XULOSA……………………………………………………………...64
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………..
66
ILOVA…………………………………………………………………..
TADQIQOT …………………………………………………………….
2
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Har bir tilning shakllanishida shu til vakillarining
tilga uni o`rganish tadqiq qilishga bo‘lgan munosabati muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalqning xalq sifatida o‘zligini namoyon etishida til muhim omil bo‘lib xizmat
qiladi. Shu sababli mamlakatimizda ona tilimizga alohida e’tibor berilmoqda.
Davlatimiz mustaqillikka erishishi arafasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi
berilishi, o‘zbek tilining davlat tili sifatida e’tirof etilishi buning yorqin isbotidir.
Darhaqiqat, til xalq ma’naviyati, madaniyati ko‘zgusidir. Prezidentimiz I.A.
Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida ham bu borada
munosabat bildirilgan: “O‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi,
avlodlar o‘rtasidagi ruhiy, ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki
ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi orqali
singadi. Ona tili – bu millat ruhidir”
1
.
Til – kishilar orasidagi eng muhim aloqa vositasi, tafakkur quroli. Har bir
xalq tilida uning tarixi, xarakteri, badiiy ijodi va tafakkurining o‘ziga xos
xususiyatlari o‘z ifodasini topadi.
O‘zbek tili boy va imkoniyatlari keng. Uning qudratini hazrat Mir Alisher
Navoiy o‘z asarlari orqali butun dunyoga mashhur qilgan. Shunday ekan,
O‘zbekistonda yashayotgan o‘zbek xalqi uchun ona tilini bilish, uning bebaho
boyliklaridan bemalol foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lish, o‘zbek tilini
asrash har bir o‘zbek farzandining vazifasi va burchidir.
Rus tilshunosi V.V.Vinogradov esa: “Og‘zaki va yozma nutqning yuksak
madaniyati, ona tilini yaxshi bilish va his etish, ularning namunali vositalarini
ishlata olish ko‘nikmasi – har bir kishi uchun o‘z ijtimoiy hayotida va ijodiy
faoliyatida eng yaxshi tayanchdir”, - deb yozgan edi.
Ma’lumki, ijtimoiy hayotda yuz beradigan o‘zgarishlar ilm-fanning barcha
yo‘nalishlarida bo‘lganidek, tilshunoslik sohasida ham o‘z ifodasini topadi.
1
Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. – B.60.
3
Tilshunoslikda bir qator yangi sohalar paydo bo‘ldi. Bu jarayon asosan, XX
asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri kelsa-da, o‘zbek tilshunosligida ushbu sohalar
(neyrolingvistika, kompyuter lingvistikasi, psixolingvistika, geografik tilshunoslik
kabi) rivoji mustaqillik davridan so‘ng kirib kela boshladi va bir qancha ilmiy
ishlarning tadqiqot obyektiga aylana boshladi. Shu jumladan, “XXI asr –
kompyuter texnologiyalari asri” ning o‘zbek tilshunosligiga olib kirgan yangiligi
bo‘lmish kompyuter lingvistikasi sohasining rivoji ham.
Kompyuter lingvistikasi fani 1960-yilda AQShda shakllandi. Mazkur fan
XX asrning o`rtalarida paydo bo`lgan matematik lingvistika fani asoslaridan kelib
chiqqan. Tabiiy tillar grammatikasi formal modeli kompyuterda tarjima qilish,
tillarga o`rgatish, bilimlarni diagnostika qilish, matnlarni tahrir etish kabi amaliy
dasturlarni ishlab chiqishga asos bo`lgani holda kompyuter lingvistikasi
yo`nalishiga zamin yaratdi.
1
Kompyuter lingvistikasi fanining asosiy maqsadi
lingvistik masalalarni hal qilishning kompyuter dasturini yaratishdir. Uning asosiy
vazifalariga tillarga o`qitish, bilimlarni tekshirish, matnlarni turli jihatdan
tahrirlash va mashina tarjimasi uchun mo‘ljallangan dasturlarni ishlab chiqish
kabilar kiradi. Kompyuter lingvistikasi bir-biri bilan chambarchas bog`liq bo`lgan
uch yo`nalishni o`z ichiga oladi: 1) linvostatistika; 2) injener lingvistikasi; 3)
algoritmik (dasturlash) lingvistika.
Kompyuter lingvistikasi amaliy tilshunoslikning tarkibiy qismi, matematik
lingvistikaning mantiqiy davomi bo‘lib, u hozirda turli aspektlarda jadal
rivojlanmoqda. Kompyuter lingvistikasi fanining asosiy yo‘nalishlari sifatida
quyidagilarni ajratish mumkin:
a) matn tahriri – kompyuter yordamida muayyan matnning xatolarini
to‘g‘rilash;
b) avtomatik tarjima – berilgan matnni bir tildan boshqa tilga qisqa vaqt ichida
tezkor tarjima qilish tizimi;
c) CALL
(Computer
Assisted
Language Learning) til o‘qitishni
avtomatlashtirish – xorojiy tillarni kompyuter yordamida o‘qitish tizimini
1
Po’latov A., Muhamedova S. Kompyuter lingvistikasi. – Toshkent, 2007. 37-38-bet.
4
ta‘minlovchi amaliy dasturlar hamda bilimlarni avtomatik baholash
mexanizmlari;
d) kompyuter leksikografiyasi (elektron lug`atlar tuzish) – muayyan til
leksikonidagi
so`zlarning
ma`lumotlar
bazasi
va
maxsus
programmalashtirish tillari yordamida ishlash tizimiga ega bo‘lgan dasturlar
(kompyuter lug‘atlari) yaratish bilan shug‘ullanuvchi soha;
e) sun’iy intellekt tizimini yaratish;
f) NLP – tabiiy tilning qayta ishlanishi;
g) gipertekst texnologiyasi;
h) on-line o‘qitish tizimi (virtual sinf va labaratoriyalarda) – kompyuter
lingvodidaktikasi;
i) informatsion qidiruv tizimi.
1
Barcha sohalar uchun rivojlanish, taraqqiy etish o‘ziga xos xususiyat
sanaladi. Jumladan, tilshunoslik sohasi ham bundan mustasno emas.Millat ruhini
o‘zida mujassam etgan til barcha davrlarda jamiyat rivoji bilan yonma-yon yurgan.
Ayniqsa, yosh avlod tarbiyasida ona tili va adabiyotning o‘rni beqiyosdir. “Yangi
avlodni tarbiyalash – xalqni tarbiyalash demakdir”
2
. Ijtimoiy hodisa sifatida
baholanadigan til hamisha boyib, yuksalib boraveradi.
Kompyuter lingvistikasining muammolarini to‘g‘ri belgilash va ularni
ko‘rsata bilish katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Avtomatik tahrir dasturi
kompyuter lingvistikasining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bir qator tillarda
bu dastur yaratib bo‘lingan. O‘zbekcha matnlarni kompyuter vositasida avtomatik
tahrir va qilish soha mutaxassisi oldida turgan vazifadir.
Bu yo‘nalishda qilingan avvalgi ishlar bilan tanishgan holda avtomatik tahrir
va tahlil jarayonining prinsiplarini bayon qilishga va ular asosida mulohazalar
bildirishga harakat qildik.
1
Rahimov A. Kompyuter lingvistikasi asoslari. – Toshkent, 2011. 58-bet
2
Каримов И.А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш – энг олий саодатдир.
–
Т.: “Ўзбекистон”, 2015, 235-бет.
5
O‘zbek tilidagi matnlarni tahrir qilish bugungi kungcha inson mehnati bilan
amalga oshirilib kelinmoqda. Bu matnlarni tahrir qilishga ketadigan vaqtning
oshishiga, iqtisodiy xarajatlarning ortishiga, inson tomonidan qilinadigan
xatoliklarga olib keladi. Avtomatik tahrir dasturining asosiy prinsiplari orqali
kelgusida bu borada qilinadigan amaliy ishlarda qaysi jihatlariga e’tibor qaratilishi
zarurligi keltiriladi. Shuningdek, bugungi kunda jahon kompyuter lingvistikasida
amalga oshirilgan ishlarning salmog‘i, o‘zbek tilshunosligidagi kelgusi
tadqiqotishlarining muhim yo‘nalishlari haqida so‘z boradi.
Dostları ilə paylaş: |