iboratki, inson u yoki bu ko’rsatkich bo’yicha guruh a’zolarini tanlaydi. Qilingan
tanlashlar asosida kishining guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida tutgan
Demak, sotsiometriya metodi yordamida guruh a’zolari o’rtasidagi simpatiya
yoki antipatiyani aniqlash mumkin. Sotsiometriya metodini operativ tarzda
o’tkazish, uning natijalarini esa matematik qayta ishlash va grafik ravishda ifodalash
mumkin.
Sotsiometriyani tadqiqot metodi sifatida tan olish bilan bir qatorda uning ba’zi
kamchiliklarini ham ko’rsatib o’tish zarur. Asosiy kamchilik shundan iboratki,
sotsiometriya metodi mavjud munosabatlar strukturasining sabablarini aniqlash
imkonini bermaydi. SHuning uchun ham sotsiometriyadan olingan ma’lumotlar
kuzatish, suhbat, psixologik- pedagogik eksperiment natijalari bilan to’ldirilishi
lozim.
Sotsiometriya metodidan guruh, jamoa a’zolari o’zaro bir-birlarini yaxshi
bilgan holatlardagina foydalanish mumkin. Bu metod yordamida shaxsning xizmat
yuzasidan bo’ladigan va shaxsiy munosabatlardagi haqiqiy o’rnini aniqlash,
birlamchi guruhlar mavjud yoki mavjud emasligini topish, birlamchi guruhlarning
paydo bo’lishi va tarqab ketishi sabablarini aniqlash mumkin.
Sotsiometriya metodining mohiyati shundan iboratki, tekshiriluvchiga birga
qilinadigan ishlari yoki guruh a’zolarining ishlarini birgalikda bajarishga xohishlari
to’g’risida savollar beriladi. Beriladigan savollar tanlash ko’rsatkichlari deyiladi.
Kuchli va kuchsiz ko’rsatkichlar farqlanadi. Kuchlilar chuqur va barqaror
munosabatlarni, kuchsizlari yuzaki va beqaror munosabatlarni aniqlash imkonini
yaratadi. Masalan, “xizmatdoshlaringizdan qaysi biri bilan bitta brigadada ishlashni
xohlardingiz?” degan savol bo’yicha aniqlangan ko’rsatkich kuchli ko’rsatkich
hisoblanadi, chunki u uzoq vaqt davom etadigan, muhim munosabatlarga tegishli.
“Kimni birga ekskursiyaga borishga taklif qilardingiz?” – kuchsiz ko’rsatkich,
chunki u chuqur bo’lmagan va vaqtinchalik munosabatlarni belgilaydi. Kuchli va
kuchsiz ko’rsatkichlar mazmuni jihatidan turlicha bo’lishi mumkin, lekin ulardagi
umumiy narsa – natijalar, ya’ni sherik tanlash.
Tanlashlar soni cheksiz bo’lishi mumkin, biroq amaliyotning ko’rsatishicha,
kishining guruhdagi holati va o’zaro munosabatlarini aniqlash uchun 3 ta kishi
tanlash yetarli. Bunda sinaluvchidan, birinchi navbatda kimni tanlashi, agar 1 shaxs
bilan imkon bo’lmasa 2 – navbatda kimni tanlashi hamda ikkinchisini tanlash
imkoni bo’lmasa, 3 – navbatda kimni tanlashi haqida so’raladi.
SHerikni tanlash o’zaro va bir tomonlama bo’lishi mumkin. 1 – holda A – B ni,
B – A ni tanlaydi. Bu o’zaro bir-birini tanlash hisoblanadi. Tanlash bir tomonlama
bo’lganda A – B ni, B esa V ni yoki G ni tanlaydi.
Tanlash bir tomonlama bo’lganda A – B ni, B esa V ni yoki G ni tanlaydi.
Dostları ilə paylaş: