sinalayotganligini biladigan sinaluvchi (garchi odatda, sinalayotgan kishi
eksperimentning mohiyati nimadan iboratligini, konkret nimani va nima maqsadda
tadqiq qilinganayotganligini bilmasa ham) kishining munosabati bilan ham
belgilanadi. Laboratoriya eksperimenti yordamida diqqatning xossalarini, idrok,
xotira va boshqalarning o`ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilingan mumkin.
Biografiya (tarjimai hol) metodi inson psixikasidagi ayrim o`zgarishlarni
to`liqroq o`rganish maqsadida qo`llaniladi. Bunda avtobiografik ma’lumotlar,
xarakteristikalar, xatlar (boshqa shaxs bilan yozishmalar), esdaliklar, kundaliklar,
badiiy asardagi tavsiflar, baholar, magnitofon yozuvlari, fotolavhalar, hujjatli
filmlar, taqrizlar o`rganilayotgan shaxsni to`laroq tasavvur etishga xizmat qiladi.
Biografik ma’lumotlar odamlarning o`zini o`zi tarbiyalash, nazorat qilingan, idora
etish, o`zining uslubini yaratish, kamolot cho`qqisiga erishish jarayonida namuna
vazifasini o`taydi.
Biografik ma’lumotlarda shaxsning havasi-qiziqishi, qobiliyati, orzu – o`ylari,
uning shaxs sifatida shakllanishidagi yetakchi faktorlar bayon qilingan bo`ladiki,
bular uning shaxsiyati va individuallligini bilishga imkon beradi.
Eksperi
ment
Laboratoriya
tajribasi
Tabiiy
tajriba
Maxsus
asboblarda
Maxsus xonada
Maxsus sharoitda
Tekshiruvchi
tekshiriluvchi
o`rtasidagi
maqsadga
qaratilgan muloqot
Makarenko
jamoaning
shakllani
Shini
O`rgangan
Anketa metodi. Shaxsga xos bo`lgan individual sifatlar-qiziqish, qobiliyat,
talant. Xarakter kabilar anketa yordamida ham o`rganiladi. Bunda o`rganuvchi
o`rganilishi lozim bo`lgan individual sifatga oid bir qancha savollar tuzadi. Bu
o`rganiluvchiga yetkaziladi va uning bu savollarga javob qaytarish muddatini
belgilaydi. O`rganiluvchining belgilangan muddatda qaytargan javoblarini tahlil
qilib, ma’lum xulosalarga keladi. Anketa metodining afzalligi shundaki, u individual
va guruhda o`tkazilishi mumkin. Anketa odatda uch xil tuziladi. Birinchi xili
anglashilgan motivlarni aniqlashga mo`ljallangan savollardan tuziladi. Ikkinchi
xilida har bir savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchi xili
anketada sinaluvchiga yozilgan to`g`ri javoblarni ballar bilan baholash tavsiya
etiladi.
Dostları ilə paylaş: