• Adolatsizlikning uch manbayi mavjud: zulmning o‘zi, qonun nomi bilan
niqoblangan, yomon niyatdagi hiyla va baholanmagan mehnat (F.Bekon). • Yaxshilikni taqdirlab, biz bu bilan yomonlarni jazolaymiz (Didro).
• Qat’iy tartib-qoidalarsiz odam deyarli hamisha fe’l-atvordan ham mahrum:
unda fe’l-atvor bo‘lganida edi, unga tartib-qoidalar qanchalik zarurligini u his
etgan bo‘lardi (Shamfor).
• Boylikni yo‘qotsang – ko‘p narsa yo‘qotmaysan, nomusni yo‘qotsang- ko‘p
narsa yo‘qotasan, jasoratni yo‘qotsang – hamma narsani yo‘qotasan (Gyote).
• Dunyodagi o‘z yo‘lingni bosib o‘tish uchun o‘zing bilan ehtiyotkorlik va
bag‘rikenglikning katta zaxirasini olish foydali (Shopengauer).