155
INSON MA’NAVIY BORLIG‘I – murakkab strukturaga, ko‘plab xos-
salarga, atributiv jihatlarga ega bo‘lgan murakkab tizim.
IXLOS – kishining ijtimoiy voqelikdagi hodisa jarayonlarga mu-
nosabati, qiziqishi, ishtiyoqi, ishonchi negizida shakl lanadigan,
imoni, e’tiqodi, diyonati asosida takomillashib
borib faoliyatga
yo‘nalish beruvchi botiniy tuyg‘u, intilish, maqsadlar mujassamidir.
ODAT – hamma tan olgan tartib-harakat tarzi, barcha etirof etgan ax-
loqiy ko‘nikmaga aylangan va o‘zlashtirilgan hayot mezonlari.
URF-ODAT – ijtimoiy guruh yoki jamiyat tomonidan qabul qilib
olinadigan xulq-atvorning bir ko‘rinishi, kishilar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarni boshqarishning manaviy-axloqiy omili.
O‘Z - O‘ZINI NAZORAT QILISH – insonning o‘z hatti harakatla-
rini, emotsiyalarini boshqara olish qobiliyati.
O‘Z-O‘ZINI TANQID QILISH – insonning o‘z harakatlaridagi
hatolarni topa olishi, o‘z-o‘zidan qoniqmaslik asosida o‘z
faoliyatini
tanqidiy baholashi.
O‘Z-O‘ZINI ANGLASH – insonning o‘z mavjudlik mohiyatini an-
glashi, o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay olishi.
XULQ (ODOB) – deganda, rasm-taomul, odat-odatlarning bu-
tunligi, odamlar o‘rtasida iqtisodiy tuzum taqozosi bilan, turmush
sharoitning alohida tarzidan, an’analaridan paydo bo‘lgan va lekin
muntazam
qarashlar, qoidalar, yo‘l-yo‘riqlar tizimiga kirmagan mu-
nosabatlarning xususiyati tushuniladi. Xulq (odob) – odamlarning
amaliy xatti-harakati, odamlar o‘rtasidagi amaliy munosabatlardir.
EVDEMONIZM – baxt-saodat, rohat-farog‘atni kishilar xayotin-
ing oliy maqsadi deb hisoblaydigan axloqiy yo‘nalish.
ETIKA – yunoncha “ethos” olingan bo‘lib, ma’nosi xulq, odat
degan ma’noni bildiradi. Etika axloqning paydo bo‘lishi
va tarixiy
taraqqiyot qonuniyatlarini, axloqiy hodisalarning o‘ziga xos xususi-
yatlarini, axloqning ijtimoiy mohiyatini
va u orqali ijtimoiy jaray-
onlarni o‘rganadi.
ETIKET – inson va jamiyat tashqi madaniyatining asosiy qismi
bo‘lib, yaxshi xulq, jamoat joylarida o‘zini to‘g‘ri tutish, tashqi qi-
yofa va muomila madaniyati tarkibiy qismlarini o‘z ichiga oladi.
ETOSFERA – axloqiy muhit
E’TIQOD – inson shaxsining axloqiy qiyofasi bilan be vosita
bog‘liq bo‘lgan ustuvor g‘oyalari va intilishlari.