bo‘lgan yo‘nalish hisoblanadi. Xorijiy va rus tilshunosligi bu borada ancha
ilgarilab ketgan. Rus tilshunosligida funksional uslublarning barcha sathlari
statistik metodda ishlab chiqilgan. Turk tilshunosligida esa ilmiy, badiiy va
publisistik uslublarni kompyuter yordamida chastotali, alfavit-chastotali va
O‘zbek tilshunosligida matnni statistik tahlil qilish bilan ilk bora
V.V.Reshetov shug‘ullanib, o‘zbek matbuotidagi so‘zlarni kelib chiqish
(o‘zbekcha, arabcha, forscha, ruscha) va so‘z turkumlarining chastotasini tadqiq
Решетов В.В. Лексический состав современной узбекской прессы.// Проблема языка, Вып.№1б Т., 1934,
Боровков А.К. Изменения в области узбекской лексики и новый алфавит (на основе русской
31
publisistik va badiiy uslublarda farqlovchi asosiy mezonlarini E. Xo‘janiyozov
statistik metodda o‘rganib chiqdi.
B.Bafoyev Alisher Navoiy asarlari leksikasini leksik-semantik, statistik
va mavzuiy uslublardan foydalanib, shoirning yigirma to‘rt asaridan jami
26035 so‘z shakllarini tahlilladi.
Bobojonov F.K. o‘zbek jadid dramalarining til xususiyatlarini o‘rganish
jarayonida M.Behbudiyning “Padarkush” dramasida lug‘aviy birliklarning
qo‘llanilishi bo‘yicha statistik tahlil (2176 so‘zdan, 822 ta lug‘aviy va
frazeologik birlik, 1314 grammatik shakllar) o‘tkazgan.
M.M.Yoqubbekovaning o‘zbek xalq qo‘shiqlarining lingvopoetik
xususiyatlariga bag‘ishlangan ilmiy ishida badiiy tasvir vositalari- o‘xshatish,
metafora va sifatlash kabi ko‘chimlarning qo‘llanish faolligini har yuz bandni
bir nisbatda hisoblab, xalq qo‘shiqlarida ko‘chimlarning boshqa tasvir
vositalaridan ko‘ra ko‘proq qo‘llanilganini aniqlagan va ularning lingvopoetik
tahlilini keltirgan.
I.Xudoynazarov o‘z tadqiqotida Ergash Jumanbulbul dostonlarida
antroponimlarning semantik-uslubiy xususiyatlari xususida fikr yuritib, Ergash
Jumanbulbul shoirning nashr etilgan dostonlarida 304 ta antroponimlar
mavjudligini aniqlagan va ma’noviy munosabatlarini yoritib bergan.
Shuningdek, Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat ko‘rsatayotgan
“Injener tilshunosligi” markazining ilmiy xodimlari o‘zbek tilidagi matnlarga
qayta ishlov beradigan kompyuter dasturini yaratish, funksional uslublarga oid
matnlarni yig‘ish, statistik ishlov berish va inglizcha-o‘zbekcha mashina
tarjimasini yaratish sohasida bir qator ishlarni amalga oshirganlar.
Umuman olganda, fan taraqqiyotining hozirgi darajasi lisoniy
hodisalarning nazariy va amaliy muammolarini matematik metodlar
yordamida aniq hal etishni talab qiladi. Injener tilshunosligi tilning barcha
sathlarida aniq dalillar bilan chuqur o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: