129
ganlarga, tilanchilarga berganidur...ahd
qilganda ahdiga vafo
qiluvchidir, kambag‘allik, qiyingchilik paytida va shiddat
vaqtida sabr qiluvchilarga xosdir... insonni ota-onasiga yax-
shilik qilishi solih amaldir”.
Manmanlik – ijtimoiy munosabatlarda o‘zini o‘zgalardan
yuqori qo‘yish, ularga past nazar bilan qarash, boshqalar ning
fikr-mulohazalarini e’tiborga olmaydigan, faqat o‘zini haq
deb, o‘zgalarni tan olmaydigan kishilarga xos salbiy xususi-
yatni ifodalaydigan atama
1
.
Rivoyatlarga ko‘ra Anushirvonning o‘g‘li Hursus Ah-
voz viloyatiga borgan paytda o‘sha yerning hokimi bilan
muloqotda bo‘ldi va bir kuni unga dedi: Senda yagona
bir aybdan boshqa hech qanday aybni ko‘rmadim. Ammo
o‘sha ko‘rgan aybim bilgilki, o‘nta aybni o‘z
orqasidan er-
gashtirib yuradi.
Hokim: u qanday ayb ekan? Orqasidan ergashtirib keladi-
ganlari esa qaysilar, aytib ber!
Hursus dedi: o‘sha ayb kerilish va manmanlikdur. Bilgilki,
unga ergashadigan ayblarning birinchisi, mensimaslik bo‘lib,
uning oqibati xalq nafratiga yo‘liqishdir. Ikkinchisi, odamlarni
taftish va tadqiq qilib, ularga dashnom bergan holda o‘zi esa
kasb-hunarning birortasiga ham ega bo‘lmaslik. Uchinchisi,
o‘qishdan or qilish, buning natijasida ilmu-adabdan bebah-
ra qolish. To‘rtinchisi, o‘tirishdan barchadan o‘zini ustun va
dono deb bilish, buning natijasida o‘ziga
dushman orttirish va
obro‘yini to‘kish. Beshinchisi, manmanlik tufayli chegaradan
chiqish, balandroq amalni xohlab qolish, natijada xoru-zor
bo‘lib, o‘z martabasidan ham ajrash. Oltinchisi, odamlarning
haq-huquqini hurmat qilmaslik, bemorlardan xol so‘ramaslik
va shunga o‘xshash narsalardan ko‘z yumish. Yettinchisi,
odamlarga xavf solish, ularni masxara qilish, natijada beqadr
bo‘lish. Sakkizinchisi, maslahatsiz
ish tutish, natijada hijolat
chekib, nadomat tortish. To‘qqizinchisi, odamlar meni ulug‘
fahmlaydi, deb o‘ylash va gumonda yurish. Fozil va komil
1
Manaviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati.T.,2009.
130
kishilarga quloq solmay, haqorat ko‘zi bilan qarash, natijada
ularning nazaridan qolish
1
.
Alloma Axmad Yassaviy manmanlikka berilgan odamni o‘z
qadrini bilmagan, o‘zgalar qadrini e’zozlamagan inson sifa-
tida ifodalaydi:
Hayfi odam o‘z qadrini o‘zi bilmas,
Manlik qilib, yaxshilarni ko‘zi ilmas
2
.
Manmanlikning ofatlaridan biri kibrga olib boradi.
Kibrdan esa ko‘plab ofatlar tug‘ilishi sir emas. Agar manman-
lik va kibr jam’ bo‘lib qolsa, ikkisi barcha fazilatlarni yo‘qqa
chiqaradi.
Insonning olamga va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabati axlo-
qiy ong doirasida yuz ko‘rsatadi. Bu munosabat kishilarning
xulq-atvori, urf-odatlari, xarakteri, imon-e’tiqodiga yaxshilik
va yomonlik nuqtai nazaridan baho berishda ko‘rinadi. Zotan,
axloqda
tiriklik mazmuni, insonning yorug‘ dunyodagi burchi,
or-nomusi o‘z ifodasini topgan bo‘ladi.
“Butun tabiat quyosh nuri bilan tirik. Ammo inson qu-
yosh nuridan bahramand bo‘lish bilan cheklana olmaydi. In-
son ruhi yaxshi odamlarning so‘zidan, siymosidan, ijodidan
taraladigan ma’naviy ziyoga ham katta ehtiyoj sezadi. Chunki
ham tabii y nur, ham ma’naviy ziyo bilan yo‘g‘rilgan inson
hayotigina barkamol bo‘ladi”deganda atoqli adib P.Qodirov
ham haq edi.
Alloma Jaloliddin Rumiy zamonamiz olimlari qilni qirq
yoradilar, o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan narsalarni juda yaxshi
biladilar, ammo o‘ta muhim, o‘zlari uchun qolgan barcha nar-
salarndan yanada yaqin bo‘lganni, ya’ni o‘zlarini bilmaydilar.
Hamma narsadan yaqin bo‘lgan borliq bu-ularning menligi-
dir deganlar. Bu bilan mavloniy Rumiy insonni avvalo, ko‘zini
ochishga va ochilgan ko‘zlar bilan o‘z
mohiyatiga nazar tash-
lashga undaganlar.
1
Mashriqzamin – hikmat bo‘stoni. –T.: Sharq, 2008. –B.343.
2
Homidiy H. Ko‘hna Sharq darhalari.T:.Sharq,1999.-B.115.
131
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan xulosa quyidagicha:
1. Axloqni sayqallash dunyodagi eng muhim ishlardan
sanaladi.
2. Axloqiy dunyo o‘z tabiatiga ko‘ra ijtimoiy bo‘lib, kishi-
lar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda alohida aha-
miyatga ega.
3. Axloqiy tarbiyaga oid manbalarni, o‘git va hikmatlarni
mudom o‘rganish asnosida o‘z xulqidagi illatlarni isloh qilish.
4. Insonlarga nisbatan kengbag‘ir va kechirimli bo‘lishni
o‘rganish.
5. Boshqalarga nisbatan go‘zal muomala va tavozuli
bo‘lishni o‘zlashtirish.
6. Ezgu fikrli va ezgu amalda bo‘lish orqali shu sifatdagi
kishilar bilan ko‘p va mudom aloqa o‘rnatish.
7. O‘zini anglab yetish, o‘zini tanish, o‘z-o‘zini takomil
eta bilish orqali haqiqatga (Haqqa) yaqinlashish.
8. Inson aqli, bilimi va e’tiqodi orqali o‘zligini anglaydi,
hayotini barqarorlashtiradi.
9. Adolatparvar bo‘lish, bu yo‘lda aql va ilmga, imon va
halollikka suyanish.
10. Inson o‘z taqdiri va hayotiga o‘zi mas’ul, o‘z-o‘zini
nazorat qilishi va hulqlanishi o‘ziga bog‘liq.
11. Hayotiy ibrat va tajribalardan oqilona foydalanish.
12. Odamlar o‘rtasida nizolarni tugatish, yaxshilikka cha-
qirish ulug‘lik belgisidir.
13.
Insonning halovat topishi
insoniy fazilatlarni
o‘zlashtirish va amalda qo‘llashidadir.
14. Manfaatlar to‘qnashuvi va o‘zaro ziddiyatlarni kishi
o‘z-o‘zini tanqid qilish orqali bartaraf etish mumkin.