Shakllanishi


Bitiruv  malakaviy  ishining  tuzilishi  va  hajmi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/36
tarix02.01.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#38771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
komp ling

Bitiruv  malakaviy  ishining  tuzilishi  va  hajmi.  Bitiruv  malakaviy  ishi 

kirish qismi, har biri bir necha bo‘limdan iborat ikki bob, xulosa va foydalanilgan 

adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, umumiy hajmi  64 betni tashkil etadi. 

 

 



 

 

 



 


 

 



I BOB. O‘ZBEK KOMPYUTER LINGVISTIKASINING SHAKLLANISHI 

1.1 O‘zbek  kompyuter lingvistikasiga doir tadqiqotlar tavsifi 

Umumiy    nazariy    tilshunoslik    asoschisi    hisoblangan    tilshunos    olim  

Vilgelm  Fon  Gumbolt  til  va  xalq  birligini  shunday  ta’riflagan  edi: “Xalq  

tilida    uning    ongi    bor,    xalq    ongida    esa    uning    tili.  Ularning    o‘zaro  

bog‘liqligini    bundan    ortiq    ko‘rsatib    bo‘lmaydi”.    Ana    shunday    murakkab  

hodisa    bo‘lgan    aloqa    qurolini  –  tilni    murakkab    sistema    sifatida    tadqiq    va  

tahlil    qiluvchi    tilshunosik    fanida    XXI    asrga    kelib    yangidan    yangi  

yo‘nalishlar,    sohalar    paydo    bo‘la    boshladi.  Paralingvistika,  psixolingvistika, 

sotsiolingvistika, 

etnolingvistika, 

kognitiv 

 

lingvistika, 



neyrolingvistika,  

kompyuter  lingvistikasi  kabilar  yo‘nalishlar  vujudga  keldiki,  tilshunoslikning  

tadqiqot    obyektlari   yangicha    mazmun    kasb    eta    boshladi    va    amaliyot    bilan  

bevosita  bog‘liqlik  kasb  etdi.Kompyuter  lingvistikasi  yangi  fan  tarog‘i  sifatida  

1950-yillarda  Amerika  Qo‘shma  Shtatlarida  paydo  bo‘ldi. Tranzistorning  ixtiro  

qilinishi,    kompyuter    yangi    avlodlarining    paydo    bo‘lishi,    tillarning    ilk  

marotaba    dasturlanishi    mashina    tarjimasi    bilan    bog‘liq    tajribalarni    boshlab  

berdi. Kompyuter  lingvistikasiga  oid ilk  tadqiqotlar,  keyinchalik  uning  muhim  

tarmog‘iga    aylangan    mashina    tarjimasi    bo‘yicha    olib    borilgan.1960-yillarda 

ana    shunday    tekshirish    Rossiyda    o‘tkazilgan  (masalan,  1964-yil  “Kibernetika  

muammolari”  to‘plamiga  rus tilidan  arman  tiliga  tarjima  haqidagi  maqola bor). 

Kompyuter  lingvistikasi hozirgi vaqtda nazariy va amaliy fan sifatida to‘la 

shakllanib  bormoqda.  Uning  nazariy  fan  ekanligi  nutqiy  jarayonni,  matnni 

o‘rganishning turli xil model (gipoteza)larini yaratishning nazariy asoslarini ishlab 

chiqishida ko‘rinadi. Uning amaliy xususiyati esa tarjima mashinalarini yaratish va 

uning  ishlash  jarayonini tashkil  etishi bilan belgilanadi. Buning uchun  kompyuter  

lingvistikasi fani quyidagi uch usul va metodlardan keng foydalanadi: 

a)  mantiqiy-matematik 

usullar: 

masalan, 

inkor 

amali, 


konyunksiya, 

dizyunksiya amallari kabilar

b)  nazariy-informatsion usullar; 



 

 



c)  ehtimollik-statistik usullari. 

Kompyuter    lingvistikasining  ana  shunday  nazariy  va  amaliy  asoslarini 

belgilashda  Daniya  olimi  L.Elmslev,  amerikalik  olimlar  N.Xomskiy,  K.Shenon 

kabilarning xizmati kattadir. 

Kompyuter    lingvistikasining  amaliy  muammolari  XX  asrning  o‘rtalarida 

vujudga  keldi.  Bu  narsa  birinchi  navbatda  mashina  tarjimasi  (MT)  bilan 

aloqadordir. 1954-yilda AQSHda IBM – 701 rusumli tarjima qurilmasi yaratildi va 

bu  qurilma  250 ta  so‘zdan iborat 60 ga  yaqin ruscha gaplarni ingliz  tiliga tarjima 

qilish  jarayonini  amalga  oshirdi.  Bu  ishga  P.Gavren,  L.Dostert,  P.Sheridanlar 

ishtirok etdilar. 

1955-yilga  kelib  sobiq  Ittifoqda  BESM  rusumli  mashina  qurilmasi 

yordamida  inglizcha  gaplarni  rus  tiliga  tarjima  qilish  jarayoni  amalga  oshirildi 

(I.K.Belskaya, L.N.Korolev, S.N.Razumovskiy kabilar). Shundan keyin jahonning 

Angliya,  Fransiya,  Avstriya  kabi  ko‘pgina  mamlakatlarida  olimlar  mashina 

tarjimasi  muammolari  bilan  maxsus  shug‘ullana  boshladilar.  Natijada  tilshunos 

olimlar ma’lum bir tilni tipologik jihatdan tasniflash, uning materiallarini analiz  va 

sintez qilish, mashina tiliga o‘tkazish bilan shug‘ullandilar va muayyan natijalarga 

erishdilar. 

Bunday  muammolarni  lingvistiktadqiqotlarni  avtomatlashtirish  orqali  hal 

etish  mumkin.  Bu  masalaga  doir  tilshunoslarning  maxsus  ilmiy  anjumanlari 

o‘tkazilgan.Masalan,  1962-yilda  Kembridj  shahrida  jahon  tilshunoslarining  1X-

kongressi  o‘tkazildi.  Bu  anjumanda    structural    tilshunoslik  (ST)  va  ML 

muammolarini muhokama qilishga alohida o‘rin ajratilgan edi. 

1967-yilda Buxarest shahrida jahon tilshunoslarining X-kongressi o‘tkazilib, 

bunda  ham      kompyuter    lingvistikasi  va  MT  muammolari  maxsus  muhokama   

qilindi.  1960-yilda  Parij  shahrida  xalqaro  kongress  o‘tkazilib,  bunda  maxsus 

algoritmik  til  –  ALGOL  joriy  etilgan  edi.  Bu  algoritmik  til  hozirgi  kunga  qadar 

EHMga matnlarni kiritish, ularni dasturlash uchun xizmat qilib kelmoqda. 

1996-yil 20-21-mayda Samarqand shahrida sohibqiron Amir Temurning 660 

yilligiga  bag‘ishlangan  “Injenerlik  tilshunosligi  va  til  o‘qitish  jarayonini 




 

 



kompyuterlashtirish”  muammolariga  doir  2-xalqaro  ilmiy  anjuman  o‘tkazildi.  Bu 

anjumanni  akademik    R.G.Piotrovskiy  “Injenerlik  tilshunosligi  va  mustaqil 

davlatlardainformatsion      industriyaning  tiklanishi”  mavzuidagi  ma’ruzasi  bilan 

boshlab berdi. Shuningdek, bu anjumanda “Turkiy tillar mashina fondining dolzarb 

masalalari”, “Injenerlik tilshunosligi va lug‘atshunoslik”, “Nutq sistemasi va uning 

unsurlarini  kompyuter  yordamida  andozalash”  singario‘ttizdan    ortiq    qiziqarli 

ma’ruzalar  tinglandi  hamda  muhokama  qilindi.  Bu  anjuman  materiallari 

alohidato‘plam shaklida nashr etilgan.  

XX  asrning  80-yillaridan  boshlab  tilo‘qitishni  avtomatlashtirish  va  unga 

kompyuterni 

joriy 

etish 


muammolariga 

qiziqish 

kuchaydi. 

1988-yilda 

R.G.Piotrovskiyning “Chet tilini o‘qitishda kompyuterlashtirish masalalari” nomli 

asari nashr etilgan edi

1

. Bu asar “Kirish” va “Xulosa”dan tashqari besh bobni  o‘z 



ichiga  oladi.  Asar  boblarining  nomlanishi  quyidagicha:  1.  Tabiiy  til  va  uning 

didaktik  modeli  (4-15-betlar);  2.  Inson  miyasi  va  kompyuter  “miyasi”  (15-24-

betlar);  3.  Kompyuter  yordamida  lingvodidaktik  masalalarni  yechishning 

tamoyillari  (24-44-betlar);  4.Nutqiy  va  til  materialini  tanlash  hamda  tillarni 

o‘qitishni optimizatsiyalash (44-58-betlar), 5. Til o‘rgatuvchi lingvistik avtomat va 

tillarni o‘qitishni optimizatsiyalash (58-73-betlar).  

Tilshunoslikda  EHMningqo‘llanilishi  avtomatik  tarjima  muammolari  bilan 

shug‘ullanish,  mashina  yordamida  matn  tuzish,  uni  qisqartirish,  sintezlash 

jarayonini  amalga  oshirish  uchun  keng  imkoniyatlar  yaratdi.  Natijadamashina  til 

materiallarini  formallashtirish,  chastotali  lug‘atlar  tuzish,  turli  qisqartmalar  va 

simvollardan foydalanish, MT algoritmini tuzish bilan shug‘ullanmoqda.  

Keyingi  yillarda  mamlakatimizda  kompyuter  lingvistikasi    muammolariga 

oid  ayrim  ishlar  yaratildi.  Bu  o‘rinda  S.Muxamedov  va  R.G.Piotrovskiy

2



                                                           

1


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin