O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti b. M. Ochilova axloq falsafasi



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/50
tarix02.01.2022
ölçüsü1,63 Mb.
#38460
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50
157-Текст статьи-557-1-10-20200826

Kerak bizga shijoat birla shuhrat,
Ki aningdin kishi topgay sharofat.
El uldurkim o‘zini mashhur etgay,
Ki shuhrat topilib, jon ketsa ketgay. 
Rivoyatlarga ko‘ra, bir arab sarkardasi bor edi. Qarib qo-
lishiga qaramasdan uning dilida hamon shijoat yo‘qolmagan 
edi. Bir kuni otga minmoqchi bo‘ldi. Ikki kishi kelib, uning 
qo‘ltig‘idan olib, otga zo‘r-bazo‘r mindirib qo‘ydilar. Ular-
dan biri ta’na qilib: “Otiga zo‘rg‘a mindirib qo‘ydigu, uning 
qo‘lidan  nima  ish  keladi?”  –  dedi.  Buni  eshitgan  sarkarda 
boyagi odamga dedi: “Ha, otga ikki kishi mindirdi, ammo uni 
ming kishi ham tushira olmaydi”. Ushbu rivoyatda qo‘l yurak 
quvvatiga tobeligi ifodalangan. 
Rivoyatlarga ko‘ra Anushervon Buzurgmehrdan so‘radi: 
–  Shijoat nima?
Buzurgmehr unga:
–  Yurakning quvvati! – deb javob berdi. 
Anushervon yana undan:
–  Nega qo‘lning quvvati emas? – deb so‘radi.
– Agar yurakda quvvat bo‘lmasa, - deb javob berdi Bu-
zurgmehr, qo‘lda quvvat bo‘lmaydi, qo‘l quvvati yurak quv-
vatiga bog‘liq!
Abdulla Avloniy ta’kidiga ko‘ra shijoatning ziddi dangasa-
lik va yalqovlikdir.
Fitrat “Najot yo‘li” kitobida shijoatning foydasi insoniy 
sharafni himoya etishda, millat izzatini joyiga qo‘yishda 
ko‘rinadi deb ta’kidlaydi.
Xushmuomalalik- bu kishilarga bo‘lgan ichki hurmatning 
tashqi alomatidir. Xushmuomalalikka amal qilgan kishi hami-
sha va har qanday holatda ham kishilar bilan odob doirasi-


120
dan chiqmasdan muloqotda bo‘ladi, o‘zidan yoshi kattalardan 
ogoh va ularga nisbatan e’tiborli bo‘ladi, jismoniy kuch talab 
qiladigan ishda xotin - qizlarga samimiy yordam ko‘rsatadi, 
ularning hurmat va izzatini joyiga qo‘yadi. Xushmuomala 
odam hech qachon boshqa kishini noqulay ahvolga solib 
qo‘ymaydi, uning mulohazalariga baho berishda odobsizlik 
qilmaydi, undan o‘zining ustunligini aslo pesh qilaydi, agar 
u  kimningdir  aytgan  gapiga  qo‘shilmasa,  o‘sha  kishing  fikri 
noto‘g‘riligiga boodoblik bilan ishontirishga, buni isbotlashga 
harakat qilmadi, lekin qo‘pollik qilmaydi, chunki qo‘pollik, 
dag‘allik kishi xulq-atvorini bezamaydi.
Avvalo, muomala insongagina xos xislat bo‘lib, uning 
o‘ta madaniyatli, xushhol bo‘lishligi shaxs barkamolligining 
muhim belgisi hisoblanadi. Shunga ko‘ra, xushmuomalalik in-
sonning har qanday kishi bilan o‘zaro muomalasida ham o‘z 
ifodasini topishi lozim. Dag‘al odam bamisoli tuzsiz bir taom 
yoki pishmagan mevani eslatuvchidir. Shu bois inson barcha 
o‘ziga tegishli ijobiy xislatlarni kamol toptirishga intilmog‘i 
zarur. Axir: “Shirin noning bo‘lmasa, shirin so‘zing bo‘lsin”, - 
deb bejiz aytmaydi xalqimiz. Xushmuomalalikni hozirgi kun-
da bizdagi o‘ta kamyob fazilatlar qatoriga qo‘shish mumkin. 
Insoniy fazilatlar va xislatlar ixlosmandlikning ijobiy to-
monlarini shakllantirishga qanchalik mos bo‘lsa, insondagi 
qusur va nuqsonlar ixlosmandlikni shakllantirishdagi salbiy 
tomonlarga shu darajada dahldordir. Istaymizmi - yo‘qmi, 
bundan qat’iy nazar, yomonlik toifasiga daxldor yovuzlik, 
hasad, dilozorlik, yolg‘onchilik, g‘iybat, tuhmat, xoinlik, xa-
sislik, adolatsizlik, xudbinlik kabi illatlar kundalik hayoti-
mizda obyektiv tarzda kishilarning subyektiv faoliyatida 
yaqqol ko‘zga tashlanadi.
 Ana shularni ba’zi birlariga to‘xtalmoqchimiz.
Hasad -boshqalarning rohatini ko‘rolmaslik. Hasad himmat 
pastligi va ko‘ngil qoraligidan hosil bo‘ladi. Bular esa jaholat 
natijalaridir. Hasad insonni, olov o‘tinni yondirib kuydirgan-
dek, kuydiradi. Hasadgo‘ylik odamning yuzini qora qiluvchi 
yomon xislatdir. Bu to‘g‘rida shunday hikoyat bor: Iskandar 


121
zamonida bir jonivor paydo bo‘libdi. Unga nima ro‘para kelsa, 
halok bo‘lar ekan. Iskandar olimlarni yig‘ib, chora topishni 
buyuribdi.  Lekin  hech  qanday  chora  topisha  olmabdi.  Oxiri 
Arastu (Arestotel) unga chora topibdi. Uning buyrug‘iga ko‘ra, 
oyna yasadilar, oynaning orqasiga bir odam yashirinib turdi. 
Hayvon odamning isini bilib, u oyna tomonga yurdi va oynada 
o‘z aksini ko‘rdi-yu yiqildi va o‘ldi. Bu holdan Iskandar taajj-
ubga tushib, sababini so‘radi: - ey malik, bu jonivor necha yil 
yer ostida bo‘lgan badbo‘y najosatdin qudrat olgan mahluq 
erdi va xolo yer yuziga chiqdi va ani ko‘zida zahri qotil bor 
erdiki,  nazari  har  kishiga  tushsa,  filhol  ul  kishi  o‘lar  erdi  va 
man aning oldiga oyna olib bordim, aksi anda paydo bo‘ldi, 
nazari tushdi va ul nazar bu aks vositasi birla o‘ziga siroyat 
qilib halok bo‘ldi
1
. Bundan shunday xulosa chiqadiki, hasad 
o‘ti shunday yomonki, u kuydirgani hech narsa topa olmasa, 
o‘z egasini kuydiradi, ya’ni hasadchi o‘z hasadi ta’sirida bir 
kuni halokat chuquriga yiqiladi. 
Hasadning sabalari:
1.  Dushmanlik va yomon ko‘rish.
2.  Ko‘ra olmaslik.
3.  Kibr.
4.  Maqsadga erisholmay qolishdan qo‘rqish.
5.  Mansabparastlik va shuhratparastlik.
Eng og‘ir qalb xastaliklaridan biri hasadning zarari ko‘pdir. 
Zararlari:
1.  Avvalo, hasad axloqsizlik alomatidir.
2.  Hasadchi o‘z hasadi tufayli ich-ichini yeydi, qalbi dard-
alamga to‘ladi.
3.  Hasad egasining martabasini kamaytiradi.
4.  Hasadchini odamlar yomon ko‘radi.
5.  Hasad katta yomonliklarning manba’sidir.
6.  Hasad jamiyatni buzuvchi cho‘qmoqdir.
Qalb xastaliklarini faqat ilm va amal bilan davolash mum-
kin. Avvalo, har bir kishi hasad o‘zining axloq va imon dunyo-
1
  Nazarov M. Tohirov O. Ma’naviyat-ibrat.-T.: Menhoj, 2001. B.14.


122
siga, sog‘lig‘iga zarar ekanini yaxshi anglab yetmog‘i lozim. 
Ne’mat hasad qilingan odamdan uning hasadi tufayli zavolga 
uchramasligini, aksincha hasad bois o‘zi jizg‘anak bo‘lishi, 
azoblanishi mumkinligini tushunmog‘i kerak. Hasad dardiga 
mubtalo bo‘lgan kishi hasadi unga qaysi amalni buyuradigan 
bo‘lsa, o‘shaning aksini qilmog‘i lozim bo‘ladi. Misol uchun, 
unga dushmanini yomonlashni amr qilmoqda, u uni maqtash-
ga o‘tsin.
G‘iybatchilik - eng yomon illatdir. G‘iybatning lug‘atdagi 
ma’nosi bir narsaning ko‘zdan to‘silishidir. Hadislarga ko‘ra 
g‘iybat insonning bor ayblarini uning yo‘qligida zikr qilish, 
kamchiligini qidirishdir.
O‘tmish mutafakkirlarning ta’kidlashicha, g‘iybatchining 
ishi zino ishidin yomonroq, azobliroqdir. Qur’onda keltiri-
lishicha, g‘iybat qiluvchilar “Murdor go‘shtini yeyuvchi qurt-
lardir va har kishida odamiylik bo‘yi bordur - murdor go‘shtin 
parhez qilur”
1
.
To ilojing bor ersa qilma kishini g‘iybat
Chunki g‘iybatchu erur el ko‘zida beizzat
2
.
G‘iybat biror kishining orqasidan gapirish, aybini topish, 
yomonlash, bola-chaqasi, xotini, hulqi, boyligi va qarindosh-
lari haqida bemazza gaplarni gapirishdir. 
Odat bo‘lsa har kimga g‘iybat,
Ishonmagin unga hech qachon.
Yomonlasa birovni senga,
Yomonlaydi seni ham pinhon.
Qora ko‘ngil bo‘lgan –chun davot,
Ikki tili bordir begumon.
Biri – uning qalami bo‘lsa,
Yozgan xati – ikkinchi zabon.
1
 Mahmudov R. Degonimning ulusg‘a marg‘ub et. –T.: O‘zbekiston, 1992.-
B.50
2
  O‘sha manba. B.50


123
Gohida g‘iybat qalb bilan sodir etiladi. Bu gumon qilish-
dir. Badgumonlik kishilar haqida bo‘lar-bo‘lmasga yomon 
shubhalar qilish, ularga nisbatan tuhmat va hadik ma’nosida 
fikr  yuritishdir.  O‘zaro  nizolar  va  kelishmovchiliklar  ko‘p 
hollarda bir-biridan yomon gumonda bo‘lishdan ham kelib 
chiqadi.
G‘iybat sasblari:
1.  Achchig‘ini to‘kib solish.
2.  Tengdoshlar va hamsuhbatlarga sherik bo‘lish, ular-
ning gapini qo‘llab-quvvatlash.
3.  O‘z obro‘sini ko‘tarish uchun birovni ayblash.
4.  Hasad.
G‘iybatning bir elementi chaqimchilikdir. Bu illatning xu-
susiyatini Avloniy quyidagi she’r orqali tavsiflagan:
Chaqimchilar buzar ulfat hisorin,
Nifoqa o‘g‘ratur millatni korin.
Chaqimchi til yomon ajdar tilidan,
Solur jonga alamlik zahri morin.
Yomon til ming tilim bo‘lg‘oni yaxshi,
Sochar ummat aro kinu niqorin.
Yomon til sohibining dushmanidur,
Yo‘qotgay sha’nu shavkat e’tiborin. 

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin