Xo‘jalik (biznes) huquqi manbalari tushunchasi, turlari
O‘zbekiston Respublikasidagi huquq tizimining manbayi bu
vakolatli organlar tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadigan
qonunlar va chiqariladigan huquqiy hujjatlardir. Ana shu qonunlar va
huquqiy hujjatlar eng avvalo, O‘zbekiston xalqining erkini, xohishini
ifoda etadigan huquqiy qoidalar yig‘indisidir. Har bir fan uchun
qonunlarning va huquqiy hujjatlarning qaysi biri yoki uning qanday
qoidasi manba ekanligini ajratib olish kerak bo‘ladi. Ayniqsa, bu
masala xo‘jalik huquqi uchun muhimdir. Chunki, Xo‘jalik huquqiy
normalarini yagona tizimga soluvchi alohida huquqiy hujjat hozircha
yo‘q. Lekin, shunday bo‘lsa-da, mustaqil respublika-mizning vakolatli
organlari tomonidan qabul qilingan qator huquqiy hujjatlar borki,
ularning deyarli katta qismi bevosita xo‘jalik huquqining manbayi
bo‘la oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi barcha huquqlar qatori
xo‘jalik huquqining asosiy manbayidir. Eng avvalo, Konstitutsiya-ning
12-bobi jamiyatning iqtisodiy negizlari xususida belgilangan qoidalari
xo‘jalik huquqining manbayi bo‘lib hisoblanadi. Jumladan,
Konstitutsiyaning ana shu bobi 53-
moddasida «Bozor munosa-
batlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining
negizini xilma-
xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’mol-
chilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat,
—18—
biznes va mehnat qilish erkinligini barcha mulk shakllarining teng
huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-barobar muhofaza etilishini
kafolatlaydi»,— deb belgilangan.
Shu bilan birgalikda Konstitutsiyada xususiy mulkning boshqa
mulk shakllari bilan bir
qatorda davlat himoyasida bo‘lishi, mulkdor-
ning mulkiga o‘z xohishicha egalik qilishi, undan foydalanishi va uni
tasarruf etishi (Konstitutsiyaning 54-moddasi), yer, yerosti boyliklari,
suv, o‘simlik, hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy zaxira-larning
umumm
illiy boylik bo‘lishi (Konstitutsiyaning 55-moddasi) kabi
moddalari Xo‘jalik huquqiga bevosita manba bo‘lib hisoblanadi.
Bundan tashqari, Xo‘jalik huquqining manbayi bo‘lib boshqa
qonunlar, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari
hamda tegi
shli vakolatga ega bo‘lgan idoralar tomonidan qabul
qilingan huquqiy hujjatlar ham hisoblanadi. Xo‘jalik huquqi
manbayi deb, xo‘jalik sub’yektlari o‘rtasida kelib chiqadigan
xo‘jalik faoliyatiga oid munosabatlarni huquqiy tartibga soluvchi
qonunchilik norm
alarining yig‘indisiga aytiladi.
Xo‘jalik huquqi manbalarining turlari bo‘lib Konstitutsiyaga
muvofiq qabul qilingan qonunlar va belgilangan tartibda chiqarilgan
boshqa huquqiy hujjatlar hisoblanadi. Ular O‘zbekistonning shu
kecha-kunduzdagi iqtisodiy taraqqiyotini belgilovchi huquqiy asos
bo‘lib, bozorni tashkil etish, bozor iqtisodiyoti munosabatlarini
rivojlantirish va uni kafolatlashga qaratilgandir. Bozor munosabatlari
qonunlar bilan kafolatlanmas ekan, o‘z-o‘zidan ma’lumki, tovar ishlab
chiqarish ham
, xizmat ko‘rsatish ham ko‘ngildagiday rivojlanmaydi,
buning natijasida undan moddiy manfaatdor bo‘lish ham susayadi,
mulkdorlar sinfi shakllanmaydi. Bu, o‘z navbatida, davlatning iqtisodiy
taraqqiyotiga to‘sqinlik qiladi. Aholining moddiy va maishiy farovonligi
ta’minlanishini qiyinlashtiradi. Shu sababli respublikamizda bozor
iqtisodiyoti munosabatlarini borgan sari rivojlantirib borishga va uning
taraqqiyotini qonun bilan kafolatlashga alohida e’tibor berilyapti.
Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Fu-qarolik kodeksining qabul
qilinishi va amalga kiritilishi bu borada muhim voqea bo‘ldi.
1
Ma’lumki, Fuqarolik kodeksining mulk huquqi, majburiyat
huquqi, mulkning bir shaxs egaligidan ikkinchi shaxs egaligiga
o‘tishiga qaratilgan shartnomalar xususidagi qoidalari bevosita
bozorni tashkil etishga, uni tovarlar va xizmatlar bilan to‘ldirishga,
1
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. — T.: «Adolat». 1996.
—19—
xo‘jalik sub’yektining bozor munosabatlarida erkin ishtirok etishini
ta’minlashga qaratilgan.
Fuqarolik kodeksida belgilangan mahsulot yetkazib berish,
kontraktatsiya, mulk ijarasi, lizing, pudrat, qurilish pudrati, tashish,
kredit, hisob-
kitob va shunga o‘xshash xo‘jalik sub’yektlari
ishtirokida tuziladigan shartnomalarga oid qoidalar bevosita
xo‘jalik huquqiga manba bo‘ladigan qoidalardir.
Xo‘jalik huquqining manbayi bo‘lib, O‘zbekiston Respublika-
sining Havo kodeksi
1
, Xo‘jalik protsessual kodeksi
2
hisoblanadi.
Havo kodeksida aeroportlar, havo transporti orqali yuk va passajir
tashish, korxona, tashkilot, muassasa va fuqarolarga bir martalik
buyurtma asosida shartnomaga muvofiq xizmat ko‘rsatishga doir
qoidalar belgilangan. Xo‘jalik protsessual kodeksi esa bevosita
xo‘jalik sub’yektlari o‘rtasida va tadbirkorlar ishtirokidagi mulkiy
nizolarni xo‘jalik sudlari tomonidan hal qilishda qo‘llaniladi.
Qonunlar Xo‘jalik huquqining manbayi hisoblanadi. Bu
qonunlarning aksariyati bozor munosabatlarini shakllantirishga
xizmat qiladi. Ulardan bir guruhi mulk bilan bog‘liq munosabatlarga
doirdir. Jumladan, bozor iqtisodiyoti munosabatlarini qonuniy
kafolatlashga qaratilgan mulkchilikka oid «Mulkni davlat tasarrufi-dan
chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida», «Ijara to‘g‘risida»,
«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi
3
va
boshqa shunga o‘xshash bir qator qonunlar qabul qilingan.
Qabul qilingan qonunlarning bir guruhi bozor iqtisodiyoti
sharoitida xo‘jalik sub’yektlarining huquqiy holatiga bag‘ishlangan.
Bunga misol sifatida O‘zbekiston Respublikasining «Mas’uliyati
cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»,
«Bank va banklar faoliyati to‘g‘risida», «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘ri-sida»,
«Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida», «Birja va birjalar faoliyati to‘g‘ri-sida»gi
Qonunlar
va boshqa qonunlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Bundan tashqari, bozor iqtisodiyoti munosabatlarini kafo-
latlashga qaratilgan «Tovar bozorlarida faoliyatni cheklash to‘g‘ri-
sida», «Tovar belgilari, tovar kelib chiqish joyi nomi to‘g‘risi-da»,
«Standartlashtirish
to‘g‘risida»,
«Meterologiya
to‘g‘risida»,
«Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash to‘g‘risida», «Xo‘jalik yuri-
1
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 6-
sonli 247-moddasi.
2
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil,
9-sonli 234-moddasi.
3
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil,
5-sonli 140-moddasi.
—20—
tuvchi
sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi
to‘g‘ri-sida»gi Qonunlari bu sohada muhim ahamiyatga ega.
Xo‘jalik huquqi manbalari turlaridan birini O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qarorlar tashkil
etadi. Bunga misol sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining 1995-yil 31-avgus
tidagi «Ayrim korxonalar va mol-
mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ba’zi
masalalari haqida»gi qarorini keltirib o‘tish mumkin. Bu qaror bilan
xususiylashtirilishi mumkin bo‘lmaydigan mulk ob’yektlari sanab
ko‘rsatiladi.
Ayniqsa,
Xo‘jalik huquqining yangi sharoitlarda bozor iqtiso-
diyoti munosabatlari bilan birga rivojlanishida Prezidentimiz
tomonidan qabul qilingan Farmonlar ham muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi
94-moddasida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiya va qonunlarga
asoslanib, ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hudu-
dida majburiy kuchga ega bo‘lgan farmonlar, qarorlar va farmo-
yishlar chiqaradi, deb belgilangan
1
. Bunga 1999-yil 28-iyundagi
«Moliya
xo‘jalik
faoliyatini
amalga
oshirmayotgan
va
qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav
jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibini
soddalashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida», 1999-yil 23-iyuldagi
«Korxonalar
bankrotligi
va
sanatsiya
mexanizmini
takomillashtirish to‘g‘ri-sida», 2000-yil 2-avgustdagi «O‘zbekiston
Respublikasi Mono-poliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish
davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmonlarni misol
qilib ko‘rsatish mumkin.
Xo‘jalik huquqining manbalaridan yana biri O‘zbekiston Respub-
likasi Vazirlar Mahkamasi chiqaradigan normativ hujjatlardir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasida bel-
gilanganidek, Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunlarga muvofiq
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha organlar, korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar
tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar
chiqaradi. Ushbu qarorlarda xo‘jalik huquqi sub’yektlarining huquqiy
holati, ularning mulk huquqi va bozorni tashkil etish, tovar ishlab
chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatlarni tashkil
etish, rivojlantirishning chora-tadbirlari belgilanadi.
O‘zbekiston
1
O
‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. —T.: «O‘zbekiston». 2009-yil. 25-bet
.
—21—
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga misol tariqasida
quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
2000-yil 2-
avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi Monopo-
liyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida», 2000-yil 14-avgustdagi «Ijti-
moiy muhim oziq-ovqat tovarlarini import qilish va sotishni
tartibga solish chora-
tadbirlari to‘g‘risida», 2000-yil 20-avgustdagi
«Litsen-ziyalashni bekor qilish hamda iste’mol tovarlarni olib
kelish va ularni ichki bozorda sotishni takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlar.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va
davlat
qo‘mitalari, agentliklar o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan
huquqiy hujjatlari ham Xo‘jalik huquqi manbasi sifatida ko‘riladi.
Ayniqsa, mahalliy hokimiyat va idora etish organlarining o‘z
hududi doirasida kuchda bo‘ladigan huquqiy hujjatlari ham bu
bor
ada muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 111-moddasida
mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, muassasa,
tashkilotlar o‘rtasidagi, shuningdek, tadbirkorlar o‘rtasidagi
iqtisodiyot sohasida va uni boshqarish jarayonida vujudga
keladigan xo‘jalik nizolarini hal etish Oliy xo‘jalik sudi va xo‘jalik
sudlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi,
deb ko‘rsatilgan. Xo‘jalik sudlarida ko‘rilgan ishlarning to‘g‘ri va
aniq hal etilishi yuzasidan sud amaliyotini umumlashtirib Oliy
xo‘jalik sudi plenumida qarorlar qabul qilinadi. Bunday qarorlar
Xo‘jalik huquqi uchun manba bo‘lmasa-da, qonunlarni xo‘jalik
sudlari tomonidan to‘g‘ri tatbiq etib, xo‘jalik nizolarini tez va to‘g‘ri
hal etishda muhi
m qo‘llanma vazifasini o‘taydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xo‘jalik sohasida normativ
hujjatlarni qabul qilish vakolati berilgan organlarning ko‘pligiga
ishonch hosil qilish mumkin. Bu organlar xo‘jalik sohasida hozirgi
kunda qabul qilinayotgan normativ hujjatlar muayyan tizimiga ega
emas. Shu bilan birga, qabul qilinayotgan normativ hujjatlarda
takrorlanish, biri ikkinchisiga nisbatan zid bo‘lgan qoidalarini ham
uchratish mumkin.
Bu esa bir xil xo‘jalik munosabatini huquqiy tartibga solishda
chalkash
liklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Mazkur muammo-
ning hal etilishi xo‘jalik qonunchiligini yagona tizimga keltirib, uni
kodifikatsiyalashtirish (kodeks yaratish) orqali o‘z yechimini topishi
mumkin. Bu kodeksning qanday nomlanishi masalasi asosiy
m
uammo emas. U «Xo‘jalik kodeksi», «Tijorat kodeksi», «Tadbir-
korlik kodeksi» yoki boshqacha nomlanishi mumkin.
—22—
Xo‘jalik
qonunchiligining
kodifikatsiyalashtirilishi
xo‘jalik
munosabatlarining huquqiy tartibga solinishida alohida aha-
miyatga
ega
bo‘ladi.
Xususan,
xo‘jalik
munosabatlari
sub’yektlariga qonunlardan foydalanishlarida qulaylik yaratadi.
Shu bilan birga, xo‘jalik sudlari xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar
o‘rtasidagi xo‘jalik nizolarini hal qilishlarida ham, qonunlarning bir
yo‘sinda qo‘llanilishiga ham erishiladi.
Xo‘jalik (biznes) huquqi
manbalarining turlari
†
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
†
Kodekslar
†
Qonunlar
†
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul
qilingan qarorlar
†
O‘zbekston Respublikasi Prezidentining farmoni
†
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat
†
qo‘mitalari va agentliklari doirasida qabul qilingan
huquqiy hujjatlar
Nazorat savollari
1.
«Xo‘jalik (biznes) huquqi» fani nimani o‘rgatadi?
2.
Xo‘jalik (biznes) huquqi tamoyillarini sanab bering.
3.
Xo‘jalik (biznes) sohasini tartibga soluvchi qanday qonun-larni
bilasiz?
—23—
Dostları ilə paylaş: |