Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi
kirish qismi, har biri bir necha bo‘limdan iborat ikki bob, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, umumiy hajmi 64 betni tashkil etadi.
7
I BOB. O‘ZBEK KOMPYUTER LINGVISTIKASINING SHAKLLANISHI
1.1 O‘zbek kompyuter lingvistikasiga doir tadqiqotlar tavsifi
Umumiy nazariy tilshunoslik asoschisi hisoblangan tilshunos olim
Vilgelm Fon Gumbolt til va xalq birligini shunday ta’riflagan edi: “Xalq
tilida uning ongi bor, xalq ongida esa uning tili. Ularning o‘zaro
bog‘liqligini bundan ortiq ko‘rsatib bo‘lmaydi”. Ana shunday murakkab
hodisa bo‘lgan aloqa qurolini – tilni murakkab sistema sifatida tadqiq va
tahlil qiluvchi tilshunosik fanida XXI asrga kelib yangidan yangi
yo‘nalishlar, sohalar paydo bo‘la boshladi. Paralingvistika, psixolingvistika,
sotsiolingvistika,
etnolingvistika,
kognitiv
lingvistika,
neyrolingvistika,
kompyuter lingvistikasi kabilar yo‘nalishlar vujudga keldiki, tilshunoslikning
tadqiqot obyektlari yangicha mazmun kasb eta boshladi va amaliyot bilan
bevosita bog‘liqlik kasb etdi.Kompyuter lingvistikasi yangi fan tarog‘i sifatida
1950-yillarda Amerika Qo‘shma Shtatlarida paydo bo‘ldi. Tranzistorning ixtiro
qilinishi, kompyuter yangi avlodlarining paydo bo‘lishi, tillarning ilk
marotaba dasturlanishi mashina tarjimasi bilan bog‘liq tajribalarni boshlab
berdi. Kompyuter lingvistikasiga oid ilk tadqiqotlar, keyinchalik uning muhim
tarmog‘iga aylangan mashina tarjimasi bo‘yicha olib borilgan.1960-yillarda
ana shunday tekshirish Rossiyda o‘tkazilgan (masalan, 1964-yil “Kibernetika
muammolari” to‘plamiga rus tilidan arman tiliga tarjima haqidagi maqola bor).
Kompyuter lingvistikasi hozirgi vaqtda nazariy va amaliy fan sifatida to‘la
shakllanib bormoqda. Uning nazariy fan ekanligi nutqiy jarayonni, matnni
o‘rganishning turli xil model (gipoteza)larini yaratishning nazariy asoslarini ishlab
chiqishida ko‘rinadi. Uning amaliy xususiyati esa tarjima mashinalarini yaratish va
uning ishlash jarayonini tashkil etishi bilan belgilanadi. Buning uchun kompyuter
lingvistikasi fani quyidagi uch usul va metodlardan keng foydalanadi:
a) mantiqiy-matematik
usullar:
masalan,
inkor
amali,
konyunksiya,
dizyunksiya amallari kabilar;
b) nazariy-informatsion usullar;
8
c) ehtimollik-statistik usullari.
Kompyuter lingvistikasining ana shunday nazariy va amaliy asoslarini
belgilashda Daniya olimi L.Elmslev, amerikalik olimlar N.Xomskiy, K.Shenon
kabilarning xizmati kattadir.
Kompyuter lingvistikasining amaliy muammolari XX asrning o‘rtalarida
vujudga keldi. Bu narsa birinchi navbatda mashina tarjimasi (MT) bilan
aloqadordir. 1954-yilda AQSHda IBM – 701 rusumli tarjima qurilmasi yaratildi va
bu qurilma 250 ta so‘zdan iborat 60 ga yaqin ruscha gaplarni ingliz tiliga tarjima
qilish jarayonini amalga oshirdi. Bu ishga P.Gavren, L.Dostert, P.Sheridanlar
ishtirok etdilar.
1955-yilga kelib sobiq Ittifoqda BESM rusumli mashina qurilmasi
yordamida inglizcha gaplarni rus tiliga tarjima qilish jarayoni amalga oshirildi
(I.K.Belskaya, L.N.Korolev, S.N.Razumovskiy kabilar). Shundan keyin jahonning
Angliya, Fransiya, Avstriya kabi ko‘pgina mamlakatlarida olimlar mashina
tarjimasi muammolari bilan maxsus shug‘ullana boshladilar. Natijada tilshunos
olimlar ma’lum bir tilni tipologik jihatdan tasniflash, uning materiallarini analiz va
sintez qilish, mashina tiliga o‘tkazish bilan shug‘ullandilar va muayyan natijalarga
erishdilar.
Bunday muammolarni lingvistiktadqiqotlarni avtomatlashtirish orqali hal
etish mumkin. Bu masalaga doir tilshunoslarning maxsus ilmiy anjumanlari
o‘tkazilgan.Masalan, 1962-yilda Kembridj shahrida jahon tilshunoslarining 1X-
kongressi o‘tkazildi. Bu anjumanda structural tilshunoslik (ST) va ML
muammolarini muhokama qilishga alohida o‘rin ajratilgan edi.
1967-yilda Buxarest shahrida jahon tilshunoslarining X-kongressi o‘tkazilib,
bunda ham kompyuter lingvistikasi va MT muammolari maxsus muhokama
qilindi. 1960-yilda Parij shahrida xalqaro kongress o‘tkazilib, bunda maxsus
algoritmik til – ALGOL joriy etilgan edi. Bu algoritmik til hozirgi kunga qadar
EHMga matnlarni kiritish, ularni dasturlash uchun xizmat qilib kelmoqda.
1996-yil 20-21-mayda Samarqand shahrida sohibqiron Amir Temurning 660
yilligiga bag‘ishlangan “Injenerlik tilshunosligi va til o‘qitish jarayonini
9
kompyuterlashtirish” muammolariga doir 2-xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazildi. Bu
anjumanni akademik R.G.Piotrovskiy “Injenerlik tilshunosligi va mustaqil
davlatlardainformatsion industriyaning tiklanishi” mavzuidagi ma’ruzasi bilan
boshlab berdi. Shuningdek, bu anjumanda “Turkiy tillar mashina fondining dolzarb
masalalari”, “Injenerlik tilshunosligi va lug‘atshunoslik”, “Nutq sistemasi va uning
unsurlarini kompyuter yordamida andozalash” singario‘ttizdan ortiq qiziqarli
ma’ruzalar tinglandi hamda muhokama qilindi. Bu anjuman materiallari
alohidato‘plam shaklida nashr etilgan.
XX asrning 80-yillaridan boshlab tilo‘qitishni avtomatlashtirish va unga
kompyuterni
joriy
etish
muammolariga
qiziqish
kuchaydi.
1988-yilda
R.G.Piotrovskiyning “Chet tilini o‘qitishda kompyuterlashtirish masalalari” nomli
asari nashr etilgan edi
1
. Bu asar “Kirish” va “Xulosa”dan tashqari besh bobni o‘z
ichiga oladi. Asar boblarining nomlanishi quyidagicha: 1. Tabiiy til va uning
didaktik modeli (4-15-betlar); 2. Inson miyasi va kompyuter “miyasi” (15-24-
betlar); 3. Kompyuter yordamida lingvodidaktik masalalarni yechishning
tamoyillari (24-44-betlar); 4.Nutqiy va til materialini tanlash hamda tillarni
o‘qitishni optimizatsiyalash (44-58-betlar), 5. Til o‘rgatuvchi lingvistik avtomat va
tillarni o‘qitishni optimizatsiyalash (58-73-betlar).
Tilshunoslikda EHMningqo‘llanilishi avtomatik tarjima muammolari bilan
shug‘ullanish, mashina yordamida matn tuzish, uni qisqartirish, sintezlash
jarayonini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Natijadamashina til
materiallarini formallashtirish, chastotali lug‘atlar tuzish, turli qisqartmalar va
simvollardan foydalanish, MT algoritmini tuzish bilan shug‘ullanmoqda.
Keyingi yillarda mamlakatimizda kompyuter lingvistikasi muammolariga
oid ayrim ishlar yaratildi. Bu o‘rinda S.Muxamedov va R.G.Piotrovskiy
2
,
1
Dostları ilə paylaş: |