Mashina tarjimasi (avtomatik tarjima)– bir tildagi matnni ikkinchi bir
tilga kompyuter vositasida qisqa vaqt ichida tarjima qilish. Mashina tarjimasi
bo‘yicha birinchi xalqaro konferensiya 1952-yilda Massachusets texnologiya
isttitutida o‘tkazildi. 1954-yilda AQSH dagi Jorjtaun universitetida birinchi
marta avtomatik tarjima tajribadan o‘tkazildi. U GAT tizimi (inglizcha
“Georgetown Automatic Translation” birikmasining qisqartmasi) deb ataldi. Bu
tajribalar IBM-701 kompyuterida o‘tkazildi. Tajriba bazasi algoritmlardan iborat
bo‘lib, 50 000 ta so‘z (50 ta gap)ni rus tilidan ingliz tiliga tarjima qildi.
SYSTRAN avtomatik tarjima tizimi yordamida bir yilda 2,5 mln sahifa
matn ingliz tilidan nemis, fransuz, ispan, yunon, italyan tillariga hamda fransuz
tilidan ingliz, ispan, italyan tillariga tarjima qilinadi. DIANA mashina tarjimasi
tizimi 10 mln ta so‘z bazasiga asoslanib, dunyoning 6 ta yirik tilida
avtomatik tarjimani ta’minlaydi. YEUROTRA tizimi barcha yevropa tillari
bo‘yicha avtomatik tarjimani amalga oshira oladi. SOKRAT sistemasi ham 40
mln ta so‘z xotira kuchiga ega bo‘lib, dunyodagi 40 ta tilda avtomatik
tarjimani amalga oshiradi.
Internet tiziming rivojlanishi natijasida avtomatik tarjima global
tarmoqda ham tashkil etiladi, ya’ni hozirgi kunda online-tarjima tizimi faol
yo‘lga qo‘yilgan
12
.
Dostları ilə paylaş: |