manfaatdor bo'lgan shaxslar tomonidan o'z foydalariga favqulodda
holatlardagina qo'llanilishi lozim bo'lgan. Harakatlar o'zini-o'zi tomonidan
himoya qilish birdaniga tortib olingan mulkni egasiga qaytarilishidek, tez orada
bajariladigan munosabatlardan iborat deb anglangan, lekin bu yerda o'zini-o'zi
himoya qilishlik va buzilgan huquqni dastlabki buzilmagan holatiga
keltirilishlikka ko'proq tushunilgan. Bu munosabatlar
buzilgan huquqni tiklash,
uning boshqa sodir etilmasligini ta'minlash va sodir etilgan holatlarni yo'qqa
chiqarish, sodir etilishi mumkin bo'lgan harakatlarning oldini olishlik hamda
qarshi turishlik masalalaridan iborat bo'lgan.
O'zini-o'zi boshqarish instituti deganda jismoniy kuchiga yoki ma'naviy
aqliga tayangan holda huquqbuzarlikni to'xtatishga tushunilgan.
O'zini-o'zi himoya qilishning majburlab, kuch ishlatish orqali ifoda
etilishi
ruxsatsiz noqonuniy asosda harakatlarning vujudga kelishligi natijasida paydo
bo'lgan.
Huquq buzilgan taqdirda uni tiklash uchun kuch ishlatish,
o'zboshimchalik asosida buzilgan huquqni tiklash Rim davlatida asosan 389-
yillardan boshlab man etilgan.
Qarzdor kreditordan qochmoqchi bo'lsa, kreditor
uni orqasidan quvib
kuch bilan qarzini to'lashga majbur qilgan, hatto to'lamagan taqdirda, qarzdorga
ilgarigi qo'llanilgan javobgarlikni qo'llash lozim bo'lgan. Agar
zudlik bilan
tegishli chora ko'rilmasa, oqibatida ma'lum zarar yetkaziladigan bo'lsa yoki
o'zboshimchalikning bu ko'rinishi ko'p noqulay bo'lgan holatlarni keltirib
chiqarardi.
Ayniqsa, imperator Mark Avreliy qonunlariga asosan «kreditor o'zining
huquqiy talabini qondirish uchun qarzdorning mulkini tortib olishni, ya'ni
o'zining buzilgan huquqini o'zboshimchalik asosida tiklashni afzal ko'rgan
bo'lsa, u mulkni qayta talab qilib olish huquqini to'liq asosida yo'qotgan».
Kreditor, eng avvalo, qarzdor tomonidan to'lanishi yoki qaytarilishi lozim
bo'lgan mulkni, ashyoni aniqlab sudga murojaat qilishi lozim bo'lgan. Demak,
o'zboshimchalik asosida boshqa shaxslarning mulkini egallab olishlikka yoki
talab qilib olish huquqiga yo'l qo'yilmagan.
Shunday qilib, huquqni himoya qilish o'zini-o'zi himoya qilish instituti
orqali davlat va uning organlari tomonidan himoya
qilish munosabatlariga
aylandi.
Dostları ilə paylaş: