maqsadga qaratilgan boiib, uning yordamida kishilarning turli psixik jarayonlari
hamda shaxsiy psixologik xususiyatlari o'rganiladi. Bunda tarbiyachi va
tekshiruvchi psixolog bolalarning xulq-atvorlari va xatti- harakatlarini ularning
turli-tuman faoliyatlarida tabiiy sharoitda mavzuli tarzda kuzatadi. Ob'ektiv kuzatish
metodi quyidagi qoidalarga asoslanib tashkil qilinishi kerak: 1) Har qanday
kuzatishning aniq maqsadi, rejasi bo'lishi kerak. Masalan: bolalar diqqatining
barqarorligini yoki tafakkur bilan bog'liq bo'lgan analiz qila olish qobiliyatini
kuzatish. 2) Bola shaxsining yaxlitligi tamoyiliga asoslanib, ya'ni analitik-sintetik
nuqtai nazardan kuzatish. 3) Bolani jamoada va jamoa a'zosi sifatida o'rganish; 4)
Kuzatish tabiiy sharoitda olib borilar ekan, bolalar o'zlarining
kuzatilayotilganlarini mutlaqo bilmasliklari kerak. 5)Kuzatishdan yaxshi
natijalar olish uchun, ularni turli sharoitlarda (shaxsning xislatlarini turli xilda
namoyon bo'lishni nazarda tutib) tizimli tarzda kun sayin o'rganish kerak.
Kuzatish metodidan foydalanilganda bolalar turli o'yin faoliyatlari, didaktik
mashg'ulotlar, mehnat faoliyatlarida xilma-xil psixik jarayonlarning va individual
xususiyatning namoyon bo'lishini o'rganish mumkin.
Kuzatish metodi uzluksiz yoki faoliyatni tanlab vaqti- vaqti bilan o'tkazilishi
mumkin. Bolalami uzluksiz kuzatish metodi bilan o'rganilganda ularning barcha fe'l
- atvorlari va xatti - harakatlari kundalik faoliyatlari davomida kompleks holda
o'rganiladi. Uzluksiz kuzatish bir necha kun yoki bir necha oy davom etgandan so'ng
to'plangan ma'lumotlar analiz qilinib, bolaga psixologik xarakteristika tuziladi,
vaqti-vaqti bilan tanlab kuzatilganda bolaning barcha xulq-atvori va xatti-
harakatlari emas, balki faqat ma'lum xatti - harakatlari (diqqati yoki xotirasi) bilan
bog'liq bo'lgan tomonlari o'rganiladi.
Bolalar psixologiyasida kuzatish metodining alohida turli bolalar taraqqiyotini
sermazmun qirralarini kuzatish va unda olingan dalillarni kundaliklarga yozib borib
o'rganishdan iboratdir. Bola taraqqiyoti haqidagi birinchi kundalik XIX asrning
ikkinchi yarmida Ch.Darvin tomonidan nashr etilgan. Undan so'ng
N.A.Menchinskaya, V.S.Muxinalarbolalarpsixiktaraqqiyoti yuzasidan tizimli tarzda
olib borgan o'z kundaliklarini nashr etganlar.
Bolalar psixologiyasida keng qo'llaniladigan yana bir asosiy metod – eksperiment
metodidir. Eksperiment metodi kuzatish metodiga nisbatan aktiv metod hisoblanadi
Eksperiment metodida u yoki bu psixik jarayonni qachon yuzaga kelishini kutib
otirmay, bu jarayonni eksperimentatorning o'zi yuzaga keltiradi. Shuningdek o
rgamlayotgan psixik jarayonni bolalarda bir necha marta takrorlab o'rganish
mumkm, yana qulay tomoni shundaki, bu metod kuzatish metodi singari ko'p vaqt
talab q,lmaydi. Eksperiment metodi 3 ga bo'linadi: 1) laboratoriya eksperimenti
2)tabiy eksperiment. 3) pedagogik- psixologik eksperiment metodi. Laboratoriya
eksperiment. maxsus tashkil qilingan laboratoriyalarda turli asboblar yordami bilan
o'tiladi. Tabiy eksperimentda biror psixik jarayon o'rganilayotganda maxsus sharoit
yuzaga keltinladi. Bolalar psixologiyasida eksperimentning har ikkala turidan keng
foydalaniladi. Biroq bu metodlardan bolalar psixiologiyasida foydalanishning o'ziga
xos tomoni shundaki, bog'cha yoshidagi bolalar laboratoriya sharoitida
otkaziladigan eksperimentlar bilan tabiiy sharoitda o'tkaziladigan
ekspenmentlarning farqiga bormaydilar.
Har ikkila holda ham, tajribalar vazifa tarzida emas, balki o'yin tarzida o'tkazilsa
yaxshi
natya beradi. Eksperiment
metodidan
guruhlarda o'tkaziladigan
mashg'ulotlar paytida keng foydalanish mumkin. Masalan: turli yoshdagi bog'cha
bolalar bilan otkaziladigan didaktik mashg'ulotlarda tabiiy eksperiment metodini
qo'llash mumkin. Bunda bolalarga har xil hayvonlar, parrandalar, mevalar,
sabzavotlar tasvirlangan rasmli kartochkalarni aralash holda berib, ularni guruhlarga
ajratish topshinladi. Bolalar bu narsalarni qanday belgilariga qarab guruhlarga
ajratishlarida ularnmg umumlasht.rish xususiyatlarini o'rganish mumkin. Odatda,
guruh sharoitida o tkaziladigan bunday eksperimentni tabiiy eksperiment deb
yuritiladi Bolalar psrxologiyasida tarkib toptiruvchi eksperiment metodidan ham
foydalaniladi
Bunda bolalarning u yoki bu xususiyati (psixologik xususiyati) tarkib toptiriladi va
mustahkamlanadi. Masalan: bog'cha yoshidagi bolalar ayni bir vaqtning o'zida
butunni va umng tarkibiy qismlarini to'la idrok qila olmaydilar. Ular o'z diqqatlarini
yoki bir butun narsanmg o'ziga yoki uning bo'laklariga qarata olmaydilar
Tarkib toptiruvchi eksperiment orqali bolalami bir butun narsani uning qismlari
bilan bir paytda idrok qilishga o'rgatiladi. Buning uchun bolalarga bir butun
narsanmg obrazini yarata olish mashq qildiriladi (turli geometrik figuralar - doira
kvadrat, kub, foydalaniladi).
Pedagogik eksperiment orqali biron ta'lim- tarbiya metodining mahsuldorligi
aniqlanadi. Masalan: Biron tadqiqotchi bolalarni son- sanoqqa o'rgatishning
qandaydir yangicha metodini ishlab chiqqan bo'lsa, uni pedagogik eksperiment
metodi orqali sinab ko'radi. Buning uchun oldindan bog'cha ma'muriyati bilan
kelishib 1 ta eksperimental va 1 ta nazorat guruhini belgilab oladi. Shundan
so'ng tadqiqotchi eksperimental guruhda yangicha metod bilan elementar mavhum
tasavvurlarni o'stirish mashg'ulotini o'tkazadi. Nazorat guruhida esa bu
mashg'ulotlar odatdagi eskicha metod bilan davom ettirilaveradi. 1 -2 oydan so'ng
har ikkala guruhdagi bolalarning o'zlashtirishlari taqqoslab ko'riladi. Agarda
eksperimental guruh bolalari yangicha metod bilan o'zlashtirishlari nazorat
guruhdagi bolalarning o'zlashtirishlaridan anchagina samarali boiib chiqsa, bu
metod boshqa hamma bog'chalarga ham tarqatiladi. Bordi-yu, agar natija nazorat
guruhdagi bolalarning o'zlashtirishlaridan yomon, ya'ni past bo'lib chiqsa, yangicha
metod bilan mashg'ulot o'tish darhol to'xtatiladi.
Bolalar psixologida asosiy metodlardan tashqari yordamchi metodlardan ham
keng foydalaniladi. Bolalar psixiologiyaning yordamchi metodlaridan - faoliyat
mahsullarini o'rganish metodidir. Bolalar ham xuddi katta odamlar singari doim
ma'lum faoliyat bilan mashg'ul bo'ladilar. Faoliyatlari jarayonida turli narsalarni,
mahsg'ulotlarni yuzaga keltiradilar. Ana shu narsalarda, mahsulotlarda bolalarning
psixik jarayonlari va psixologik xususiyatlari o'z aksini topadi. Bog'cha yoshidagi
bolalarning faoliyatlari - o'yin, rasm chizish, plastilin yoki loydan biron narsa
yasash, applikatsiya, qurish-yasash kabilardan iboratdir. Ana shu faoliyatlarining
natijasiga qarab bolalarning mayl va istaklari, ehtiyoj va qiziqishlari, qobiliyat va
layoqatlarini o'rganish mumkin. Masalan: bolalarning chizgan rasmlarida ular
idrokining xususiyatlari va atrofdagi narsa va hodisalar haqidagi tasavvurlarini
ko'rish mumkin. Shu sababli bu metoddan bolalar psixologiyasida keng
foydalaniladi.
Bolalar psixologiyasida suhbat metodidan keng foydalaniladi. Bu metodni 5-6
yoshli bolalarga nisbatan qo'llash mumkin. Bunda bolalarga turli mavzularga doir
savollar beriladi va ulardan og'zaki suhbatning mavzui va suhbat paytida bolalarga
beriladigan savollar oldindan yaxshilab o'ylab olinadi. Suhbat jarayonida javoblarai
yozib olib, keyinchalik javoblarni taxlil qilish mumkin. Suhbat metodini o'tkazishda
quyidagilarga rioya qilish talab etiladi:
l)Suhbatning mavzusi va mazmuni bolalarning taraqqiyot darajalariga va yosh
xususiyatlariga mos bo'lishi kerak.
2)Savollar rejali va maqsad asosida tuzilishi kerak.
3)Suhbat paytida «ha» yoki «yo'q» demay, to'liq javob olish kerak.
4)Suhbatni haddan tashqari cho'zib yubormaslik kerak.
Suhbat orqali bolalarning bilishlari, narsa va hodisalar haqida tasavvurlari,
qiziqishlari va odamlar bilan bo'lgan munosabatlarni o'rganish mumkin.
Bolalar psixologiyasida so'nggi yillarda test metodi qo'llanila boshlandi. Test
so'zi inglizcha bo'lib, o'lchash degan ma'noni bildiradi. Test metodi orqali
bolalarning umumiy aqliy taraqqiyot darajalari va ayrim psixik jarayonlarining