Shakllanishi


XULOSA……………………………………………………………...64



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/36
tarix02.01.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#38771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
komp ling

XULOSA……………………………………………………………...64

 

FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR  RO‘YXATI……………..

66 

ILOVA………………………………………………………………….. 

 

TADQIQOT ……………………………………………………………. 

 

 

 



 

 

 




 

 



KIRISH 

Mavzuning  dolzarbligi.  Har  bir  tilning  shakllanishida  shu  til  vakillarining 

tilga uni o`rganish tadqiq qilishga bo‘lgan munosabati muhim ahamiyat kasb etadi.  

Xalqning  xalq  sifatida  o‘zligini  namoyon  etishida  til  muhim  omil  bo‘lib  xizmat 

qiladi.  Shu  sababli  mamlakatimizda  ona  tilimizga  alohida  e’tibor  berilmoqda. 

Davlatimiz  mustaqillikka  erishishi  arafasida  o‘zbek  tiliga  davlat  tili  maqomi 

berilishi, o‘zbek tilining davlat tili sifatida e’tirof etilishi buning yorqin isbotidir. 

Darhaqiqat,  til  xalq  ma’naviyati,  madaniyati  ko‘zgusidir.  Prezidentimiz  I.A. 

Karimovning  “Yuksak  ma’naviyat  –  yengilmas  kuch”  kitobida  ham  bu  borada 

munosabat  bildirilgan:  “O‘zlikni  anglash,  milliy  ong  va  tafakkurning  ifodasi, 

avlodlar o‘rtasidagi ruhiy, ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki 

ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi orqali 

singadi. Ona tili – bu millat ruhidir”

1



Til  –  kishilar  orasidagi  eng  muhim  aloqa  vositasi,  tafakkur  quroli.  Har  bir 



xalq  tilida  uning  tarixi,  xarakteri,  badiiy  ijodi  va  tafakkurining  o‘ziga  xos 

xususiyatlari o‘z ifodasini topadi.  

O‘zbek  tili  boy  va  imkoniyatlari  keng.  Uning  qudratini  hazrat  Mir  Alisher 

Navoiy  o‘z  asarlari  orqali  butun  dunyoga  mashhur  qilgan.  Shunday  ekan, 

O‘zbekistonda  yashayotgan  o‘zbek  xalqi  uchun  ona  tilini  bilish,  uning  bebaho 

boyliklaridan  bemalol  foydalana  olish  ko‘nikmalariga  ega  bo‘lish,  o‘zbek  tilini 

asrash har bir o‘zbek farzandining vazifasi va burchidir.  

Rus  tilshunosi  V.V.Vinogradov    esa:  “Og‘zaki  va  yozma  nutqning  yuksak 

madaniyati,  ona  tilini  yaxshi  bilish  va  his  etish,  ularning  namunali  vositalarini 

ishlata  olish  ko‘nikmasi  –  har  bir  kishi  uchun  o‘z  ijtimoiy  hayotida  va  ijodiy 

faoliyatida eng yaxshi tayanchdir”, -  deb yozgan edi. 

Ma’lumki, ijtimoiy hayotda  yuz beradigan o‘zgarishlar ilm-fanning barcha 

yo‘nalishlarida bo‘lganidek, tilshunoslik sohasida ham o‘z ifodasini topadi.  

                                                           

1

 Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. – B.60. 




 

 



Tilshunoslikda bir qator yangi sohalar paydo bo‘ldi. Bu jarayon asosan, XX 

asrning  ikkinchi  yarmiga  to‘g‘ri  kelsa-da,  o‘zbek  tilshunosligida  ushbu  sohalar 

(neyrolingvistika, kompyuter  lingvistikasi, psixolingvistika, geografik tilshunoslik 

kabi)  rivoji  mustaqillik  davridan  so‘ng  kirib  kela  boshladi  va  bir  qancha  ilmiy 

ishlarning  tadqiqot  obyektiga  aylana  boshladi.  Shu  jumladan,  “XXI  asr  – 

kompyuter  texnologiyalari  asri”  ning  o‘zbek  tilshunosligiga  olib  kirgan  yangiligi 

bo‘lmish kompyuter lingvistikasi sohasining rivoji ham.  

Kompyuter  lingvistikasi  fani  1960-yilda  AQShda  shakllandi.  Mazkur  fan 

XX asrning o`rtalarida paydo bo`lgan matematik lingvistika fani asoslaridan kelib 

chiqqan.  Tabiiy  tillar  grammatikasi  formal  modeli  kompyuterda  tarjima  qilish, 

tillarga  o`rgatish,  bilimlarni  diagnostika  qilish,  matnlarni  tahrir  etish  kabi  amaliy 

dasturlarni  ishlab  chiqishga  asos  bo`lgani  holda  kompyuter  lingvistikasi 

yo`nalishiga  zamin  yaratdi.

1

  Kompyuter  lingvistikasi  fanining  asosiy  maqsadi 



lingvistik masalalarni hal qilishning kompyuter dasturini yaratishdir. Uning asosiy 

vazifalariga  tillarga  o`qitish,  bilimlarni  tekshirish,  matnlarni  turli  jihatdan 

tahrirlash  va  mashina  tarjimasi  uchun  mo‘ljallangan  dasturlarni  ishlab  chiqish 

kabilar kiradi. Kompyuter lingvistikasi bir-biri bilan chambarchas bog`liq bo`lgan 

uch  yo`nalishni  o`z  ichiga  oladi:  1)  linvostatistika;  2)  injener  lingvistikasi;  3) 

algoritmik (dasturlash) lingvistika. 

 

Kompyuter  lingvistikasi  amaliy  tilshunoslikning  tarkibiy  qismi,  matematik 



lingvistikaning  mantiqiy  davomi  bo‘lib,  u  hozirda  turli  aspektlarda  jadal 

rivojlanmoqda.  Kompyuter  lingvistikasi  fanining  asosiy  yo‘nalishlari  sifatida 

quyidagilarni ajratish mumkin:  

a)  matn  tahriri  –  kompyuter  yordamida  muayyan  matnning  xatolarini 

to‘g‘rilash;  

b)  avtomatik tarjima – berilgan matnni bir tildan boshqa tilga qisqa vaqt ichida 

tezkor tarjima qilish tizimi

c)  CALL 

(Computer 

Assisted 

Language  Learning)  til  o‘qitishni 

avtomatlashtirish  –  xorojiy  tillarni  kompyuter  yordamida  o‘qitish  tizimini 

                                                           

1

 Po’latov A., Muhamedova S. Kompyuter lingvistikasi. – Toshkent, 2007. 37-38-bet. 




 

 



ta‘minlovchi  amaliy  dasturlar  hamda  bilimlarni  avtomatik  baholash 

mexanizmlari; 

d)  kompyuter  leksikografiyasi  (elektron  lug`atlar  tuzish)  –  muayyan  til 

leksikonidagi 

so`zlarning 

ma`lumotlar 

bazasi 

va 


maxsus 

programmalashtirish tillari yordamida ishlash tizimiga ega bo‘lgan dasturlar 

(kompyuter lug‘atlari) yaratish bilan shug‘ullanuvchi soha; 

e)  sun’iy intellekt tizimini yaratish; 

f)  NLP – tabiiy tilning qayta ishlanishi

g)  gipertekst texnologiyasi; 

h)  on-line  o‘qitish  tizimi  (virtual  sinf  va  labaratoriyalarda)  –  kompyuter 

lingvodidaktikasi; 

i)  informatsion qidiruv tizimi.

1

 



Barcha    sohalar    uchun    rivojlanish,    taraqqiy    etish    o‘ziga    xos    xususiyat  

sanaladi.  Jumladan,  tilshunoslik  sohasi  ham  bundan  mustasno  emas.Millat  ruhini 

o‘zida mujassam etgan til barcha davrlarda jamiyat rivoji bilan yonma-yon yurgan. 

Ayniqsa, yosh avlod tarbiyasida ona tili va adabiyotning o‘rni beqiyosdir.  “Yangi 

avlodni  tarbiyalash  –  xalqni  tarbiyalash  demakdir”

2

.  Ijtimoiy    hodisa    sifatida  



baholanadigan  til  hamisha  boyib,  yuksalib  boraveradi.  

Kompyuter  lingvistikasining    muammolarini    to‘g‘ri  belgilash  va  ularni 

ko‘rsata  bilish  katta    imkoniyatlar    eshigini  ochadi.    Avtomatik  tahrir  dasturi 

kompyuter lingvistikasining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib,  bir qator tillarda 

bu dastur yaratib bo‘lingan. O‘zbekcha matnlarni kompyuter vositasida avtomatik 

tahrir va qilish soha mutaxassisi  oldida turgan vazifadir.  

Bu yo‘nalishda qilingan avvalgi ishlar bilan tanishgan holda avtomatik tahrir 

va  tahlil  jarayonining  prinsiplarini  bayon  qilishga  va  ular  asosida  mulohazalar 

bildirishga harakat qildik.  

                                                           

1

 Rahimov A. Kompyuter lingvistikasi asoslari. – Toshkent, 2011. 58-bet 



 

2

Каримов И.А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш – энг олий саодатдир.  



– 

Т.: “Ўзбекистон”, 2015, 235-бет.  




 

 



O‘zbek tilidagi matnlarni tahrir qilish bugungi kungcha inson mehnati bilan 

amalga  oshirilib  kelinmoqda.  Bu  matnlarni  tahrir  qilishga  ketadigan  vaqtning 

oshishiga,  iqtisodiy  xarajatlarning  ortishiga,  inson  tomonidan  qilinadigan 

xatoliklarga    olib  keladi.  Avtomatik  tahrir  dasturining  asosiy  prinsiplari  orqali 

kelgusida bu borada qilinadigan amaliy ishlarda  qaysi jihatlariga e’tibor qaratilishi 

zarurligi  keltiriladi.  Shuningdek,  bugungi  kunda  jahon  kompyuter  lingvistikasida 

amalga  oshirilgan  ishlarning  salmog‘i,  o‘zbek  tilshunosligidagi  kelgusi  

tadqiqotishlarining muhim yo‘nalishlari haqida so‘z boradi.  




Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin