Rizayev S. Kibernetika va tilshunoslik. – Toshkent: O‘zbekiston. 1976; Rizayev S. O‘zbek tilshunosligida
lingvostatistika muammolari. - Toshkent: Fan, 2006 va boshqalar.
11
kompyuterga va uning intellekt darajasini oshirib boruvchi insonga nisbatan
“Inson-kompyuter”, “kompyuter-Inson” birikmalari paydo bo‘ldi. Kompyuter
lingvistikasi bo‘yicha yirik mutaxassis Abdumajid Po‘latov
lingvistika+matematika+kompyuter birligida ishlash lozimligini aytar ekan,
quyidagi ishlarni amalga oshirish zarurligini ta’kidlab o‘tadi:
Tilni (o‘zbek tilini) sistemalash, to‘liq ma’lumotlar bazasini yaratish va
uni dunyo tili (ingliz tili) bilan qiyoslash.
Fanning boshqa sohalariga ham xizmat qiladigan o‘zbek tilining aniq,
qisqa va xalqaro me’yorlarga asoslangan axborot uslubini yaratish.
O‘zbek tili grammatikasining formal va aksiomatik modellarini yaratish.
O‘zbek tilida bajariladigan kompyuter dasturlarini yaratish
Xorijda va Rossiyada kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlarning ko‘lami
keng. O‘zbekistonda esa bu soha rivojlanish bosqichida turibdi. Shunday ekan,
o‘zbekkompyuter lingvistikasi o‘z shakllanish tarixiga ega, uning kelajagi bor.
Barcha davrlar ilm-fan oldiga o‘z talabini qo‘yadi. Fanning asosiy
vazifasi mavjud holatni tanqid qilish, yangi bosqichga ko‘tarish, yangi
yo‘nalishlar ochish, ertangi kun imkoniyatlari va talablariga mos ravishda
rivojlantirishdir
1
. Kompyuter lingvistikasi ham yangi paydo bo‘lgan fan
tarmog‘i sifatida o‘zbek tilshunosligi oldiga qator muhim vazifalarni qo‘yadi:
o‘zbekcha imlo, tezaurus, omonimlar lug‘atining kompyuter dasturlarini
yaratish;
o‘zbek tilini chet tili sifatida o‘rganuvchilar uchun mukammal dasturlar
yaratish;
turli tillardagi matnlarni o‘zbek tiliga imkon boricha sifatli tarjima
qiluvchi kompyuter dasturlarini yaratish;
turli tillardagi matnlarni o‘zbek tiliga imkon boricha sifatli tarjima
qiluvchi kompyuter dasturlarini yaratish;
1
Пўлатов А.Қ.Компьютер лингвистикаси.T., “Akamednashr”. 2011, B-6.
12
matn tahririda orfografik, punktuatsion xatolarni aniqlovchi kompyuter
dasturining o‘zbek tilidagi variantini yaratish;
matn mazmunini yaxshi o‘zlashtirish uchun savol-javob tizimiga
asoslangan dasturlar yaratish;
o‘zbek tilida qolipi nisbatan qat’iy bo‘lgan rasmiy uslub uchun
ma’lumotlar bazasini yaratish;
bilimlarni baholash bilan bog‘liq dasturlar yaratish va boshqalar.
O‘zbek kompyuter lingvistikasida amalga oshirilgan ilk tadqiqot ishlari,
asosan, statistik tahlil yo‘nalishidadir. Bu borada izlanish olib borgan olimlar
sifatida S.Rizayev va S.Muhamedovlarni alohida ko‘rsatish mumkin.
S.Muhamedov o‘zining R.R.Piotrovskiy bilan hamkorlikda yozgan
“Инженерная лингвистика и опыт системно-статического исследования
узбекскихт екстов» nomli kitobida lingvistik modellar, modellashtirish va
ularning umumiy tamoyillari haqida fikr yuritib, o‘zbekcha matnlarning
kvantitativ modellarini keltirgan
6
.Mazkur asarda sun’iy intellekt yaratish va
injener lingvistikasi metodlari bilan o‘zbekcha nutqni avtomatik qayta ishlash
jarayonida foydalanish uchun zarur bo‘lgan o‘zbekcha matnlarning leksik-
morfologik tuzilishi statistik tahlili natijalari keltirilgan.
S.Rizayev “Kibernetika va tilshunoslik” asarida tilshunoslikda aniq
metodlarning qo‘llanilishi va bunda kompyuterdan foydalanish, til va nutq
hodisalariga statistik yondashishning sabablari hamda matnlarni avtomatik qayta
ishlash, mashina tarjimasi muammolari, shuningdek, harflarning qo‘llanish
chastotasini aniqlashda kompyuterning o‘rni borasidagi ma’lumotlar
keltirilgan
7
.
O‘zbek tili materiallari bo‘yicha kompyuter tilshunosligiga oid dastlabki
tadqiqotlarni
olib
borgan
olimlar
H.Arziqulov,
S.Rizayev
va
S.Muhamedovlardir. Ular, asosan, kompyuter lingvistikasining stastistik tahlil,
avtomatik tahrir yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy va amaliy ishlarni amalga
6
Мухаммедов С., Пиотровский Р.Р. Инженерная лингвистика и опқт системно-статического исследования
узбекских текстов. Т., “Fan”, 1986.
7
Ризаев С. Кибернетика ва тилшунослик. Т., 1976, 16-б.
13
oshirishgan.
H.Arziqulovo‘zining«Информатикаипереработкатекстасредствамивычислител
ьнойтехники»nomli monografiyasida kompyuter yordamida katta hajmdagi
matnlarga ishlov berishning avtomatik tizimi asoslarini chuqur tahlil qilgan.
Muhimi, professor H.Arziqulov rahbarligida Samarqand davlat chet tillari
institutida injener tilshunosligi markazi tashkil etilgan. Bu markazda davlat
tilidagi matnlarga kompyuter yordamida qayta ishlov berish masalalari ustida
ilmiy izlanishlar olib borilgan. Bunda matnlarga qayta ishlov beradigan
kompyuter dasturlarini yaratish, o‘zbek tilining barcha sathlariga oid matnlarni
yig‘ish, ularni muayyan bir tizimga keltirish, algoritmlarni tuzish, ularga statistik
jihatdan ishlov berish, inglizcha-o‘zbekcha mashina tarjimasi dasturini yaratish
kabi sohalarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. O‘zbekcha matnlarga qayta
ishlov beruvchi avtomatik tizim “Uzlington”, lotin alifbosidagi matnlarni krill
alifbosiga va krill alifbosidan lotin alifbosiga o‘tkazuvchi “Spellchecker”,
kompyuter ko‘magida korrektura qiladigan, imloviy xatolarni tuzatadigan
kompyuter dasturlarini yaratishga birinchilardan bo‘lib qo‘l urgan
8
.
So‘nggi yillardao‘zbek kompyuter lingvistikasi asta-sekinlik bilan
shakllanmoqda. Ayniqsa, bu sohada A.Po‘latov, N.Jo‘rayevlarning
«Разработкаформальноймоделиграмматикиузбекскогоязыка»,
A.Po‘latov,
B.Alixo‘jayev,N.Jo‘rayevlarning
“Разработкапрограммыкомпьютерногоанализаисинтезаглаголовузбекскогояз
ыка”, Muhamedova S “Harakat fe’llari asosida kompyuter dasturlari uchun
lingvistik ta’min yaratish” (2006), A.Po‘latov, S.Muhamedovalarning
“Kompyuter lingvistikasida avtomatik tahrir qiluvchi dasturning lingvistik
ta’minotini yaratish” nomli maqolasi, A.Po‘latov, S.Muhamedovalarning
“Kompyuter lingvistika” nomli o‘quv qo‘llanmasi (2007), A.Rahimovning
“Kompyuter lingvistikasi asoslari” o‘quv qo‘llanmasi (2011) muhim
ahamiyatga molik.
8
Rahimov A. Kompyuter lingvistikasi asoslari. –T., 2011, 65-bet
14
Bugungi kungacha o‘zbek kompyuter lingvistikasi sohasi doirasida
qilingan ishlarda ko‘proq fanning predmet va vazifalarini aniqlash, kelgusida
amalga oshirilishi kerak bo‘lgan masalalarga nazariy yondashilgan, o‘zbek
tilidagi affikslarning qo‘llanilish ko‘lami (ot turkumidagi affikslar
kombinatsiyasi) statistik tadqiq etilgan, fe’l turkumidagi so‘zlarning (“ishlamoq”
fe’li misolida) maksimal qo‘llanilish hisobi (103 mingta) o‘zbek–ingliz–rus
tillarida berilgan. Endilikda ushbu nazariy ilmiy ishlardan foydalangan holda
quyidagilarni amaliyotga tatbiq qilish kerak:
1. O‘zbek adabiy tilining kompyuterga kiritishga moslashtirilgan
standart grammatikasini yaratish.
2. Me’yoriy masalalarni chuqur tadqiq etish; so‘z qo‘llash me’yori,
kalkalash, uslubiy me’yorlarni va yozma nutq me’yorlarini qat’iy
belgilab, dastur qilib kompyuterga kiritish.
3. Affikslar aranjirovkasi (ketma-ketligini) qat’iylashtirish.
4. Juft, takror, qo‘shma so‘z, iboralarning chet tillarga tarjimasi bilan
birgalikdagi elektron lug‘atini yaratish.
5. Gap bo‘laklarining joylashish tartibining barcha holatlarini, flektiv
tillardagi barcha holatlarini, flektiv tillardagi farqli jihatlari bilan,
dasturga joylashtirishga zamin yaratuvchi ma’lumotlar bazasini
berish.
6. So‘z birikmalarining belgili va belgisiz qo‘llanilish qonuniyatlarini
berish.
7. Gapning barcha xususiy va umumiy me’yorlarini belgilash kabilar
kiradi
9
.
Ushbu dolzarb masalalar ustida kompyuter mutaxassislari bilan
hamkorlikda ilmiy va amaliy izlanishlar olib borilmoqda.
So‘nggi paytlarda insoniyat hayotida yaqqol ko‘zga tashlanadigan
jarayonlardan asosiylari – bu globalizatsiya, integratsiya, standartizatsiya va
9
Абжалова М.А. Ўзбек тилидаги матнларни компьютер воситасида таҳрир қилиш дастурининг
лингвистик таъмини// Магистр илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация// Тошкент-2011, 12-бет.
15
optimizatsiya jarayonlaridir
10
.Tezkor sur’atda rivojlanib borayotgan fan va
texnika davrida inson juda hajmdagi axborot ustida tezkorlik bilan ishlashiga
to‘g‘ri keladi. Bu jarayonni boshqarishda insonning imkoniyatlari (xotira
tezligi) chegaralangan. Axborotni qabul qilish va uning ustida ishlash
samaradorligini oshirishning yagona yo‘li sun’iy intellekt – kompyuterdan
foydalanishdir. Bu o‘z navbatida hamma sohaning kompyuter uslubini
yaratishni talab qiladi.
Til –ijtimoiy hodisa. Tilning ijtimoiyligidan kelib chiqib, fan-texnika
jadal rivojlanayotgan bir paytda rivojlangan davlatlarda milliy tilni
rivojlantirish, optimal ko‘rinishga keltirish, formallashtirish borasida samarali
ishlar qilinmoqda. Jumlada, Socrat, “AABBYY Lingvo” kabi elektron
lug‘atlarning yaratilganini ko‘rsatishimiz mumkin. Bugungi kunda o‘zbek
tilining dunyo miqiyosidagi ahamiyatini oshirish va boshqa dunyo tillari
qatoriga qo‘shish uchun qator lingvistik masalalarni hal etish tilshunoslar
oldidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shunday vazifalardan biri
o‘zbekcha matnlarni kompyuter vositasida tahrir qiluvchi dasturning lingvistik
mezonlarini ishlab chiqishdir. Ishni amalga oshirishda tilshunoslar malakali
dasturchilar bilan hamkorlikda ish olib borishlari kerak. Tilshunos –
ma’lumotlar bazasini yig‘ib beruvchi, lingvistik ta’minotchi, dasturchi esa
ma’lumotlarning qulay ishlash dasturini yaratuvchidir. Shuning uchun tilni
kompyuter yordamida modellashtirish (qoliplash) bir tomondan, informatika va
dasturlash nazariyasi fanlarining o‘rganish sohasi bo‘lsa, ikkinchi tomondan,
tilshunoslik fanining tekshirish obyekti sanaladi.
Dostları ilə paylaş: |