Psixologik tadqiqotlar natijalarini matematik- statistik qayta ishlash
metodlari
Tadqiqotdan olingan ma’lumotlarni (miqdoriy) tahlil qilish va tavsiflashga
kirishishdan avval ularni umumlashtirish, bir tizimga solish va ixcham shaklga
keltirish zarur. Buning uchun esa matematik statistika tushunchalarini albatta bilish
va ular bilan ishlay olish talab qilinadi.
Odatda o’lchov natijalarini aks ettiruvchi sonlar statistikada variantlar deb
ataladi va
i
x
bilan belgilanadi. Barcha o’lchovlar, ya’ni o’sib borish yoki kamayish
tartibida joylashgan o’lchovlar variatsion qatorni tashkil qiladi. Variatsion qator
tarkibida takrorlanadigan o’lchovlar soni chastota deyiladi.
Masalan, tadqiqotchi “Sening fikr va qarashlaring sinfdoshlaringniki bilan
ko’pincha mos keladimi? ” kabi anketa savoliga 36 o’quvchidan javob olingan
deylik. Bunda 5 xil javob ko’zda tutilgan : “har doim”, “ko’pincha”, “ba’zida”,
“kamdan-kam”, “hech qachon”. Agar har 1 javob varianti uchun son belgisi berilsa
(“har doim ” – 5, “ko’pincha” – 4, “ba’zida” – 3, “kamdan-kam” – 2, “hech qachon”
– 1)
Hamda sonlarning kamayib borish tartibi bo’yicha bir qatorga joylashtirilsa, biz
quybdagicha variatsion qatorga ega bo’lamiz:
555555444444444333333333333222222211
Olingan ma’lumotlarni qayta ishlash oson bo’lishi uchun jadval shakliga
keltiramiz:
Dostları ilə paylaş: |