, suv ta‟minoti va kanalizatsiyalardagi
falokatlar, ximiyaviy korxonalardagi falokatlar tufayli KZM larning chiqarib (oqib
ketishi) yuborilishi xamda AES lardan RM larning atrof-muxitga tarqalishi tufayli
salbiy oqibatlar yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: