Shakllanishi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/36
tarix02.01.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#38771
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
komp ling

Avtomatik    tahrir

 

kompyuter    lingvistikasining    asosiy    yo‘nalishlaridan  

biri    bo‘lib,  u  kompyuterdagi    matn    muharrirlari    (Microsoft    Word,  Exsel, 

Wordpad,  Lexicon)  rivojlanishi    bilan    bog‘liqdir.  Avtomatik    tahrir    deganda, 

kompyuterga    kiritilayotgan  matnning    mexanik    xatolari  avtomatik      tarzda  

to‘g‘rilanishi  va  xato  ekanligi  haqidagi  signallarning  foydalanuvchiga  taklif  

etilishi    nazarda  tutiladi.  Masalan,  Microsoft    Word    dasturi    bilan  

ishlayotganimizda  kiritilgan  matnda so‘zlarning  yozilishi  bilan  bog‘liq  xatolar 

                                                           

12

 Rahimov A. Kompyuter  lingvistikasi  asoslari. –T., 2011, 143-bet. 




 

 

27 



bo‘lsa,    ularning    ostiga    qizil    yoki    yashil      rangdagi    to‘lqinli    chiziqning  

chizilishi; katta  harf  bilan  yozilishi  kerak  bo‘lgan  so‘zlarning  avtomatik  tarzda  

bosh    harfga    o‘tkazilishi,  bandlarning    avtomatik    raqamlashtirilishi;  xatboshini  

to‘g‘irlashi    kabi    mexanik    ishlar    avtomatik    tahrirda    erishilgan    yutuqlar  

hisoblanadi.  

Avtomatik tahrir  yo‘nalishi  XX asr  o‘rtalariga  kelib  rivojlandi. U  matn  

muharrir    dasturlari    bilan    birgalikda    yangicha    imkoniyatlar    bilan  

rivojlanmoqda.  Oddiy  muharrirlardan    farqi    shundaki,  unda    tahrir    avtomatik  

tarzda  qisqa  vaqt  ichida katta  hajmli  matnlar  tez  tekshirilib, xatolarni  samarali 

to‘g‘rilash    kabi    imkoniyatlari    bo‘ladi.  Avtomatik    tahrirning    pragmatik 

ahamiyati    shundaki,  u    kelajakda    taraqqiy    etsa,  yetarli    ma’lumotlar    bazasi  

yaratilsa    va    maxsus    dasturlar    ishlab  chiqilsa,  muharrir    kasbi    uchun    ehtiyoj  

qolmaydi. Bu  esa  matn  bilan  ishlashni  osonlashtiradi 

13

.  



Avtomatik    tahrirlash    yo‘nalishida    ham  bugungi    kunda    barcha  

kompyuterlarda  mavjud    bo‘lgan  avtomatik    tahrir    qiluvchi    dasturlar    ishlab 

chiqilgan    bo‘lib,  ular      ruscha,  inglizcha,  nemischa,  fransuzcha,  italyancha  

matnlarni    tahrirlaydi.  Bunday    tahrirlash    dasturlari    asosan,  imloni  tekshirishga  

mo‘ljallangan.  Ushbu    yo‘nalishda    R.G.Kotov,  V.G.Britvin,  I.A.Melchuk, 

A.B.Kuznetsov, 

L.I.Belyayeva, 

V.A.Chijakovskiy, 

G.G.Belogonov, 

I.S.Duganovlar  samarali  tadqiqot  olib  borganlar.  

Ushbu    olimlarning    asosiy    xizmati    shundaki,  ular    avtomatik    tahrir  

qiluvchi    dasturlar    uchun    mutaxassislarga    asosiy    lingvistik  ta’min    yaratib  

berishgan.  Buning      natijasida    kompyuterdagi    ruscha    matnlarni    tahrirlovchi  

dasturlar    ishlab    chiqilgan.  Bunday    dasturlar    bugungi    kunda    barcha 

kompyuterlarda  mavjud.  

Lingvistik    tahrirlash  (korrektura)  –  turli    ko‘rinishdagi    (ilmiy,  badiiy, 

publisistik  va rasmiy  uslublardagi)  matnlarning  orfografik, grammatik, stilistik 

hamda    mantiqiy    qurilishdagi    xatolarni    to‘g‘rilash    demakdir.  Matnlarni  

tahrirlashikki usulda  amalga  oshiriladi: 

                                                           

13

 Rahimov A. Kompyuter  lingvistikasi  asoslari. – T., 2011. 98-bet.  




 

 

28 



1.  Inson  tomonidan  matnlarning  tahrirlanishi (muharrirlik  ishi). 

2.  Kompyuter  vositasida  tahrirlash (avtomatik tahrir). 

Shuni  ta’kidlash  lozimki, har  ikki  holatda  ham  mutaxassisning  faoliyati  

(qobiliyat,  temperament,  xarakter,  irodaviy    sifatlar,  ijtimoiy    holati)    muhim  

ahamiyatga  ega. Muharrir  matnlarni  bevosita  tahrir  qiladi, avtomatik  tahrirda  

esa    tilshunos    bilvosita    qatnashadi,  ya’ni  tahrirlash    dasturining    lingvistik  

bazasini yaratib  beradi.  

Ma’lumki,  kompyuter    yaratilmasdanavval   matnlar    yozuv  mashinkalarida 

terilgan,  bu    jarayonda    orfografik,  punktuatsion,  stilistik  va    grammatik  

xatoliklarga  yo‘l  qo‘yilsa, matnni  boshidan  oxirigacha  qayta  yozib  chiqishga  

to‘g‘ri  kelgan, bu  esa  foydalanuvchiga  noqulaylik  tug‘dirgan. Bugungi  kunga  

kelib,  kompyuter    orqali    matnning    tahrir    qilinishi    bir    necha    qulayliklarni  

yaratdi. Unda  foydalanuvchi  dialogli  rejimda  ishlaydi  va  o‘z  o‘rnida  xatolarni  

to‘g‘rilash  imkoniyatiga  ega  bo‘ladi. Hatto  matn  bilan  ishlash  jarayonida  uni  

shakl  jihatdan  ham  tahrirlash  imkoniyatiga  bo‘ladi. Shuni  ta’kidlash  kerakki, 

avtomatik    tahrirlash  tizimi    faqat    matn    muharrirlari    dasturlari    bazasiga  

qo‘shilgan tillarda  amal  qiladi, masalan, rus, ingliz, fransuz, nemis  va  boshqa  

tillarida. Bazada  lingvistik  ta’minoti  mavjud  bo‘lmagan  tilda   matn  kiritilsa, 

dastur    uni    avto-lingvistik  tahrirlay    olmaydi,  aslicha    yozilgan    internatsional  

so‘zlar  esa  bundan  mustasno. Masalan, kompyuter, internet, klaviatura, modem, 

telefon, faks kabi. Avtomatik  tahrirlash  jarayonida  MS Word lug‘atida  mavjud  

bo‘lmagan  so‘z  uchrasa, uning  ostiga  to‘lqinli  qizil  chiziq  chiziladi. Mazkur  

holatda    insonning  –  foydalanuvchining    ishtiroki    zarur,  ya’ni    foydalanuvchini  

so‘zning  imlosi  to‘g‘ri  ekanligiga  amin  bo‘lsa, uning  avtotahrirda  to‘g‘ri  deb  

tekshirilishi  uchun  MS WORD  lug‘atiga  “lug‘at  kiritish” (kontekst  menyudagi  

«добавитьвсловарь»buyrug‘i  orqali  mumkin. 

Avtomatik tahrirlash tizimi juda ko‘p amaliy vazifalarni o‘z ichiga oladi. Bu 

vazifalarning eng asosiylari quyidagilar: 

  orfografiyani tekshirish; 



  grammatika va stilistikani tekshirish




 

 

29 



  kontekstli qidiruv; 

  formatlash; 



  avtomatik  referatlash  –  matndagi  kalit  so‘zlar  asosida  uning  umumiy 

mundarijasini yaratish; 

  matn  ichiga  jadval,  rasm,  turli  figuralar,  klip-artlar,  grafik  sxemalar, 



diagrammalar qo‘shish, giperhavolalar bilan ta’minlash; 

  matndagi  abzaslar,  belgilar,  so‘zlarning  miqdorini  aniqlash  (statistikasini 



ko‘rsatish); 

  tezaurus  xizmati  –  matndagi  muayyan  so‘zning  sinonimik  variantlarini 



aniqlash; 

  transliteratsiyalash  – bir alifbodan boshqa alifboga o‘tkazish (masalan, krill 



alifbosidan lotin alifbosidagi harfga almashtirish). 

Avtomatik tahrirda uch tarkibli asosiy vazifa e’tiborga olinishi lozim: 

1.  Orfografiyani  tekshirish  –  bu  vazifa  morfologik  tahlil  yordamida  amalga 

oshiriladi, bunda etalon lug‘atdagi baza asosida tekshiriladi. 

2.  Sintaksisni  tekshirish  orfografiyani  tekshirishdan  ko‘ra  murakkabroq.  Chunki 

orfografiyani  tekshiruvchi  dasturlar  yaratilgan,  lekin  norasmiy  matnlarning 

sintaktik jihatdan avtomatik tahriri masalasi haligacha hal etilgani yo‘q. Rasmiy 

matnlarning avtomatik tahriri bo‘yicha muhim natijalarga erishilgan. 

3.  Semantik  tahrirlash  inson  tafakkurini  modellashtirishga  asoslangan  sun’iy 

intellekt  tizimi  bilan  bog‘liq  ravishda  o‘rganilmoqda.  Bunda  mazkur  ko‘p 

aspektli  muammoni  semantik  maydon,  freym  yondashuv,  tezauruslar  tizimini 

boyitish,  so‘z  va  so‘z  birikmalari  o‘rtasidagi  paradigmatik  munosabatlar 

(sinonimiya,  gipo-giperonimik-tur-jins  munosabati)ni  modellashtirishga  tatbiq 

etish asosida hal etish mumkin. Chunki inson bunday assotsiativ munosabatlarni 

o‘z  intellektiga  tayanib  o‘rnata  oladi,  biroq  bu  jarayon  kompyuter  uchun 

murakkabdir. 

MC Word dasturida orfografiyani tekshirish imkoniyati cheklanganligi bois 

hozirgi  kunda  maxsus  Spell  Cheker  dasturlar  yaratilmoqda.  Bunday  dasturlar 




 

 

30 



sirasiga  quyidagilarni  kiritish  mumkin:  SpellLink  Multilingual  Pro  (ingliz.  ispan, 

italyan,  nemis,  fransuz,  portugal,  ukrain  tillaridagi  so‘zlarning  to‘g‘ri  yozilishini 

tekshiradi.  _  SpellLink  -Enlis’h,  SpellLink  French,  SpellLink  Italian.  SpellLink 

Spanish. Ruta 1.0 rus va ukrain tillaridagi so‘zlarning imlosini tekshirishga yordam 

beradi),  Asutyp.  Spellex,  Spell  atche  kabi.  Mazkur  dasturlar  Word    dasturiga 

qo‘shimcha  tarzda o‘rnatiladi.  

Matn  kiritish  davomida  so‘z   yokiso‘zlar  birikmasi  ostiga yashil  to‘lqinli  

chiziq  chiziladi, bu  tinish  belgining  noto‘g‘ri  qo‘llanishi   yoxud  so‘zlarning  

grammatik    noto‘g‘ri    bog‘lanishi    bilan    bog‘liq.  Bunday    holda    foydalanuvchi  

xatoni    o‘zi    to‘g‘rilab    qo‘yishi    kerak    yoki    ostiga    chizilgan    so‘zda  

sichqonchaning  o‘ng  tomoni  bosilsa,  kontekst  menyu  ochiladi, unda  so‘zning  

to‘g‘ri    varianti    taklif    etiladi      yoki    to‘g‘rilash    uchun    lingvistik    ko‘rsatma  

beriladi, so‘ng  xatoni  to‘g‘rilash  kerak  bo‘ladi.  


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin