109
Kim tug‘or mundog‘ o‘g‘il andog‘ atou onadan.
Talab yo‘lida aylar kishida bo‘lsa gar ixlos,
Murodu manzilig‘a bo‘lg‘usidir rahbari ixlos,
Komil axli aro albatta tobg‘ay rutbai oliy
Maoniy kasbida har kimsakim qildi hunarga ixlos.
Etsang ixlosdin bir sidq ajab ermas
11
.
Yuqoridagi fikrlarda Ogahiy kishida ixlos bo‘lsa, u o‘zining
murod- maqsadiga erishishi uchun katta imkoniyatlarga ega
bo‘lishini alohida uqtiradi.
Islom ilmi va ma’naviyatining mashhur namoyondasi So‘fi
Ollohyor ilmu toliblarning ilmga bo‘lgan ixlosini ulug‘lar
ekan, ayrim hollarda ana shunday ixlosmand muridlar yetarli
emasligi uni tashvishlantirgan.
Topilganda muningdek lujjai xos
Qani ixlosi ko‘p himmatli g‘ovvos,
Cho‘mib olg‘ay ilmga duru maqsud,
Va gar na, qo‘l solib qochmoq nechuk sud
2
.
Ixlosi murid avval ilm daryosiga cho‘mib
maqsud injusi-
ni olur, shundan keyingina o‘zini ko‘ra. Chunki shayxning
o‘zigagina qo‘l berib, majlisida turmay qochib ketmoqdan
foyda yo‘qdir, shunday ekan, majlisda o‘tirishda
davom qil,
undan so‘ng, yetilib kamol toparsan. Demak, insonning ka-
molot yo‘li o‘z ustoziga, ilm va hunarga ixlos qo‘yishi bilan
takomilga yetadi. Ilm-ma’rifatga
ixlosmandlik mashhur mu-
tafakkirlarimizning hayoti va ijodining asosiy mezoni bo‘lgan.
Ixlosning mukammal bo‘lishligida ibrat alohida o‘rin tuta-
di Chunki, fe’l-atvorni faqat pand-nasihat, dashnom, ma’ruza
shakllantirmaydi, uni asosan munosabat va ibrat shakllanti-
radi.
1
Ogahiy. Asarlar. – II-jild. – T., 1972. – B.267.
2
Risolai Aziza” – “Sabot ul - ojizin” shahri. –T.: A. Qodiriy nomidagi xalq
merosi
nashriyoti, 2000. –B. 244-245
110
“Boburning bir harbiy yurishi paytida qattiq sovuq edi.
Sovuq shunday zo‘r ediki, hatto uning qo‘shinlaridan bir ne-
cha kishi sovuqdan o‘ladi. Shunda Bobur anhorning muzini
sindirib, 16 marta suvga shung‘iydi. Boburning
bunday jasorati
tarbiya berish usuligina emas, balki tarbiya vositasi ham edi.
Shuning uchun bayon etilgan voqea kutilgan natijani berdi.
Bobur qo‘shinida tetiklik, quvnoqlik qaror topadi. Sovuqdan
qo‘rqib, harbiy yurishdan bosh tortish kabi holatlarga chek
qo‘yiladi. Olg‘a
intilish kuchaydi
1
.
Keltirilgan misolda ibratni inson tarbiyasiga ta’sirini
muayyan bir qirrasi, ya’ni insonni inson orqali tarbiyalash o‘z
aksini topgan.
Dostları ilə paylaş: