Eramizning III asri boshlariga kelib respublikaning demokratik belgilarini
ko'rsatish maqsadida, shuningdek imperator hokimiyati sudyalarga ishonmay
qo'yganligi sababli, huquqbuzuvchilar bilan o'zlari yoki o'zlarining amaldorlari
orqali (extra ordinem-ekstra ordinem) kurashadigan bo'ldi.
Ekstraordinar jarayonlarni imperator amaldorlari amalga oshirardi.
Imperator shaxsan o'zi har qanday ishni o'zi ko'rish yoki o'z
amaldorlaridan
biriga topshirishi mumkin edi. Ayniqsa, bu jarayonda magistratning o'rni
beqiyos bo'lgan. U ishni boshidan oxirigacha, ya'ni ishni sudga o'tkazmasdan
ham hal qilgan.
Javobgarni sudga olib kelishlik davlat organlari orqali amalga oshirilgan.
Bunday jarayonlarni imperatordan tashqari shahar polisiyasi boshlig'i, magistrat,
provinsiya hokimi va munisipal magistrati tomonidan amalga oshirilgan.
Taraflardan da'vogar sud
jarayoniga kelmasa, ish yopilgan yoki aksincha
javobgar kelmagan taqdirda uni ishtirokisiz ko'rilgan. Taraflardan faqat
javobgargina sudga otvod berish huquqiga ega bo'lgan. Jarayonda
ishtirok
etuvchi taraflar va advokatlar qasam ichishgan. Yozma
hujjatlar va guvohlarning
ko'rsatmalari dalillar yoki isbot bo'lib hisoblangan.
Sud qarorlari mazmunan turlicha bo'lib, pul qiymatini to'lash, ashyoni,
mulkni qaytarib berish yoki biror-bir harakatni amalga oshirishni yuklagan.
Sudya jabrlanuvchi talabini kamaytirishi mumkin edi. Agar
sudya ishda
noaniqlik bor
degan xulosaga kelsa, ishni yuqori instansiyaga
berishi mumkin
edi.
Sud qarori da'vogarning talabiga ko'ra davlat tashkilotlari tomonidan ijro
qilingan. Qaytarilib berilishi lozim bo'lgan mulk bo'lsa, u holda
ikki oy
mobaynida
mulk qaytarilishi lozim edi, aks holda majburiy olib berilgan.
Belgilangan qiymatdagi pulni qaytarmasa, javobgarning mulki ro'yxatga olinib,
qismlarga bo'lib sotilgan, mol-mulki bo'lmasa javobgar qamab qo'yilgan.
Sudning qarori ustidan shikoyat qilinishi mumkin bo'lgan, u yozma yoki og'zaki
tarzda qaror o'qib eshittirilgandan keyin o'n kun ichida shikoyat yoki ariza
keltirilishi tarzida bo'lgan. Shikoyat ishni ko'rib chiqqan sudyaga berilgan va
imperatorga yo'llangan va bu ish imperator Kengashida ko'rib chiqilgan, uning
xulosasi qat'iy bo'lib hisoblangan.
Dostları ilə paylaş: