Tayanch so‘z va iboralar
Vijdon, nomus, diyonat, o‘z-o‘zini anglash, sadoqat, haq-
iqat, insoniy vazifa, burch, or-nomus, oriyat, adolat, mas’uliyat,
ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va xunuk-
lik, sabr, farosat, kechirimlilik.
Axloq kategoriyalari. Jamiyat taraqqiyoti va inson ka-
moloti jarayonida axloqning barcha qirralari o‘zaro bog‘liq
holda shakllanadi va rivojlanadi. Axloq inson hayotga qadam
qo‘yayotgan dastlabki davrdanoq shakllanib, uning kamo-
lotiga zamin yaratuvchi ichki ruhiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Inson tarbiya ko‘rib, muayyan odob va axloq me’yorlarini,
ilmlarni egallaydi, mehnat qilib tajriba orttiradi, kasb-hunar
sohibi bo‘ladi, malaka orttiradi, o‘z qobiliyati va iste’dodini
biror yoki bir necha sohada to‘la namoyon etish imkoniga ega
bo‘ladi. Axloq zaminida vijdon, burch, imon, qadr-qimmat, or-
nomus, ixlos shakllanadi.
Vijdon – etika kategoriyasi bo‘lib, bu kategoriya shaxsning
axloqiy jihatdan o‘z-o‘zini nazorat qilishga, o‘z-o‘zini anglash-
ga qobiliyatining oliy darajasini ifodalaydi. Vijdon kishining
jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini tushunishi asosida qilingan
ishlarga o‘z-o‘zicha baho berishini ham o‘z ichiga oladi. Vij-
don individning o‘zining va o‘zgalarning fikriga jamiyatning
obyektiv ehtiyojlariga muvofiq ravishda bab-baravar tanq-
idiy ko‘z bilan qaray olish layoqatini, shuningdek, kishining
faqat o‘z harakatlari uchun emas, balki tevarak-atrofda so-
94
dir bo‘layotgan voqealar uchun ham javobgarligini nazarda
tutadi.
Vijdon kishining ijtimoiy yo‘sinda tarbiyalanadigan qobi-
liyatidir. U kishining tarixiy kamoloti darajasi hamda kishi-
ning o‘zi yashaydigan obyektiv sharoitdagi daxldorligi bilan
belgilanadi. Jamiyat talablariga va uning taraqqiyotiga kishin-
ing faol javob ta’siri sifatida vijdon shaxsning faqat axloqiy
jihatdan o‘z-o‘zini kamol toptirish ichki harakatlantiruvchi
kuchigina emas, balki shu bilan birga uni voqelikka faol-
amaliy munosabatga undovchi kuch hamdir.
Vijdon o‘z harakatlarining axloqiy ahamiyatini anglash-
ning ratsional jihatida ham, emotsional kechinmalar tizimida
ham yuz berishi mumkin. Vijdon barcha insoniy fazilatlarni
tartibga solib turuvchi axloqiylik mezonidir.
Voiz Koshifiyning “Axloqiy Muxsiniy” asarida “Vijdoni, no-
musi, diyonati bo‘lmagan kishi dunyoda bo‘lgan hamma yo-
monlikni qilishga tayyordir. Yomonlik qilmagan, ya’ni yaxshi
odam vijdonlidir” deb qayd etadi. Ma’rifatparvar alloma Ab-
dulla Avloniyning vijdon haqidagi quyidagi fikrlari masalani
yana ham chuqurroq tushunishga imkon beradi: “Vijdon deb
ruhimizga, fikrimizga ta’sir qiladigan hissiyot, ya’ni tuyg‘uni
tuymakdan iborat quvvatni aytur. Biz hamma vaqt faol va
harakatimizning yaxshi va yomonligini, foydali va zararligini
vijdonimiz ila bilurmiz. Vijdon inson aqli va fikrining ha qiqiy
mezonidirkim, bu tarozi ila o‘z kamchiliklarimizni o‘lchab bil-
mak ila barobar, boshqalarning ham faol va harakatini sezur-
miz. Agar ishi shariat, aql va hikmatga muvofiq bo‘lsa, mu-
habbat qo‘yur, agar qabohat va yomon ishlar bo‘lsa, nafrat qi-
lur. Biz janobi haqning amri (ma’rufi) va nahiyni (ta’qiqlarini)
fikr va ruhimiz mana shu quvvati bilan vijdonimiz ila ayra
bo‘lurmiz”
1
.
Ingliz ruhshunosi Charlz Xarton: “O‘z xulqi, xatti-hara-
katlari haqida fikr qiluvchi individ uchun yagona rahnomolik
qiluvchi birdan bir tamoyil uning vijdonidir. Uning uchun vij-
1
Abdulla Avloniy. O‘san millat.-T.,1993.- B.92
95
don, bu – haqiqat, oxirgi instansiyadir, uni o‘zgartirish o‘z-
o‘zini axloqiy jihatdan o‘ldirish bilan barobar”
1
- deb yozadi.
Burch – axloqiy tushuncha bo‘lib, u kishi zimmasiga vazifa
bel gilovchi tuyg‘u hisoblanadi. Burch insoniy va ijtimoiy sifat-
larni mu jassam etishi bilan shaxsning axloqiy ongida «o‘zini
anglash» tushun chasini hosil qiladi. “Jamiyatimiz fuqarosi va
davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan
o‘zaro bog‘liqdirlar”
2
.
Burch tushunchasini axloqiy normalarga birinchi bo‘lib
yunon mutafakkiri Demokrit olib kirgan. U burchni inson ha-
rakatining ichki motivi bilan bog‘laydi va burch hissi insonni
nojoyiz harakatlardan tiyilishida muhim o‘rin tutadi deydi.
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida burchga quyidagi
ta’rif berilgan: “Burch kishining biror shaxs, oila, jamoa, jami-
yat, Vatan oldidagi axloqiy majburiyatini anglatadigan axloq
kategoriyasidir”.
Burch shaxsni axloqiy jihatdan o‘z insoniy vazifasini qat’iy
bajarish ruhida voyaga yetkazadi. Qadimgi hind falsafasida
burch haqida shunday deyiladi: “Senga baxt keltiradimi yoki
baxtsizlik keltiradimi – burchingni ado et. Kim o‘z burchini
ado etsa va uning natijasi da keladigan oqibatlarni xotirjam
qarshi olsa, u qalban yuksakdir”
3
. Burch – insoniy vazifa-
ning majmui. Insonlik vazifasini bajarishda shaxsiy manfaat
tuyg‘usi cheklanadi, burchni bajarish natijasida ke ladigan har
qanday oqibatdan qoniqish hosil qilinadi.
Shaxsda burch sifatini hosil qilish uchun uch tushuncha
muhim ahamiyatga ega. Bular: o‘zini anglash, sadoqat va
haqiqat. Zero, shaxsning o‘zligini anglashi – muhim masala.
Bu masala ilk bor yet ti donishmanddan biri Xilom (er. avv.
596–528-yillar) tomonidan ilgari surilgan: «O‘zingni bilgil,
1
Кулли Ч.Х. Человеческая природа и социальный порядок. Дом
интелектуальной книги.-М:. Идея пресс, 2000.- С.262
2
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2010.
19-modda. – B.7.
3
Serjilo tafakkur durdonalaridan. – T.: Navro‘z, 2003. – B.11
96
shunda sen Xudoni hamda Koinotni bilasan»
1
. Buni shunday
tushunish lozim: insonda butun borliqning sifatlari, xususi-
yatlari va xossalari mavjud, shu sababli inson o‘z mo hiyatini
anglab yetishi bilan barcha mavjudotning sir-asrorini anglab
yetadi. Bu g‘oya asrlar davomida insonni butun olamning
markazi sifatida ko‘rish uchun asos bo‘lib keldi. O‘zini angla-
gan kishi o‘z ahvolidan kelib chiqib, o‘zgalarni tushunadi. De-
mak, bugungi kun da shaxs o‘zini anglashi bilan o‘zining kim
ekanligini, kimlarning avlodi ekanligini va ularga munosib
bo‘lish lozimligini biladi. Jami yatimizda o‘zini anglagan shaxs
oilasi, xalqi, jamiyat va davlat oldidagi vazifalarini biladi va
sidqidildan ado etadi.
Sadoqat burch xususiyatlaridan biri bo‘lib, u kishining
axloqiy yetuklikdagi darajasini belgilaydi. Sadoqat shaxsning
o‘z axloqiy xatti-harakati uchun javobgarlik hissidir. Burch-
ning negizlaridan yana biri haqiqatdir. Haqiqat shaxs axloqida
burch sifatini shakllan tirishda axloqiy instinkt bo‘lib xizmat
qiladi.
Burch insonning va ijtimoiy sifatlarning mujassamlashuvi
bilan shaxsning axloqiy ongida “o‘zini anglash” tushuncha-
sini hosil qila di. U aynan axloqiy va huquqiy jihatdan shaxsda
besh xususiyatni tarkib toptiradi:
– shaxsning o‘z-o‘zini anglashi;
– shaxsning o‘zgalar manfaatini himoya qilishi;
– shaxsning o‘z jamiyatini muhofaza qilishi;
– shaxsning davlat xizmatida bo‘lishi;
– shaxsning umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilishi.
Binobarin, burch – insoniy vazifaning majmui. Insonlik
vazifasini bajarishda shaxsiy manfaat tuyg‘usi cheklanadi,
burchni bajarish natijasida keladigan har qanday oqibatdan
qoniqish hosil qilina di. Faylasuf Gegel: «Insonning axloqiy
burchi o‘z faoliyati va idroki vositasida erkinlikni qo‘lga kiri-
tishidir», – deganida haq edi. Bu o‘rinda erkinlik tushunchasi
shaxsning o‘z insoniy vazifasini bajarib, zimmasidagi ma’naviy
1
Serjilo tafakkur durdonalaridan. – T.: Navro‘z, 2003. – B.29
97
yukdan xalos bo‘lishni anglatadi. Shaxsning ma’naviy-ruhiy
erkin bo‘lishi, ya’ni uning halollik, poklik va nazokatlilik ho-
latiga yetishi uchun burchni bajarishi shart. O‘zga ax loqiy si-
fatlardan farqli o‘laroq burchda qat’iylik va shartlilik mavjud.
Burch bajarilishi shart, inson bunga majbur. Shu ma’noda,
uning zid tushunchasi yo‘q. Hech kim burchsiz bo‘lmaydi: yo
burchli bo‘ladi yoki bu tushunchadan xoli etiladi.
Yaxshilik –har bir aqlli vujudda jo bo‘lgan va inson ya-
shaydigan sharoitga bog‘liq bo‘lmagan axloqiy qonunning
buyurganlariga muvofiq keluvchi narsadan iborat. Arastu maz-
kur kategoriyaning mohiyatini chuqur ochib bergan: Yaxshilik
o‘z-o‘zicha mavjud degan borliq kategoriyasiga, sifat va muno-
sabat kategoriyasiga tegishlidir. Yaxshilik turli-tuman va uni
bitta g‘oyaga bog‘liq degan taqdirimizda ham, uning axloqqa
hech qanday aloqasi bo‘lmay, kishilar unga erisha olmasdilar.
Axloq esa amaliy masalalarni hal etadi. Yaxshilik tushuncha-
si maqsad bilan bog‘liq va u doim unga intiladi. Bu maqsad
orqali boshqa maqsadga erishishga intilish bo‘lmasligi kerak.
Inson baxti faoliyatiga bog‘liq. Yaxshilik jonning tug‘ma sifati
bo‘lmay, balki xolis qilingan, ega bo‘lingan narsadir va shu-
ning uchun huzur – halovat barchaning umumiy maqsadidir.
Voiz Koshifiy quyidagi misrasida mazkur kategoriyaning
mohiyatini aniq ochib bergan:
Dostları ilə paylaş: |