B.G. Ananьev bo’yicha tadqiqot metodlari 4 guruhga bo’linadi:
I. Tashkiliy metodlar: taqqoslash, longityud va kompleks metodlari
kiradi. Taqqoslash–umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, pato- psixologiya va
defektologiyada keng qo’llaniladi. Yosh va pedagogik psixologiyada
o’rganilayotgan psixik jarayonlarning dinamikasini aniqlash uchun qo’llaniladi.
Longityud – (uzluksiz) uzoq vaqt davomida ayni bir xil kishilar
o’rganiladi. Kompleks – psixologik tadqiqotlar boshqa fanlar metodlari ishtirokida
o’tkaziladi. (shaxsning jismoniy, fiziologik, psixik va ijtimoy taraqqiyoti
aniqlanadi).
II. Empirik metodlar: kuzatish va o’z-o’zini kuzatish; eksperimental
psixodiagnostika metodlari (test, anketa, suhbat, sotsiometriya, intervьyu);
faoliyat natijalarini tahlil qilish; biografiya metodlari.
III. Ma’lumotlarni qayta ishlash metodlari: miqdoriy (statistika) va psixologik
yoki sifatiy tahlil turlariga bo’linadi.
IV. SHarhlash metodlari: Genetik va “donalash” metodlari. Genetik metodda
taraqqiyotdagi bosqich, pog’onalar, inqiroz holatlari ajratib ko’rsatiladi (vertikal
aloqa). Donalash metodida esa shaxsning barcha xarakteristikalari o’rtasidagi
“gorizontal” aloqalar aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |