I bob. Biznes huquqi tushunchasi va manbalari


Xo‘jalik (biznes) huquqining asosiy tamoyillari



Yüklə 285,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix02.01.2022
ölçüsü285,89 Kb.
#38535
1   2   3
1-Mavzu.

Xo‘jalik (biznes) huquqining asosiy tamoyillari 

 

Huquq  sohasining  barcha  tarmoqlari  singari  xo‘jalik 



huquqining  ham  asosiy  va  eng  muhim  tamoyillari  mustaqil 

O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlarida  mujassamlashgan  asosiy 

qoidalardir.  Xo‘jalik  huquqiga  oid  tamoyillar  respublikamizda 

bozor 


munosa-

batlarini 

tashkil 

etishda 


barcha 

xo‘jalik 

sub’yektlarining  iqtisodiy  faoliyatini  ma’lum  bir  maqsad  sari 

yo‘naltirib, huquqiy tartibga solib turadi. 

 

Xo‘jalik huquqining asosiy tamoyillaridan biri xo‘jalik (tadbir-korlik) 



sub’yektlarining iqtisodiy faoliyat erkinligidir. U Kons-titutsiyamizning 

53-


moddasida  o‘z  ifodasini  topgan.  Bu  tamoyilning  bozor  iqtisodiy 

munosabatlarini tashkil etishdagi ahamiyati 

 

—11— 



shundan iboratki, muqaddam iqtisodiy munosabatlar faqat yuqori 

turuvchi  davlat  organlarining  direktiv  ko‘rsatmalari  asosida 

belgilangan  edi.  Bunday  tartib  ishchi,  xizmatchi  va  ziyolilarning 

ishbilarmonligi,  ijobiy  tashabbuskorligi,  qisqasi  ijtimoiy  faolliligiga 

to‘sqinlik  qilib  kelgan  edi.  Bozor  iqtisodiyotiga  o‘tib  borish  esa, 

jamiyat  ehtiyojini  hisobga  olgan  holda  mulkiy  munosabatlarning 

o‘zgarib borishiga, moddiy ishlab chiqarishni rivojlantirib, mehnat 

unumdorligini  oshirishga,  erkin  mehnatning  qaror  topishiga  olib 

keldi.  Natijada,  xo‘jalik  sub’yektlari  yuqoridan  beriladigan  buyruq 

yoki  ko‘rsatmaga  asoslanmasdan,  balki  ular  iqtisodiy  qonu-

niyatlarga,  ya’ni  bozor  qonuniyatlariga  tayangan  holda  moddiy 

ishlab  chiqarish  va  xizmat  ko‘rsatishda  erkin  bo‘lib,  faqat  bozor 

talablariga  rioya  etgan  holda  iqtisodiy  raqobatda  mustaqil 

qatnasha oladigan bo‘ldi. 

 

Xo‘jalik (biznes) sub’yektlarining iqtisodiy manfaatlarini himoya 



qilish tamoyili. Bu tamoyilning mohiyati har bir moddiy tovar ishlab 

chiqaruvchi  yoki  xizmat 

ko‘rsatuvchi  xo‘jalik  sub’yekti-ning 

iqtisodiy  manfaati  qonunlarda  belgilangan  tartibda  tegishli 

organlar  orqali  himoya  qilinadi.  Eng  avvalo,  iqtisodiy  manfaat-

larning  himoyasi  soliq munosabatlarida yorqin ko‘zga  tashlanadi. 

Jumladan,  yangi  tashkil  etilgan  korxonalar  va  tadbirkorlarga 

moddiy  jihatdan  o‘z  iqtisodini  tiklab  olishda  imtiyozlar  berilgan. 

Bank  orqali  ularga  qarz  berishda  va  soliq  to‘lashda  ham  ma’lum 

bir imtiyozlar yaratilgan. Xo‘jalik  sub’yektlarining mulkiy huquqlari 

buzilganda,  qonunga  muvofi

q  himoya  qilinadi.  Jumladan,  xo‘jalik 

sub’yektining mulkiga zarar yetkazilganda, shu zarar to‘la hajmda 

zarar  yetkazgan  shaxsdan  undirib  olinadi.  Agar,  mulk  egasining 

xohishidan  tashqari,  mulk  qonunga  zid  holda  boshqa  shaxsga 

o‘tkazilganida,  bu  mulkka  da’vo  qo‘zg‘atilib,  egasiga  (xo‘jalikka) 

qaytariladi.  (Fuqarolik  kodeksining  228

—233-moddalari.)  Agar, 

to‘sqinlik  qilinganida,  unday  to‘sqinliklar  bartaraf  etiladi.  Mulk 

egasining 

huquqlari 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Fuqarolik 

kodeksining 231-moddasida belgilanganidek himoya qilinadi. 

 

Bundan  tashqari,  Fuqarolik  kodeksining  232-moddasida 



belgilanganidek, xo‘jalik sub’yekti mulkdor bo‘lmasa ham, lekin mol-

mulkka  meros  qilib  qoldiriladigan  umrbod  egalik  qilish,  xo‘jalik 

yuritish,  operativ  boshqarish  huquqi  asosida  yoki  qonun,  yoxud 

shartnomada nazarda tutilgan boshqa asosga ko‘ra egalik qilayotgan 

 

—12— 



bo‘lsa  ham  uning  shu  mol-mulkka  bo‘lgan  huquqlari  Fuqarolik 

kodeksining  228

—231-moddalari  qoidalariga  muvofiq  himoya 

qilinadi. 

 

Xo‘jalik  sub’yektining  iqtisodiy  manfaatlari  ham,  huquqi  ham 



qonun  bilan  himoya  qilinadi.  Jumladan,  xo‘jalik  sub’yektlari  boshqa 

shaxslar  bilan  shartnoma  munosabatlariga  kirishganida  ularning 

manfaatlarini  himoya  qilishda  monopoliyadan  himoyalash  tamoyili 

muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu tamoyilning mazmuni tovar ishlab 

chiqaruvchilarning  va  xizmat  ko‘rsatuvchilarning  bozorlarda  erkin 

harakat  qilishini  ta’minlash  maqsadida  monopolistik  faoliyatni 

cheklashga,  nosog‘lom  raqobatning  kelib  chiqishiga  yo‘l  qo‘ymas-

likka  qaratilgan  chora-

tadbirlar  olib  borilishida  namoyon  bo‘ladi.  Bu 

sohada  O‘zbekiston  Respublikasining  1996-yil  27-dekabrda  qabul 

qilingan  «Tovar  bozorlarida  monopolistik  faoliyatini  cheklash  va 

raqobat  to‘g‘risida»gi  Qonuni  muhim  ahamiyatga  ega.  Ana  shu 

qonun  orqali  ayrim  shaxslar  tomonidan  bozorni  monopoliyalashtirib, 

o‘z  shaxsiy  manfaatiga  xizmat  qiladigan  joyga  aylantirishiga  qarshi 

kurash  olib  borilayapti.  Erkin  bozorning  tobora  keng  rivoj  topishiga 

shart-


sharoit yaratilib, bozor hamma uchun ochiq bo‘lishi, narx-navo 

talab bilan taklif natijasida belgilanishi ta’minlanmoqda. 

 

Xo‘jalik  munosabatlariga  iqtisodiy  uslublarni  qo‘llash  asosida 



davlatning  ta’sir  etish  tamoyili.  Bu  tamoyil  mamlakatimizning  iqtiso-diy 

rivojlanishiga  ko‘rsatma,  buyruq  orqali  ta’sir  etish  usulining  iqtisodiy 

usuliga,  ya’ni  mehnat  jamoasining,  yakka  shaxsning  tovar  ishlab 

chiqarish, ish va xizmat ko‘rsatish,  uning  assortimentini kengaytirish va 

sifatini  oshirishda  manfaatlarini  hisobga  olishga  qaratilgani  bilan 

izohlanadi.  Bunga  misol  sifatida  soliq  undirishni  olish  mumkin. 

Muqaddam soliqlar hamma tashkilotlardan olingan daromaddan bir xilda 

ushlab qolinmasdan, balki i

lg‘or korxonaning mablag‘idan samarasi past 

korxona  uchun  ham  olib  qolinar  edi.  Hozir  esa  soliqlar  tizimining  aniq 

qo‘yilishi  har  bir  korxona  va  tashkilotlarning  o‘z  rivojidan  manfaatdorligi 

ta’minlanishi,  kashfiyot,  ixtiro  va  takomillashtirish  takliflari  qilib 

foydalanishlariga 

imkoniyat 

yaratilgan. 

Davlatning 

korxona 

va 


tashkilotlarga  ta’sir  etishi  beriladigan  buyruqqa  va  ko‘rsatmaga  emas, 

balki iqtisodiy usulga asoslanadi. 

 

Iqtisod  siyosatdan  alohida  bo‘lgan  holda  rivojlanadi.  Bu 



siyosat mutlaqo iqtisodg

a aloqasi yo‘q ekan, degan xulosa emas, 

albatta. Iqtisod bilan siyosat bir-

biri bilan bog‘lanmagan holda, biri 

ikkinchisiga  ta’sir  etgan  holda  bo‘ladi.  Shu  nuqtayi  nazardan, 

avval iqtisod rivojlanib boradi, so‘ngra siyosat shakllanadi. 

 

—13— 



Respublika  mustaqil  taraqqiyotini  belgilovchi  narxlarni  erkin-

lashtirish  va  bozor  infrastrukturasini  shakllantirish  tamoyili.  Bu, 

eng avvalo, bozorni tovarlar bilan to‘ldirishga va xizmatlar ko‘rsa-

tishga  qaratilgan  iqtisodiy  omillardan  biridir.  Shu  sababli  davlat 

narxlarni birdaniga o‘z holicha qo‘yib yubormasdan, asta-sekinlik 

bilan erkin narxga o‘tib borishni ta’minladi. Narx-navo talab bilan 

taklif  o‘rtasida  belgilana  boshlandi.  Chinakam  talab  va  taklif 

asosida  vujudga  keladigan  erkin  bozor  narxlarining  amal  qilishi 

bozor  iqtisodiyotining  g‘oyat  muhim  bo‘g‘ini  bo‘lib,  bu  bo‘g‘in 

mahsulot  ishlab  chiqaruvchilar  bilan  iste’molchilarni  o‘zaro  jiðs 

ta’sirini ta’minlaydi. Ammo, davlatning bozor bahosiga ta’sir etishi, 

ma’lum bir iqtisodiy usullar orqali olib boriladi, albatta. 

 

Davlatning  eng  avvalo,  bozor  va  bahoga  ta’siri  uni  kuzatish  va 



nazorat  qilish  orqali  amalga  oshiriladi.  Davlat  xo‘jalik  munosabatlariga 

nisbatan bahoni  nazorat qilish standart xizmati, soliq xizmati, sanitariya 

va ekologiya xizmati kabi usullar orqali faoliyat ko‘rsatadi. 

 

Bozor  infrastrukturasi  bu  bevosita  transport  xizmatini  yo‘lga 



qo‘yish,  yuk  tashish,  tushirish,  saqlash  va  tovar-mahsulotlarini 

sotish  bilan  bog‘liq  xizmat  turlarining  sifatini  oshirish,  bozorni 

o‘rganish,  bozordagi  narx-navo  haqida  ma’lumot  olib  turish  kabi 

xizmatlarni  o‘rniga  qo‘yish  va  shunga  o‘xshash  bozor  rivojiga 

ko‘mak  beruvchi  boshqa  xizmat  turlarini  samarali  tashkil  etish 

bilan bog‘liq munosabatlardir. 

Tovar 

ishlab  chiqaruvchi  (ishlarni  bajaruvchi,  xizmat  ko‘rsatuv-



chi) 

sub’yektlarning  o‘zaro  raqobati  tamoyili.  Bu  tamoyilning  asosiy 

mazmuni  va  mohiyati  shundan  iboratki,  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida 

kim kam mehnat va xarajat sarf qilib, ko‘p va yuqori sifatli mahsulot 

ishlab chiqara olsa (ish va xizmat ko‘rsatsa), u ijtimoiy hamda iqtiso-

diy  taraqqiyotda  imtiyozga  ega  bo‘la  oladi.  Ma’lumki,  bu  tamoyil 

iqtisodiyotning  rivojida  eng  birinchi  va  hal  qiluvchi  vosita  hisob-

lanadi.  Chunki,  u  raqobatbardoshlikni  chiniqtiradi,  yomon  ishlov-chi 

korxonani  samaradorlikka  olib  chiqadi  yoki  uzoq  muddat  davomida 

tovarlariga  talab  yo‘qligi  sababli  zarar  ko‘rib  kelayotgan,  to‘lovga 

qobiliyatsiz  korxonalarni  qayta  tashkil  etish  yoki  kasodga  uchragani 

sababli  O‘zbekiston  Respublikasining  2003-yil  24-apreldagi 

«Bankrotlik  to‘g‘risida»gi  Qonuniga  muvofiq  mutlaqo  tugatib 

yuborishga olib keladi. 

 

—14— 



Qonuniylik  tamoyili  barcha  fanlarga  doir  bo‘lgan  umumiy 

tamoyil  bo‘lsa  ham,  xo‘jalik  huquqida  u  bozor  munosabatlariga 

o‘tish  sharoitida  o‘ziga  xos  xususiyatga  ega  bo‘lib,  bu  tamoyil 

mazmunida  xo‘jalik  sub’yektlarining  qonun  man  etmagan  har 

qanday  faoliyat  bilan  shug‘ullanishlari  mumkinligi  qoidasi  yotadi. 

Demak,  korxona  hamda  tashkilotlar  davlat  va  jamiyatga  foydali 

bo‘lgan,  qonun  bilan  taqiqlanmagan  faoliyat  bilan  shug‘ullanish 

ustuvorligini ta’minlashi shart. Bu esa bozor munosabatlariga o‘tib 

borish  bilan  bog‘liq  holda  iqtisodni  tashkil  etish,  samaradorlikka 

erishish, 

davlatimiz 

va 


xalqimizning 

buyuk 


kelajagini 

ta’minlashning asosiy vositalaridan biri bo‘ladi. 

 

 

Xo‘jalik (biznes) huquqining asosiy 



 

tamoyillari 

 

† 

Iqtisodiy faoliyat erkinligi



 

 



 

Xo‘jalik (biznes) sub’yektlarining iqtisodiy 

manfaatlarini himoya qilish

 

 



 

Xo‘jalik munosabatlariga iqtisodiy uslublarni 



qo‘llash asosida davlatning ta’sir etishi

 

 



Narxlarni erkinlashtirish va bozor infra- 

 



 

strukturasini shakllantirish

 

 

Tovar ishlab chiqaruvchi (ish bajaruvchi, 



 

xizmat ko‘rsatuvchi) sub’yektlarning o‘zaro 



raqobati 

 

† 



Qonuniylik 

 

«Xo‘jalik (biznes) huquqi»ning boshqa 



 

huquqiy fanlardan farqi 

 

«Xo‘jalik  (biznes)  huquqi»  mustaqil  fan  tarmog‘i  sifatida  boshqa 



huquqiy fanlardan o‘ziga xos xususiyatlari bilan farqlanadi. Ana shu 

farqlarni  eng  avvalo, 

Fuqarolik  huquqi  faniga  nisbatan  ko‘rib 

chiqaylik.  Chunki,  uzoq  yillardan  buyon  olimlar  o‘rtasida  bu  ikki 

fanning farqi yuzasidan bahs ketadi. Olimlarning bir guruhi 

 

—15— 




«Xo‘jalik  huquqi»  mustaqil  fan  tarmog‘i  emas,  u  Fuqarolik  huqu-qining 

tarkibini  tashkil  etadi  deb  hisoblasa,  ikkinchi  guruhi  esa  Xo‘jalik 

huquqiga alohida fan deb qarash kerak, deydi. Xo‘jalik hu-quqini huquq 

sohasining  bir  tarmog‘i  deb  hisoblashga  uning  Fu-qarolik  huquqi  va 

boshqa  tur

dosh  bo‘lgan  huquqlardan  farqi  asos  bo‘-ladi.  Uning  o‘ziga 

xos  xususiyatlari  quyidagilardan  iborat.  Ma’lumki,  Xo‘jalik  huquqi 

Fuqarolik  huquqiga  juda  yaqin  soha  bo‘lsa-da,  u  eng  avvalo, 

tushunchasi, predmeti

sub’yektlari orqali juda aniq farqlanadi. 

 

Bu ikki fanning tushunchasidagi farqni olib ko‘raylik. Fuqarolik 



huquqiga  hozirgi  davr  talabini  hisobga  olgan  holda  professor 

I.B.Zokirov  shunday  ta’rif  beradi:  «Fuqarolik  huquqi  O‘zbekiston 

Respublikasida amal qiluvchi huquq tizimi sohalaridan biri bo‘lib, 

mamlakatimizda 

iqtisodiy 

munosabatlarni 

takomillashtirish, 

bosqichma-

bosqich  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlariga  o‘tish 

davrida  fuqarolar  va  boshqa 

sub’yektlarning moddiy va ma’naviy 

ehtiyojlarini  tobora  to‘liqroq  qondirish  maqsadida  mulkiy  muno-

sabatlarn

i  hamda mulkiy  xarakterda  bo‘lmagan shaxsiy munosa-

batlarni  tartibga  solish  va  mustahkamlashga  qaratilgan  huquqiy 

normalar yig‘indisidan iboratdir».

 

Ana shu ta’rifdan ham aniq ko‘rinib turibdiki, Fuqarolik huquqi 



sub’yektlar  o‘rtasidagi  mulkiy  munosabatlarni  va  mulk  bilan 

bog‘liq  bo‘lmagan  shaxsiy  munosabatlarni  tartibga  solishga 

qaratilgan huquq sohasidir. 

Xo‘jalik huquqi ham respublikamizdagi huquq sohalaridan biri 

bo‘lib,  mamlakatimizning  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlariga 

bosqichma-

bosqich  o‘tib  borishida,  davlat  va  jamiyat,  xo‘jalik 

manfaatlarini hisobga olgan holda, xo‘jalik sub’yektlari o‘rtasidagi 

yuqoridan  quyi  (vertikal)  va  yon  atrofdagi 

sub’yektlarga 

(gorizontal)  bo‘ladigan  xo‘jalik  munosabatlarni  tartibga  soluvchi, 

bozor  sharoitida  davlatning  iqtisodga  rahbarlik  qilish  chora-

tadbirlarini belgilovchi huquqiy qoidalar yig‘indisidan iboratdir. 

 

Yuqorida  berilgan  ta’riflarga  ko‘ra,  Fuqarolik  huquqi  qoidalari 



aksariyat  mulkiy  munosabatlarni  tartibga  solib  tursa,  Xo‘jalik 

huquqi qoidalari ham mulkiy munosabatlarga taalluqli. 

 

Lekin,  Fuqarolik  huquqida  munosabatlar  shu  munosabat 



ishtirokchilarining o‘zaro teng va ixtiyoriyligi asosida kelib chiqsa, 

 

 



Qarang: Zokirov I.B. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik huquqi. 1-qism.

 

 

T.: «Adolat». 1996. 



 

—16— 



Xo‘jalik huquqida sub’yektlar teng huquqli bo‘lishi bilan birga idora 

etish, davlatning iqtisodga rahbarlik qilishiga asoslangan munosa-

batlarni ham tartibga solishga qaratiladi. 

 

Demak,  bu  ikki  fan  bir-biridan  predmeti  orqali  ham  tubdan 



farqlanadi.  Fuqarolik  huquqining 

sub’yektlari  bo‘lib  fuqarolar 

hisoblansa,  Xo‘jalik  huquqining  sub’yekti  faqat  tadbirkor  sifatida 

davlat ro‘yxatidan o‘tgan fuqarolar bo‘lishi mumkin. 

 

Fuqarolik  huquqining  ham,  xo‘jalik  huquqining  ham  sub’yekti 



bo‘lib  yuridik  shaxslar  hisoblanadi.  Ammo,  yuridik  shaxsning  tashkil 

bo‘lish,  xo‘jalik  faoliyatini  amalga  oshirish  va  unga  rahbarlik  qilish 

jarayonlarida  farqlanadi.  Davlat  fuqarolik  munosabatlarida  ikkinchi 

taraf  bilan  teng  huquqli  bo‘lib  qatnashsa,  xo‘jalik  huquqida  esa 

iqtisodga rahbarlikni amalga oshiruvchi 

sub’yekt bo‘lib ishtirok etadi. 

 

Fuqarolik  huquqi  bilan  tartibga  solinuvchi  shartnoma 



munosabat-

lari  asosan  iste’molchilarning  moddiy  ehtiyojini 

ta’minlashga  qaratilgan  bo‘lib,  uni  ishlab  chiqarish  bilan  aloqasi 

bo‘lmasa, Xo‘jalik huquqi shu tovarlarni ishlab chiqarish jarayonini 

ham tartibga solishda qo‘llaniladi. 

 

Ana  shu  jihatlari  bilan  Xo‘jalik  huquqi  Mehnat  huquqiga  ham 



juda  yaqin  bo‘lib  ko‘rinadi.  Ammo,  ular  bir-biridan  farqlanadi. 

Xo‘jalik  huquqi  sub’yektlar  o‘rtasidagi  xo‘jalik  munosabatlarini 

tartibga solsa, Mehnat huquqi esa ish beruvchi bilan xodimlarning 

mehnat  shartnomasi  asosida  munosabatlarini,  ichki  tartib-

qoidalarini,  ish  tartibini  va  shunga  o‘xshash mehnat  shartnomasi 

bilan bog‘liq boshqa munosabatlarni tartibga soladi. 

«Xo‘jalik  huquqi»ning  Ma’muriy  huquq  fanidan  farqi  shundaki, 

Ma’muriy  huquqning  predmeti  ma’muriyatning  buyruq  hamda  ijro 

faoliyati bilan, ya’ni hokimiyat va itoat etish sohasidagi faoliyat bilan 

bog‘liq  munosabatdir.  Bunday  munosabat  itoat  etuvchi  quyi 

organlarga  va  mans

abdor  shaxslarga  o‘z  ko‘rsatmalari  orqali  ta’sir 

etish,  boshqarish,  idora etish  kabi  hokimiyatni  amalga  oshirish bilan 

izohlanadi.  Xo‘jalik  munosabatlarida  esa  buyruqbozlik  faoliyatlari 

deyarli yo‘q. Borlari ham bozor munosabatlari shakllanib borgani sari 

tobora uzoqlashib, barham topib, iqtisodiy munosabatlarga o‘z o‘rnini 

bo‘shatib bermoqda. Shu sababli davlat iqtisodiyotga o‘zining tegishli 

organlari  orqali  (soliq,  imtiyoz,  iqtisodiy  sanksiya  va  h.k.)  iqtisodiy 

ta’sir etish usullari bilan rahbarlikni amalga oshiradi. 

 

—17— 




«Xo‘jalik  huquqi»  Moliya  huquqi  fanidan  tubdan  farqlanadi. 

Moliya  huquqining  predmetini moliya  budjeti kirim-chiqimi  (davlat 

daromadini  sarflash  va  tashkil  etish  davlat  rejasi)  bilan 

bog‘liq 


munosabatlar  tashkil  etsa,  korxona  va  tadbirkorlarning  daromad 

manbayini  tartibga  solish  va  ulardan  qayta  ishlab  chiqarish 

muomalasida  foydalanish  kabilar  Xo‘jalik  huquqining  predmetini 

tashkil  etadi.  T

abiiyki,  xo‘jalik  faoliyati  ham  daromadlarni  tashkil 

etish  va  ularni  sarf  qilishning  alohida  qoidalaridan  xoli  kelib 

chiqmaydi.  Shu  sababli,  xo‘jalik  sub’yektlari  pul  mablag‘larining 

bir  qismi  harakatda  bo‘lishini  ta’minlash  Xo‘jalik  huquqi  qoidalari 

bilan tartibga solinadi. 

 

Xo‘jalik  sub’yektining  daromadlaridan  olinadigan  soliqlarning 



budjetga  kelib  tushadigan  davlat  daromadi  Moliya  huquqining 

predmetini tashkil etadi. 

 

Shuningdek, Xo‘jalik huquqi Konstitutsiyaviy huquq, Ekologiya 



va  qishloq 

xo‘jaligi  huquqi  bilan  bog‘liq  munosabatlarda  ham 

o‘ziga xos xususiyatlari orqali farqlanadi. 

 


Yüklə 285,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin