Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/112
tarix02.01.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#38948
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   112
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She'rlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
57
Qanchalik iroda, qancha kuch kerak
Noravo Vatanni sevmoqlik uchun. 
Qanchalik iroda, qancha kuch kerak, 
Noraso elga so‘z demoqlik uchun. 
Bularning baridan bo‘lmoq-chun xalos, 
Ikki gaz arg‘amchi yetgaydir, xolos. 
1988 
TARAQQIYOT 
Ovchilar maqtangan qadim zamonda 
Bo‘za va nosvoyning kayfini surib: 
- Falon yil, falon payt, falon dov 
Eng katta olqorni olganman urib. 
Eng yuksak cho‘qqini zabt etgan sayyoh 
G‘urur bilan degan o‘lganga qadar: 
- Aziz nabiralar, siz bilmaysiz, oh, 
Men o‘sha cho‘qqida quchganman zafar. 
Me’morlar ham yashar asrma-asr, 
Ularning faxri ham shundan iborat: 
- Men bunyod etganman eng yuksak qasr 
Mening ijodimdir eng zo‘r imorat. 
Taraqqiyot ekan, zamonlar kelib
Orzu bosib ketdi butun olamni. 
Hozir maqtanishar: - Qo‘yingiz biling 
Men badnom qilganman eng zo‘r Odamni. 
1989 
BEGONALIK 
Yoy o‘qi kamondan qochadi yiroq. 
Tog‘lardan qochadi daryo va buloq. 
Bulutlar bag‘ridan qochadi yomg‘ir, 
Sukunatdan qochib shamollar sang‘ir. 
Nafis chechaklarning xushbo‘y atri ham 
G’unchalar qo‘ynidan qochar damodam. 
Har to‘lqin bo‘shliqqa quchog‘in ochar, 
Vahshiy qoyalarga bosh urib qochar. 
Burgut panjasini yerdan uzgan on
Tovushqon qochadi butazor tomon. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
58
Ogoh bo‘lsang agar olam siridan 
Dunyolar ham qochar biri-biridan. 
Shu taxlit yashaydi buyuk koinot
Manzilin topolmas idroksiz hayot. 
Yiroq yiroq tushsa insondan inson, 
Bu holning sharhiga ne deysan, ey jon! 
Ona farzandiga quchog‘in ochsa, 
Farzand-chi, onadan ming farsah qochsa. 
Qochsa bir-biridan o‘g‘il ham padar
Yodini unutgan telbalar qadar. 
Qovushmasa insof, ezgulik, sabot, 
Men buning sababin bilmasman, hayhot. 
Tafakkur basharga garchi yalovdir, 
Nechuk odam qavmi odamga yovdir. 
Javob berar bunga na yer, na osmon, 
Na Budda, Na Zardo‘sht, na Injil, Qur’on. 
Endi bandalarga o‘zing qil shafqat
Ey oliy joziba - Sirli Muhabbat! 
1989 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin