Adolat kategoriyasi. Ijtimoiy ravnaq butun inson jami-
yati murakkab, sermashaqqat tarixiy taraqqiyotning marka-
ziy o‘qini tashkil etib kelgan bo‘lsa, adolat orzusi, armoni,
adolatga intilib yashash hamisha ushbu ravnaqning harakat-
lantiruvchi kuchi bo‘lib xizmat qilgan. Bashariyat ma’naviy
hayoti tarixining eng mo‘tabar zarvaraqlari ham ayni ado-
lat masalasiga, uni odamzod turmushida qaror toptirish
muammolarini hal etish yo‘llarini izlab topish masalalariga
bag‘ishlangan. Mabodo, butun insoniyat sa’yi harakatlarining
bosh mazmuni, ularning maqsad-muddaosini bir so‘z bilan
ifoda etish zarur bo‘lsa, mazkur so‘z adolat tushunchasidan
iborat bo‘lgan bo‘lur edi. U – adolatga erishishning birdan bir
yo‘li, usuli, vositasi bilimda, aql-zakovatda, tafakkurda ekan-
ligini barcha zamonlar daholari tomonidan e’tirof etilishidir.
“Navoiy asarlari lug‘ati” da adl (adolatga) shunday ta’rif
beriladi: qadru- qimmatda bir- biri bilan barobar bo‘lgan ikki
narsa yoki ikki odamning har biri; tuya ustida ikki kajavada
o‘tirgan ikki odamning har biri; monand, o‘xshash, teng. Adl
– adolat, to‘g‘rilik, insof. Adlu- dod- adolat-insof”
3
.
1
Koshifiy. Axloq Muhsiniy, 20-bob. B.77
2
G‘arb falsafasi.T:.O‘FMJ. 2004.-B..157–158.
3
Navoyi asarlari lug‘ati. – T.: G‘. G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashri-
yoti. 1972. – B.30.
99
Falsafa qomusiy lug‘atida adolatga shunday ta’rif beriladi:
“Adolat inson mohiyati va uning dahlsiz huquqlarini muayyan
darajadan tushinishga muvofiq keladigan burch to‘g‘risidagi
tushunchadir. Adolat – axloqiy huquqiy shuningdek, sotsial
– siyosiy ong kategoriyasidir, chunki u burchlilik nuqtayi na-
zaridan saqlab qolinishi yoki o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan ijti-
moiy voqelikni baholaydi”
1
.
Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘atida “Adolat
(arabcha odillik, to‘g‘rilik, hamma uchun barobar bo‘lgan ha-
qiqatning talab va tamoyillariga amal qilinishi) - insoniyatning
azaliy orzusi, ezgu g‘oyasi, ma’naviyat, axloq va huquqning
me’yoriy kategoriyalaridan biri” deb ta’riflanadi.
Yuqoridagi ta’riflarga ko‘ra “Adolat” tushunchasi o‘zida
tenglikning to‘g‘ri, haqiqiy va taqdirlashning zaruriy
o‘lchovligini ifodalaydi. Bu kategoriyaning boshqalardan far-
qi shundaki, u jamiyatdagi mavjud axloqiy munosabatlarni
nazorat qilib turadi. Shuning uchun ham u baholovchi axloqiy
kategoriya hisoblanadi.
Kunlardan bir kun Konfutsiy tog‘ yonidan aravada o‘tib
borardi. Qandaydir ayol qabr ustida dod solib yig‘lardi. Kon-
futsiy hurmat yuzasidan aravaning old tomonidan engashib
uning yig‘isiga quloq soldi. So‘ng o‘z shogirdini ayolning hu-
zuriga yubordi va u undan so‘radi:
– Siz shunchalik qattiq kuyayotirsizki, birinchi marotaba
qayg‘u chekmayotirsiz, shekilli?
– Xuddi shunday, – javob berdi ayol. – Qachonlardir bu
yerda yo‘lbarsning changalidan qaynotam halok bo‘lgan.
So‘ng esa bundan erim halok bo‘ldi. Endi esa bundan o‘g‘lim
halok bo‘ldi.
– Nima uchun bu yerlarni tark etmaysiz? – so‘radi Kon-
futsiy.
– Bu yerda adolatsiz hokimiyat yo‘q, – javob berdi ayol.
– Buni eslab qol, shogird, – dedi Konfutsiy. – Adolatsiz
hokimiyat – yo‘lbarsdan vahshiyroqdir.
1
Filosofkaya ensiklopediya.-M., 1970.5-tom. -S. 119
100
Ushbu hikoyada adolat ijtimoiy va axloqiy zulmga qarshi
kurashda hosil bo‘ladigan talabni o‘zida ifodalaydi.
Adolat – shaxs uchun ijtimoiy va umuminsoniy ma’nolarga
ega eng muhim axloqiy sifat. Arastudan tortib Jon Rolzgacha
bo‘lgan faylasuflar shaxsning axloqiy yetukligida adolatning
ahamiyati to‘g‘risida turlicha qarashlarni ilgari surishgan.
Adolat odil bo‘lish lik, ya’ni yomonliklardan, zulmdan tiyilish,
o‘zgalarga nisbatan nohaqlik qilmaslik, haqiqatparvar bo‘lish
kabi go‘zal axloq ko‘rinishidir. Shu boisdan ham adolat ax-
loqshunoslikning asosiy kategori yasi sifatida umuminsoniy
qadriyat darajasida o‘rganiladi.
Aristotel’ tomonidan aytilgan “adolat, bu – qalbning
erishgan xossasi bo‘lib, u tufayli odamlar adolatli xatti-hara-
katlarga qobiliyatli bo‘ladilar va uning tufayli adolatli harakat-
lar qiladilar hamda adolatni hohlaydilar” degan hikmati bu-
tun insoniyat tarixi aslida adolatni anglash va ushbu adolatni
qo‘lga kiritish uchun kurash tarixidan iborat ekanligini isbot-
ladi. U shubhasiz, juda haq edi. Zero, inson doimo o‘zini erkin
his qilishga, hur va mustaqil yashash, tahlikasiz turmush ke-
chirishga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun insoniyat tarixining
turli davrlarda jahonning barcha mintaqalarida adolat uchun
kurashning shaklan turlicha, mohiyatan o‘xshash bo‘lgan,
mustaqil, erkin va farovon hayot kechirishga intilish hodis-
alari mavjud bo‘lgan.
O‘rta asr Sharqining buyuk faylasufi Abu Nasr Forobiy
adolatning axloqiy jihatlariga e’tibor qaratgan. “Adolatlilik
hammaga taalluqlidir, agar kishi o‘zining hamma faoliyat-
larida, boshqa birovlar bilan bo‘lgan munosabatlarida ado-
latli bo‘lsa, zo‘r fazilatdir. Boyliklarni taqsimlashdagi adolat-
lilik, o‘z ulushini saqlashdagi adolatlilik bu adolatlilikning
eng ommaviy ko‘rinishlaridan biridir” va “Adolatlik, avvalo,
shahar aholisining hammasiga tegishli bo‘lgan xayirli nar-
salarning to‘g‘ri taqsimlanishida va shu taqsimlangan boy-
likning to‘la saqlanib qolishida ifodalanadi. Bu xayirli nar-
salar, boyliklar, salomatlik, hurmat, ehtirom, martabalar va
shunga o‘xshash boshqa narsalar bo‘lib, bulardan har bir ki-
101
shi o‘ziga yarasha bo‘lagini olishi kerak, bulardan ko‘p yoki
oz olish adolatsizlikdir. Agar oz teksa u odamga nisbatan
adolatsizlikdir, agar ko‘p olsa, xalqqa, ya’ni boshqalarga nis-
batan adolatsizlikdir. O‘z ulushini olgan har bir kishi uni
ehtiyot qilib saqlashi kerak”, “Inson faoliyatining adolatga
yaqinligi yoki uzoqligi, uning xulqiga, yashagan jamiyatiga
bog‘liq. Agar unda yomonlik fikrlari ozroq bo‘lsa, adolatga
yaqin bo‘ladi, agar ko‘proq bo‘lsa, adolatlikdan, insofdan
uzoqroq bo‘ladi”
1
.
Forobiy adolatga qobiliyatiga qarab taqsimlash va muhim
masalalarda to‘g‘rilikka asoslanish hamda shartnomalarga so-
diq qolish xos ekanligini ta’kidlaydi.
Yaxshilik va yomonlik, ayniqsa, adolat va adolatsizlikka
yaqin turuvchi tushunchalardir. Yaxshilik va yomonlik iroda
erkinligiga asoslanadi va faqat insonga xosdir. Yaxshilik in-
sonning beshta ruhiy quvvatiga tegishlidir. Bular: aqliy naz-
ariy, aqliy amaliy, intiluvchi, tasavvur va his qilish quvvat-
laridir. Inson baxt-saodatni faqat aqliy nazariy quvvat orqali
idrok qilib yetishadi. Alloma fikriga ko‘ra adolat yaxshilik,
donolik, saxiylik, shijoat va shunga o‘xshash tushunchalar bi-
lan o‘zaro aloqada bo‘ladi. Ezgulik, yaxshilik va adolat bitta
maqsadga, ya’ni baxt-saodatga erishish vositasi bo‘lib xizmat
qiladi. Yaxshilik va adolatsiz ijtimoiy ideal va baxt-saodatga
erishib bo‘lsaydi
2
.
Abu Nasr Forobiy adolatni mehribonlik bilan bog‘liq degan
fikrni ilgari suradi. Allomaning talqinicha mehribonlik uch
xil bo‘ladi. Birinchisi, Xudoga bo‘lgan mehribonlik, ikkinchisi,
dunyoviy ishlarga mehr-muhabbat, uchinchisi esa, birinchisi
bilan ikkinchisi o‘rtasidagi narsalarga bo‘lgan mehr-muhab-
batdir. Forobiy Allohga bo‘lgan mehr-muxabbatni asosiy deb
ataydi. Keyingisi “dunyoviy ishlarga bo‘lgan munosabat, ya’ni
saodatga erishuv haqidagi qarashlar tugallangan qarashlar
1
Forobiy. Risolalar. –T.: Fan, 1975.-B.115–116,128.
2
Аль-Фараби. Гражданская политика. Социально-этические трактаты. –
Алма-Ата: Наука, 1975.С.114
102
deb atalib, ularga bo‘lgan mehr-muhabbat tugallangan mehr-
muhabbat deb ataladi”
1
O‘z davrida Jaloliddin Davoniy: «Adolat butun kamo-
lot majmuyi bo‘lsa, yomonlik uning aksi, ya’ni butun kam-
chiliklar majmuyidir»
2
, degan edi. Adolat shaxsda aqllilik,
tenglik va mardlik xusu siyatlarini tarkib toptiradi. Faylasuf
olim Jon Rolz ta’kidlaganidek, adolatli shaxs o‘z faoliyatida
muammolar yechimini topishi, og‘ir paytda o‘zgalarga na-
muna bo‘lishi, insoniy fazilatlar bilan ularga ta’sir ko‘rsatishi
kerak.
Xusayin Voiz Koshifiy adolatni insoniy fazilat sifati-
da ifodalaydi. “Adolatning ma’nisi raiyat haqida barobarlik
ko‘zlamoq bo‘lurkim to raoyo yo‘l tobmag‘ay adl aybidur-
kim mulkka oroyish berur va shuoyidurkim aning nuri birla
qorong‘uli yorur va haq subhonahu taolo bandalarini adl si-
fatida buyurur”
3
Adolat shaxsning o‘zi va o‘zgalar uchun manfaat kelti-
radigan ax loqiy sifatga ega bo‘lishini anglatib, uning eng
muhim komponent
laridan biri aql hisoblanadi. Zero, aql
insonni o‘zga mavjudotlardan ajratgan asosiy xususiyatdir.
Sharq mutafakkirlari insonda aqlni o‘stirishda ikki masalaga
e’tibor qara tishgan. Aql ikki xil bo‘ladi: tabiiy va kasbiy. Tabi-
iy aql tug‘ma bo‘ladi, kasbiy aql esa tajriba vositasida hosil
qilinadi
4
. Buni shunday tushunmoq kerak: inson da aql tug‘ma
bo‘ladi, shu sababli rivojlanib, mukammallashib borish xu-
susiyatiga ega. Tarbiya vositasida aql tuyg‘usi takomillashib
boradi, yaxshi tarbiya olgan shaxsda aql kamolotga yetadi,
tarbiya siz qolgan kishi aql tuyg‘usining dastlabki bosqichida
qolib ketadi. Inson tug‘ma aql tuyg‘usini ilm-u hunar va kas-
bi bilan kamolotga yetkazadi.
1
Forobiy. Risolalar. T.: Fan, 1975.-B.115
2
Sharq donishmandlari hikmatlari. / Tuzuvchi Ahad Tursun. – T.:
Sharq, 2006. – B.110
3
Koshifiy. Axloqi Muhsiniy. 15-bob. –B. 60.
4
Ibn Muqaffa. Muqaddima. // Kalila va Dimna. – T.: G‘afur G‘ulom,
1977. – B.26
103
Adolatning ikkinchi komponenti tenglik, ya’ni inson-
ning o‘zgalar huquqini hisobga olishidir. Bunda inson o‘z
haq-huquqining o‘zgalarda ham mavjud ekanligini his qiladi,
umumiy manfaat uchun haq-huquqlarini me’yoriy darajaga
keltiradi. Bu masala inson sha’ni bilan bog‘liq. Unga ko‘ra,
inson tenglik tamoyiliga amal qilishi bilan o‘z sha’ni va or-
nomusini himoya qiladi. Chunki tenglik hukm sur gan joyda
sotqinlik, xoinlik kabi yolg‘on ehtiroslar bo‘lmaydi. Sharq fay-
lasuflari tenglik axloqiy xususiyatiga amal qilishda odamlar
ikki toifaga bo‘linishini uqtiradi:
1. Hushyor odamlar. Bular xavf yuz bermasligi uchun
o‘zgalar haqiga rioya qiladilar.
2. Tadbirsiz odamlar. Bular o‘z haq-huquqlariga mahliyo
bo‘lib, chorasiz qoladilar.
Adolatning uchinchi komponenti mardlik. Shu bois ham
o‘z davrida Sa’diy Sheroziy mardlik adolatli bo‘lishdadir deb
ta’kid
lagan. Mardlik insonning xatti-harakatida jasoratlilik
tuyg‘usining namoyon bo‘lishidir. Mardlik insonni o‘zgalar
manfaati yo‘lida o‘z xatti-harakatlari bilan fidoyilik ko‘rsatishida
namoyon bo‘ladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov mardlik
xususiyatiga ega kishilarni ma’naviy jasorat sohiblari deb ataydi.
Haqiqatan ham, mardlik insonning o‘z tuyg‘ularidan
g‘olib ke lib, o‘zgalar mushkulini oson qilishga yo‘naltirilgan
ma’naviy quv vatdir. Sharq faylasuflarining fikricha, mard in-
sonlar uch narsaga intiladi: yaxshi hayot kechirmoq, odamlar
orasida yaxshi mavqega ega bo‘lmoq, savobli ishlar qilmoq.
Buning uchun ular to‘rt vositaga tayanadi: halol mehnat bilan
boylik to‘playdi, halol boylikni qanday va qayerga sarflashni
biladi, isrofgarchilikdan qochadi, odamlarga yordam berish
bilan zavqlanadi.
Rivoyat qilishlaricha, podshoh Jamshid shikorga ketayot-
sa, oldidan jannatsimon bir bog‘ chiqibdi. Yuz xil meva g‘arq
pishib yotgan emish. Shoh bog‘bondan ichishga suv so‘rabdi.
Bog‘bon uyiga kirib bir anorni siqqan ekan, piyola to‘la shar-
bat tushibdi. Keltirib Jamshidga beribdi. U bir simirib piyolani
bo‘shatibdi.
104
– Otaxon, bu bog‘ kimga qaraydi? – so‘rabdi shohanshoh.
– Hech kimga. Men parvarish qilaman, mevasidan el,
o‘tgan-ketgan musofirlar bahramand bo‘ladi, - javob beribdi
chol.
– Men Jamshidshoh bo‘laman. Shuncha katta bog‘ni bir
o‘zingiz yeb yotmasdan, har yili podsholik xazinasiga yuz
tangadan jarima to‘lab turing, – debdida yo‘lida davom etibdi
shoh.
Jamshid ovdan qaytishida yana boqqa kirib, sharbat
so‘rabdi. Bog‘bon o‘nta anorni siqqan ekan, bir qultumcha
sharbat chiqibdi, xolos. Shoh bog‘bonning hayallagani sa-
babini so‘rabdi.
– Adl bilan el farovon, zulm bilan yurt xarob deganlar.
Sendan zulm zohir bo‘lgani uchun o‘nta anorni siqsam ham
yarim piyola suv chiqmadi, – debdi bog‘bon.
Jamshid qilmishidan pushaymon bo‘lib, uni jarimadan
ozod qilibdi
1
.
Adolat, burch, mas’uliyat kabi axloqiy kategoriyalar mo-
hiyatiga ko‘ra huquqiy funksiyalarni bajarish xarakteriga ham
ega. Adolat odil bo‘lish, ya’ni yomonliklardan, zulmdan ti-
yilish, o‘zgalarga nisbatan nohaqlik qilmaslik, haqiqatparvar
bo‘lish kabi xususiyatlarni tarkib toptiradi. Adolatning yana
bir muhim xususiya ti tenglik, ya’ni “... Insonning o‘zgalar
huquqini hisobga olishidir”
2
.
Adolatning zidi jaholatdir. Jaholat insonda mol-u dun-
yoga o‘ch lik, o‘z nafsiga qullik, shahvatparastlik, amalpara-
stlik, badbaxtlik va razolatni hosil qiladi
3
. Jaholatning oldini
oluvchi, himoya qiluv chi vosita adolatdir. Ota-bobolarimiz:
“Ado latning bitta surati bor, zulm, jaholatning surati ming-
ta”, – deb bejiz aytishmagan. Chun ki adolat himoya qilin-
masa, uning uchun kurashilmasa, sog‘lom raqobat muhiti
1
Homidiy H. Qo‘hna Sharq darg‘alari. T:. Sharq,1999.-B.3.
2
Qarang: Novaya filosofskaya ensiklopediya. 4-x t. – M.: Mыsl, 2001.
– S. 180.
3
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. – T.: YOzuvchi, 1993. – B.162
105
yo‘qoladi. Xalqning ahvoli adolat bilan yaxshilansa, jaholat
bilan yomonlashadi. Shuning uchun ham Sohibqiron Amir
Temur “Kuch adolatdadir” degan shiorni diliga jo qilgan.
Demak, adolat va burch kategoriyasi shaxsning ax loqiy
shakllanishi hamda faoliyatida muhim ahamiyatga ega.
Ado lat va burchga ega shaxsga har bir jamiyatda zaruriyat
seziladi. Hozir gi kunda shaxsning ma’naviy-axloqiy kamo-
lotida adolat va burch fazilati muhim o‘rin tutib, u ijtimoiy
hayotda kechayotgan jarayonni to‘g‘ri anglash imkonini be-
radi.
Mas’uliyat adolatli bo‘lishning mezoni sifatida namoyon
bo‘ladi. Chunki mas’uliyat ma’naviy xatti-harakat asosida
shaxsda uch sifatni hosil qiladi: vujud pokligi, mustahkam
iroda, maqbul fe’l-atvor.
Mohiyatiga ko‘ra huquq ham o‘z o‘rnida mas’uliyat ham-
dir. Huquq mas’uliyatsiz, mas’uliyat esa huquqsiz ya shay
olmaydi. Bularning birini ikkinchisidan ajratish mumkin
emas. Chunki huquq
siz mas’uliyat qullik, tobelik bo‘lsa,
mas’uliyatsiz huquq boshbosh doqlikdir. Shuning uchun ham
huquq deganda mas’uliyatni, mas’uli yat deganda huquqni
tushunish kerak. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, huquq chi-
nakamiga huquq darajasiga ko‘tarilmog‘i uchun erkinlik-
ka tayanmog‘i lozim. Aniqroq qilib aytganda, erkinlik va
mas’uliyat biri ikkinchisi bilan qo‘shilsa, biri ikkinchisi bi-
lan qorishib aralashib ketsa, o‘shanda chinakamiga huquq
borlig‘i vujudga keladi.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, kimki hech qan-
day huquqqa ega bo‘lmasa, unda hech qanday mas’uliyat
bo‘lmaydi va aksincha
1
.
Mazkur holatni nemis faylasufi F. V. Gegel oiladagi ota
mas’uli
yati va huquqi misolida izohlashga harakat qiladi.
“Ota bo‘lish, – deb yozadi mutafakkir, – oila a’zolari oldidagi
mas’uliyatdir. Ushbu mas’uliyat nafaqat bolalarni tinglash,
1
CHoriev A. Inson falsafasi. II. Mustaqil shaxs. – T.: CHinor ERK, 2002.
–B. 172
106
ularga quloq solish, balki ular ni erkin kishilar qilib tarbiyalash
huquqi otada mavjud ekanligidan ham dalolat beradi”
1
.
Demak, mas’uliyat va huquq inson faoliyatida amal qiluv-
chi uyg‘un tushunchalardir. Garchi huquq ijtimoiy, mulkiy,
siyosiy va, aytish mumkinki, mafkuraviy jarayonlar hosilasi
bo‘lsa-da, u jami yatdagi har bir fuqaroning ongi va qalbidan
o‘tgandan so‘nggina muayyan mazmunga ega bo‘lib, davlat
va jamiyat hayotida muhim o‘rin tuta boshlaydi. Ayniqsa, res-
publikamiz kelajagini ta’minlov chi yoshlarning huquqiy savi-
yasini yuksaltirish o‘z xatti-harakatlari, faoliyatlarini ehtiros-
lar yoki istaklarga erk berish asosida emas, bal ki munosabat
asosida yo‘lga qo‘yish g‘oyat muhimdir.
Jamiyatning taraqqiyot bilan doimiy munosabatini ush-
lab turuv chi, insonning o‘z-o‘zini anglab, har bir harakatini
ma’naviy faoli yatga muvofiqlashtiruvchi eng muhim va umu-
miy xususiyat – bu uning faolligidir.
Shaxs, uning ongi va o‘z-o‘zini anglash muammolari
uning faol ligi, u yoki bu faoliyat turlaridagi ishtiroki va
uni uddalashi kabi bir-biri bilan aloqador sifatlari orqali
bayon etiladi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Pre-
zidenti Islom Karimov qayd etganidek, “Har kuni, har so-
atda fidoyi bo‘lish, o‘zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra
buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay, tinimsiz sa-
farbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat
mezoniga aylantirish – haqiqiy qahramon lik, aslida, mana
shu”
2
.
Bugungi rivojlanish jarayonida shaxsning adolat, burch va
mas’uliyat kabi axloqiy sifatlarning sohibiga aylanishi dolzarb
ma salalardan biri bo‘lib turibdi. Chunki O‘zbekiston jamiya-
tining ho zirgi taraqqiyot bosqichida ikki jihat ko‘zga tash-
lanmoqda: birinchi si, jamiyatning ma’naviy-axloqiy muhiti
shaxsga keng imkoniyat lar berayotganligi; ikkinchisi, shaxs-
1
Гегель Г. Ф. Сочинения. Том 3. – М., 1956. – C. 294.72
2
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat,
2008. – B.165
107
ning o‘z faoliyati bilan jamiyat ma’naviy-axloqiy muhitiga
ta’sir o‘tkazayotganligi.
Ma’lumki, odamning asosiy qadri mehnat va unga muno-
sabat bilan belgilanadi. Jamiyat va davlat tomonidan odam
mehnatiga beriladigan munosib baho sotsial adolatning
amalda namoyon bo‘li shi, axloqning barqaror tus olish omi-
lidir. Demak, shaxs va jamiyat takomilida o‘zaro uyg‘unlik
yo‘nalishi mavjud. Biroq bu o‘rinda shaxsning eng muhim ax-
loqiy sifatlariga ega bo‘lishi hamon asosiy masalalardan biri
bo‘lib qolmoqda. Bugungi shaxs axloqiy kategori
yalarning
adolat, burch va mas’uliyat sifatlarisiz komil inson bo‘la ol-
maydi. Aslida, bu sifatlarda ijtimoiy ma’no nisbatan ustuvor.
Le kin ularning zamirida ma’naviy-axloqiy baholash elementi
ilk rejada turadi.
Inson nimaga e’tiqod qilayotganini, nimaga ishonayot-
ganini, nimaga intilayotganini, xulq-atvori va vijdonni nima-
ga moslashtirish lozimligini anglab yetishi va bilishi lozim.
Bu uning ixlosida ko‘rinadi.
Ixlos kishining ijtimoiy voqelikdagi hodisa jarayonlarga
munosabati, qiziqishi, ishtiyoqi, ishonchi negizida shaklla-
nadigan, imoni, e’tiqodi, diyonati asosida takomillashib borib
faoliyatga yo‘nalish beruvchi botiniy tuyg‘u, intilish, maqsad-
lar mujassamidir.
E’tiqod insonning xulq-atvori va xatti-harakatining birli-
gini ifodalovchi integrativ tushunchadir. O‘z navbatida e’tiqod
inson xatti-harakatining yo‘nalishini belgilovchi asosiy
ko‘rsatkichdir. E’tiqodning takomili – imonning basalomatligi
bilan bog‘liq. Imon-e’tiqod axloqiy qadriyat sifatida insonni
turli hayot qiyinchiliklariga duch kelganda ham o‘z insoni-
yligini saqlab qolishda, qiyinchiliklarni yengishda kuch bax-
shida etadi, uni ruhiy tushkunlikdan saqlaydi.
Etiqod muayyan falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik,
diniy g‘oyalar va qarashlarning inson ongiga singib, uning
tafakkur uslubi va faoliyatiga yo‘nalish beruvchi mezonga
aylanishi hamdir. Har qanday ijtimoiy g‘oya, axloq-odob
tizimi inson tomonidan muayyan maqsadlar va ehtiyojlar bi-
108
lan bog‘liq ravishda anglanilib, ongiga chuqur singib, uning
faoliyatiga maqsad va yo‘nalish beradigan ma’naviy zamin
bo‘lgandagina e’tiqodiga aylanadi. Etiqod biror ishni amalga
oshirish yoki maqsadlar tizimini aniqlashda kishiga ishonch,
umid baxsh etadi.
1
Ixlos bo‘lmagan joyda e’tiqod ham bo‘lmaydi. E’tiqod mil-
liy va umuminsoniy qadriyatlarga inson aynan ixlos qo‘yish
vositasida bog‘lanadi, uning sharofati bilan hayotiylashadi.
Ixlos tufayli e’tiqod aqliy hodisadan ko‘ngil hodisasiga ayla-
nadi. E’tiqod, shuningdek, ixlos orqali xoslashgan (individual)
shakl oladi, muayyan shaxsning etiqodiga aylanadi. Ixlos ilm
va ishonch kabi e’tiqodning uzviy tarkibiy qismidir.
Ixlos insonda shakllanayotgan muayyan qiziqishni o‘zida
aks ettiradi. Qiziqishning ixlosga aylanishi murakkab amaliy-
ruhiy sinovlar orqali yuz beradi hamda bevosita o‘sha kishi-
ning manfaat va maqsadlarini ham o‘zida mujassamlashti-
radi. Demak, ixlos shaxsda, avvalo ehtiyoj, qolaversa, tinim-
siz mehnat, mashaqqatlarga chidamlilik, iroda hamda oldiga
qo‘ygan maqsadga erishishdagi qatiylik asosida shakllanadi.
Har sohada halollikni ustuvor bilish - ixlos shakllanishini
ma’naviy-ruhiy asosini tashkil etadi. Aynan halollik insoniy
fazilat sifatida ixlosning shakllanishi va takomilida muhim
o‘rin tutadi.
Ixlosni bir qator kategorial tushunchalarga: insonning in-
songa ixlosi, do‘stga ixlos, ustozga ixlos, ilmga ixlos, kasb-
kor ga, xunarga ixlos, san’atga ixlos, dinga ixlos, tadbirkorlik-
ka ixlos kabi turlarga ajratish mumkin.
Ma’rifatparvar mutafakkir Muhammad Rizo Ogahiyning
qarashlarida ilmga ixlos ulug‘langan:
Dostları ilə paylaş: |