Axloqiy qadriyatlar, ularning o‘ziga xos xususiyati. Ax-
loqiy qadriyatlar insoniy fazilat va xislatlar uyg‘unligini o‘zida
mujassamlashtirgan, jamiyatdagi ijtimoiy tartiblar, huquq,
odob normalarini anglash, unga rioya qilish hamda qadrlash
asosida takomillashib boradigan umuminsoniy fazilatning
ham fikriy, ham amaliy me’yorlari majmuidir.
Axloqiy fazilatlar tabiatini teran tahlil qilgan Arastu
fik richa, axloqiy fazilat ruhning holati bo‘la olmaydi, uni
insonlarga tabiatning o‘zi bermaydi, balki tabiat fazilatli
bo‘lishning imkoniyatlarini yaratadi, xolos. Barcha axloqiy
fazilatlar – adolat, do‘stlik, muhabbat, mardlik, mo‘tadillik,
sahiylik, sulhparvarlik, xushfe’llik va hokazolar faqat inson
faoliyatida namoyon bo‘ladi. Axloqiy fazilat – faoliyat, xatti-
harakat demakdir. Adolatli ishlarni bunyod qilish bilan odam
adolatli bo‘lib boradi, mardona harakat bilan mard bo‘ladi.
Odam jamiyatda yashagani sababli uning axloqiy fazilatlari
hech qachon sof, xolis holda namoyon bo‘lmaydi, balki faqat
ijtimoiy faoliyatdagina amalga oshadi. Shuning uchun barcha
axloqiy fazilatlar – ijtimoiydir
2
.
1
Mirzaev I. Bobur marifati.-T:. O‘qituvchi, 1996.-B.67
2
Qarang: Sharq falsafasi qadriyatlari va ularning O‘zbekiston manaviy hayo-
tidagi o‘rni. T:.TDSHI, 2009.-B.129.
111
Har qanday ma’naviy axloqiy yetuklik kishidagi o‘ziga
xos axloqiy fazilatlar va xususiyatlar mushtarakligi asosida
ilg‘ab olinadi. Abu Nasr Forobiy bu xususda shunday yoza-
di: “Fazilat muayyan bir mantiqiy mazmunda ifodalangan
mavhum tushunchagina emas, balki odamning go‘zallikka,
yaxshilikka erishishi uchun qilinadigan faoliyati va xatti-
harakatlarining aniq ifodasi hisoblanadi”
1
. Allomaning fikri-
cha, odamni yaxshi ishlarni qilishga va go‘zal xulqlar sohibi
bo‘lishga davat etuvchi ichki (axloqiy) sifatlar fazilatlar deb
ataladi.
Xislat kabi fazilat ham ijtimoiylik va tarbiya mahsuli-
dir, ammo fazilatning xislatdan farq qiluvchi jihatlari bor.
Fazilat nafaqat ijtimoiylik, balki tarixiylikni ham o‘zida mu-
jassamlashtirib, har bir davrda kishilar tomonidan axloqiy
fazilatlarga umuman bir xil talab qo‘yilgan bo‘lsa-da, ay-
rim hollarda axloqiy fazilatlar takomili kishilarning hayo-
tiy tajribasi, bilim saviyasi, e’tiqodi nuqtayi nazaridan tur-
fa xillik ham kasb etadi. Masalan, tasavvuf namoyandalari
mashaqqat, riyozatni inson fazilatlarini takomillashtiruvchi
asos deb bilganlar.
O‘zbek xalqi asrlar davomida axloqiy fazilatlarini shakllan-
tirib borgan. “Xalqimiz xarakterida chuqur ildiz otgan qat’iyat
va o‘ziga mustahkam ishonch, boshqalar dardiga hamdardlik,
o‘zga xalqlar taqdiriga chuqur ehtirom bilan yondashish, ado-
latparvarlik, halollik singari fazilatlar, jangavorlik va mardlik,
vatanparvarlik, e’tiqod qat’iyligi, so‘z va ish birligiga rioya
qilish, lafz halolligi kabi xislatlar shubhasiz, xalqimiz tarixiy
taraqqiyoti davomida shakllangan.
Har bir narsaga yaxshi niyat bilan umid bog‘lash, yomon-
likning oqibatidan ham yaxshilik bo‘lishiga umid bilan ya-
shash – o‘zbek mentalitetning noyob durdonasi. O‘zbek xalqi
mentalitetining yagona bir jihati – sabrlilik va yaxshi niyatdir,
siyosiy, diniy, madaniy bag‘rikenglik o‘zbek xalqining o‘ziga
1
Фараби Абу Наср. Социольно-этические трактаты.-Алма-ата, 1975.-
С.35.
112
xos fazilatlaridan biri hisoblanadi”
1
. Darhaqiqat, L.Levitin
qayd etganidek: “Yaratganning o‘zi o‘zbeklarga alohida ja-
sorat va matonat ato etgan. Or-nomus talablari kishini o‘zini
qurbon qilishga majbur qiladigan xatarli vaziyatlarda ularga
teng keladigani topilmaydi.
Hamdardlik, o‘zaro yordam tuyg‘usi o‘zbeklarning qon-
qoniga singib ketgan; o‘zbeklar madad istab kelgan odamni
balo, ofat oldida tanho qoldirmaydilar. Yurtdoshlarimiz Ik-
kinchi jahon urushi yillarida o‘z tuprog‘idan urush tufayli
surgun bo‘lgan yuz minglab odamlarga boshpana bergan, is-
siq – sovug‘idan xabar olgan, qornini to‘yg‘azgan O‘zbekiston
o‘z qalbining buyukligini butun dunyoga namoyish qildi”
2
.
Darhaqiqat, inson axloqli yoki axloqsiz bo‘lib tug‘ilmaydi.
Kishilar tayyor sifatlar, ko‘nikmalar, fazilatlar va illatlar bi-
lan dunyoga kelmaydi. Ular aslida hayotda shaxsiy va o‘zgalar
tajribasi, ajdodlar an’analari, ta’lim-tarbiya natijasida shak-
llanadi va muayyan ijtimoiy mavqega erishadi. Ta’lim-tarbiya
bilan kishilar ta’siri ostida ijobiy axloqiy fazilatlarni o‘zida
shakllantiradi yoki yomon sifatlar, xususiyatlar sohibiga ayla-
nadi
3
. Tarbiyaning asosini ta’lim, ya’ni oldingi avlod tomoni-
dan to‘plab kelgan bilimlar, madaniy qadriyatlar va umumin-
soniy tamoyillarni yoshlar ongiga singdirish jarayoni tashkil
qiladi.
Insonning axloqiy fazilatlari haqida bir qancha Hadis-
larda rivoyat qilingan, jumladan: “Nabiiy sallolohu alayhi
vasallam: “Har bir musulmon sadaqa bermog‘i lozimdir”,
-deb aytdilar. Shunda odamlar: “Agar sadaqa qilgulik narsa
topilmasachi?” – deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: “Qo‘llari
1
Murtozaeva R.X. YOshlar va o‘zbek mentaliteti xususiyatlari. SHaxs
barkamolligi: axloqiy- estetik jihatlar. LSA – YAponiya hamkorlik agentligining
O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tgan xalqaro konferen-
siya materialari. Toshkent: 2012. – B. 12.
2
Левитин Л., Карлайл Д.Ислом Каримов янги Ўзбекистон Президенти. –
Тошкент: Ўзбекистон, 1996. – Б. 43.
3
Ibn Sino. Tayr qissasi. O‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari. 1-jild. T.: Fan,
2003.- B. 115-119
113
bilan mehnat qilib, o‘zi ham manfaatlansin, sadaqa ham
bersin!” – dedilar. Odamlar: “Agar ishlashga qurbi kelmasa
yokim ishlamasa ne qilg‘ay?” – deyishdi. Janob Rasululloh:
“Nochor va xojatmand kishilarga madad bersin!” – dedilar.
Odamlar: “Bunga ham qodir bo‘lmasachi?” – deyishdi. Janob
Rasululloh: “Boshqalarni yaxshilikka chorlasin!” dedilar.
Odamlar: “Bunga ham qodir bo‘lmasachi?” –deyishdi. Janob
Rasululloh: “Yomonlikdan o‘zini tiysin, o‘sha uning uchun
sadaqadir!” –deb javob qildilar”. “Janob Rasululloh: “yo Oy-
sha, qachon mening badxulq bo‘lganimni ko‘rgansan?! Qi-
yomat kunida Alloh nazdida eng yomon banda – odamlar
yomonligidan hazar qilib qochadigan kishidir”, -dedilar
1
. (Bu
o‘rinda mantiq shundan iboratki odamlar yomonligidan ha-
zar qilib qochadigan kishilar toifasiga kirib qolmaslik uchun
o‘shanday toifadagi kishilarga ham yaxshi muomala qilmoq
lozimligi aytilmoqda).
Forobiy nuqtayi nazariga ko‘ra baxt-saodatga erishish
bu muvozanat va barqarorlik nisbati hamda komillik na-
munasidir. Insonning ma’naviy qiyofasida muvozanat bu-
zilmay, barqaror bo‘lsa, u saodatga erishadi. “Har bir mav-
judod o‘ziga xos bo‘lgan martaba, eng yuksak kamolotga
erishish uchun bu olamga kelgan. Insonga xos bo‘lgan bu
kamolotning nomi yetuk baxt-saodat deb ataladi. Bu baxt-
saodat shu yuksak kamolotga erishish yo‘lida bo‘lgan har
turli ju’ziy narsalarni o‘rganishni taqozo qiladi. Ya’ni kasb-
hunarni egallashga va kamolotga intilgan haqiqiy fazilat
egalaridir”
2
. Forobiy komil insonning quyidagi muhim xu-
susiyatlarini ko‘rsatib o‘tadi:
Farosat - aql ko‘zi bilan ko‘rish, voqea -hodisalarning sa-
bablarini mushohada etib, haqiqatni anglashdir. Husayn Voiz
Koshifiyning yozishicha: “Farosatning lug‘aviy ma’nosi aning
1
Imom al Buxoriy. Al-jomi’ as-sahih. – T.: “Qomuslar bosh tahririyati”,
1992,- B.89-90-92
2
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. – T:.A.Qodiriy nomidagi Xalq me-
rosi nashriyoti. 1993.-B.186.
114
yaxshi va yomonni ko‘rib, tanimoq bo‘lur. Farosat hukumat
ishini ulug‘ shartidir”
1
.
Rivoyat qilishlaricha, hazrat Sulaymonning oldiga kelgan
ikki ayol bir chaqaloqni talashib, da’vo qilib, har ikkisi “Bu
mening farzandim”, - deydilar. Buni isbot qilish mumkin emas
edi. Sulaymon alayhissalom buyurdiki: «Bu go‘dakni qilich bi-
lan ikkiga bo‘linglar, bir qismini bunisi, bir qismini esa mana
bunisi olsin», - dedi. Qilich keltirdilar. Bu ikki ayoldan birisi
betoqat bo‘lib, ko‘p yig‘ladi va aytdiki: “Men o‘z haqimdin
kechdim, bu go‘dakni o‘ldirmangizlar”. Lekin ikkinchi ayolda
hech qanday o‘zgarish bo‘lmadi. Sulaymon Payg‘ambar bu-
yurdiki: “Go‘dakni bu betoqat bo‘lgan ayolga beringlar, chun-
ki farosat taqozo qiladurki, onasi ul bo‘lgaykim, shafqati jo‘sh
qildi va o‘ldirmoqqa rizosi bo‘lmadi”
2
.
Rivoyatlarga ko‘ra bir kecha Xorun ar-Rashid bir tush
ko‘ribdi. Tushida og‘zidan barcha tishlari to‘kilganmish. Ta’bi
xira bo‘lgan hukmdor barcha tushni ta’bir qiluvchilarni cha-
qiribdi va tushini aytibdi. Ular tishlar to‘kilishi qorindosh-
lar o‘lishidan darak, sizdan boshqa kishi qolmaydi deb tush
ta’birini qilishibdi. Qattiq g‘azablangan shoh ularga yuz tayoq
urishni buyuribdi.
Bu holatni kuzatib turgan yosh tush ta’birchisi o‘z fikrini
aytishga izn so‘rabdi. Shoh ruxsati bilan u shunday debdi:
Ey shohim sizni umringiz barcha qorindoshlaringizdan uzoq
bo‘ladi debdi.
Shoh bu javobdan xursand bo‘lib, uni mukofotlabdi.
Mazkur rivoyatda tush ta’biri bir xil ma’noni ifodalagan
bo‘lsa-da, yosh ta’birining farosati tufayli u boshqa yo‘sinda
izohlangan.
Sabrning ma’nosi arabchada achchiq, chidam, bardoshni
anglatib, oshiqmasdan kutish yoki o‘zini tiya olish, toqat,
chidam-bardosh, iroda va qanoat qilish manosini anglatadi.
1
Mahmudov R. Degonimning ulusg‘a marg‘ub et. –T.: O‘zbekiston, 1992.-
B.78.
2
Hadis. Al-jomi as-sahih.-T.: Qomuslar bosh tahririyati. 1997. B.438.
115
Sabr kishilarning turli-tuman ziddiyatli voqea-hodisalarga
bardosh qila olishini ham ifodalaydi
1
.
Sabr g‘azab va nafratni muxabbatga, kibrni kamtarlikka,
yomonlikni yaxshilikka aylantira oluvchi qudratli kuchdir.
Donishmandlar sabrning mevasi rohat, kamtarlikning meva-
si muhabbat deydilar. Sabrli kishi o‘zgalar baxtiyu boyligini
ko‘rib xasad qilmaydi, mayuslik sahrosiga yo‘l olmaydi.
Dostları ilə paylaş: |