Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/112
tarix02.01.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#38948
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   112
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She'rlar

GO’ZALLIKNI YO’QLASH 
Yuzlaringda ajin, sochlaringda oq, 
Yelkangdan yuk bo‘lib bosibdi yillar. 
Quralay ko‘zlarda tubsiz bir charchoq
Bekor gap, kim desa: yoshdir ko‘ngillar. 
Bir vaqtlar nomingni eshitgan zahot 
Yonardik o‘t ketgan kabi to‘qayga. 
O, hissiz tabiat, shafqatsiz hayot, 
Shunday go‘zallikni bekitding qayga? 
1988 
TASKIN 
Atir hidi bilan borma mozorga
Bormagin u tomon kiyinib bashang. 
Alam qilar yotgan har bir xoksorga, 
Ularning xo‘rligi oshadi, bilsang. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
55
Axir ko‘ngillari ularning yarim, 
Axir, aslo o‘lmas hayot degan o‘y. 
Degil:. Havas qilmang, birodarlarim 
Bir kun yoningizga kelurman, deb qo‘y. 
1988 
BU YO’LLAR 
Bu yo‘llar xayoldek bilmas intiho, 
Shoshilar o‘zining manzilotiga. 
Bu yo‘llar eltadi na Makka, na yo 
Birlashgan Millatlar Tashkilotiga. 
Bu yo‘llar dunyoni tinmay aylanib
Intilar sirli bir ko‘ngil qulfiga. 
Axiyri tasmadek qolar boylanib 
Seningdek go‘zalning qora zulfiga. 
1988 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin