va barcha fuqarolarga majburiy bo'lgan buyruq va me'yoriy hujjatlarni
chiqaruvchi, uni qabul qiluvchi oliy mansabdor shaxs ekanligi bilan farq qilgan.
Interdiktlar pretorlar tomonidan buyruq xarakteriga ega bo'lgan qadimdan qabul
qilinib kelingan hujjatlardir. Shuning uchun interdiktlar, shartsiz va
bajarilishi
qat'iy bo'lgan, garovga olish va jarimali jazolarni qo'llash bilan boshqa
harakatlardan, jarayonlardan ajralib turgan.
Interdiktlarning vujudga kelishligi davlatni idora
etish organlari
tomonidan tartibga solinadigan ma'muriy munosabatlarning sud ishlariga
aylanib ketishligi uchun asos bo'lib xizmat qilgan.
Interdiktlarning asosiy maqsadi huquqi buzilgan shaxslarning huquqlarini
buzilmasdan oldin bo'lgan dastlabki holatiga majburiy ravishda tiklashdir.
Ashyo egasining manfaatlarini himoya qilish mulk egasining huquqlarini
himoya qilish uchun xizmat qiluvchi da'volar
yordami bilan emas, balki
pretorlik interdiktlari bilan amalga oshirilgan. Ular
mulk huquqi egaligining
buzilishligini, yoki boshqa tajovuzlarning amalga oshirishligining oldini olishni
samarali yo'li sifatida huquqiy munosabatlarda qatnashuvchilarning huquqlarini
tez orada himoya qilishlik usulidir.
Interdiktlar oddiy va
ikki tomonlama, ma'lum harakatlarni ta'qiqlovchi
yoki ularni qaytadan tashkil etuvchi, biror shaxsni, hujjatni ko'rsatishlikni talab
etuvchi turlarga bo'lingan.
Interdiktning mohiyati shundan iborat bo'lganki, huquqiy munosabatlarda
qatnashuvchi qarshi tomon hatto nizolar haqida bahslashmasdan ham pretor yoki
magistrat interdiktiga so'zsiz bo'ysungan.
Rim quldorlik davlatining sinfiy davrida
interdiktlarning mohiyati
shundan iborat bo'lganki, kelib chiqadigan nizolarni sudsiz, tez orada ma'muriy
asosda ko'rib chiqishlik va
himoya qilishlik uchun, ayniqsa, quldorlarning
manfaatlarini himoya qilishlik uchun eng qulay va
oddiy shakldagi
harakatlardan biri bo'lib qolgan. Albatta, ular da'volarga o'xshash yuridik
holatlarni keltirib chiqarmagan bo'lsa ham, o'zining soddaligi, osonligi,
qo'llanishining qulayligi bilan ajralib turgan, chunki u ashyo egasining o'z
ashyosiga egalik qilish titulini isbotlashning murakkab tartibiga murojaat qilish
zaruriyatidan ozod qilgan.
Dostları ilə paylaş: