Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат университети



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix02.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#40362
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
osimliklarda uruglanish hodisasi va uning xususiyatlari

                                    IV. Urug’lanish. 

        Changlanish  bilan  urug’lanish,  ya’ni  gomotalarning  qo’shilishi 

orasida ma’lum bir vaqt o’tadi. Bu vaqt kauchukli ko’k-sag’izda atigi 15-30 

minutni, g’o’zada 18-20 soatni, ba’zi o’simliklarda bir necha kun, hafta, oy va 

hatto yilni tashkil qiladi. 

Og’izchaga  tushgan    chang  o’sa  boshlaydi.  Changning  intinaga  o’ralgan 

moddasi  ekzinadagi  teshiklardan  do’mbayib  chiqadi  va  chang  naychasini 

hosil  qiladi,  bu  naycha  asta-sekin  cho’ziladi  va  ustuncha  bo’lgan  taqdirda 

kanili bo’ylab  yoki ustunchadagi alohida o’tkazuvchi to’qima  bo’ylab o’sib, 

tugunchaga  qarab  yo’naladi.  Chang  naychasi  oziqlanishi  va  o’sishi  uchun 

zarur  moddalarni  aftidan,  chang  zapaslaridan  eams,  balki  ustuncha 

to’qimalaridan xiycha miqdorda oladi. Chang naychasining ma’lum tomonga 

qarab  o’sishi  ham  ustuncha  bilan  urug’kurtak  to’qimasidagi  allaqanday 

moddalarning  ta’siriga  bog’liq.Chang  qismlari  ya’ni  vegetative  yadroli 

protoplazma  bilan  generative  hujayra  chang  naychasining  o’suvchi  uchiga 

o’tadi,  lekin  ba’zi  o’simliklarda  vegetative  yadro  changda  qoladi.Generativ 

hujayra  ba’zan  changing  o’zidayoq,  ko’pincha  esa  chang  naychasida  ikkiga 

bo’linadi.  Ilgari  shu  generative  qiz  hujayralarning  chegaralari  yo’qoladi, 

ularning  protoplazmasi  vegetative  hujayra  protoplazmasi  bilan  aralashib 

ketadi  va  spermiyalar  (plazmasiz  spermiyalar)  deb  ham  ataladigan  ikkita 

generative yadrogina ro’yrost ajralib turadi deb o’ylar edilar. Spermiyalarning 

yolg’iz  yadrolar  emasligi,  generative  yadrolar  o’z  protoplazmasining  yupqa 

qavati  bilan  o’ralib  turishi,  demak,  chang  naychasida  plazmasiz  spermiyalar 

emas,  balki,  odatda,  cho’ziq  ko’rinadigan  spermiya  hujayralar  bo’lishi 

tasdiqlandi.  Bu  kuzatuvlar  mohiyat  e’tibori  bilan  kata  ahamiyatga  ega:  ular 

spermiyalardan  yuzaga  chiqadigan  urug’lanishda  erkak  individ  tomonidan 

yolg’iz yadrogina emas, balki yadro bilan protoplazma ishtirok etishini isbot 

qiladi. 



 

34 


Chang  naychasi  protoplazmasida,  uning  o’sayotgan  ichida  asta-sekin 

yemirilib  ketadigan  vegetative  yadroni,uning  orqasida  esa,  ancha  ixchamligi 

va  cho’ziq  shakli  bilan  ajralib  turadigan  ikkita  spermiyani  payqasa  bo’ladi. 

Chang  naychasi  tugunchaga  yetar  ekan,  undagi  alohida  o’tkazuvchi  to’qima 

bo’ylab  o’sadi  va  urug’kurtakka  borib,  chang  yo’li  orqali  unga  kiradi.  Bu 

yerda  u  yo  to’g’ri  embrion  xaltasiga  duch  keladi,yoki  shu  xaltani  qoplab 

turgan  yumshoq  hujayralar  orqali  xaltaga  o’tadi.  Embrion  xaltasining  chang 

naychasi  uchiga  taqalib  turgan  pardasi  erib  ketadi.Chang  naychasi  embrion 

xaltasiga  kirar  ekan,  sinergidalar  orasida  yoki  bir  sinergida  bilan  embrion 

xaltasining  devoir  orasida  tuxum  hujayra  tomoniga  qarab  o’sadi.Chang 

naychasining uchidagi parda yirtilib, undan ikkita spermiya chiqadi, bu unga 

qo’shiladi.Bir  qancha  tekshiruvchilar  spermiyalar  ayni  vaqtda  aktiv  harakat 

qiladi, deb yozadi. 

Shunday  qilib,  yopiq  urug’lilarning  ociq  urug’lilarda  ko’rilmaydigan 

xususiyati,  ya’ni  qo’sh  urug’lanish  degan  xodisa  vujuga  keladi.Urug’langan 

tuxum  hujayradan  embrion,  embrion  xaltasining  markaziy  hujayrasidan 

embrionga  oziq  bo’ladigan  endosperm  hosil  bo’ladi.Sinergidalar  bilan 

antipodalar esa halok bo’ladi, qo’sh urug’lanishni dastlab 1898-yilda mashhur 

rus  botanigi  S.G.  Navashin  kashf  etdi.  Ba’zi  o’simliklarda  chang  naychasi 

uru’kurtakka chang yo’li orqali kirmay, xolatsa ( xalatsogamiya) orqali yoki 

yon tomondan qoplag’ichlar orqali kiradi ( lizogamiya gerkcha”mezos”-o’rta, 

“gameo”-nikohlanaman  degan  so’zlardan  olingan).  Mana  shu  ikkita  keying 

usul turli oilalarda evolyutsiya  protssesida birinchi usuldan (poragamiyadan) 

vujudga  kelgan.  Bir  qancha  ishlarda  madaniy  gulli  o’simliklarda 

kuzatiladigan  tanlab  urug’lanish  hodisasiga  ahamiyat  berilmoqda. 

Og’izchaga, odatda, urug’kurtaklardagi tuxum hujayrani urug;lantira oladigan 

bir  talay  chang  tushadi.  Lekin  boyagi  ishlardan  olingan  ma’lumotlarga 

qaraganda,  hatto  o’sha  tur  yoki  navning  tasodifan  boshqalardan  oldinroq 

tushgan  har  qanday  change  emas,  balki  urug’lantirganda  eng  yaxshi  natija 



 

35 


beradigan,biologik  jihatdan juda mos keladigan changlargina  urug’lanishda 

ishtirok  etadi.  Shu  tariqa  tanlab  urug’lanish  xususiyatidan  hozirgi  kunda 

SSSRda  madaniy  o’simliklarni  chatishtirishda  keng  foydalanilmoqda.  

Ko’pgina  madaniy  o’simliklarning  changlanishida  ko’riladigan  yana  boshqa 

bir  qancha  tafsilotlar  ham  aniqlangan  I.V.Michurin  yaxshi  chatishmaydigan 

ikki  turni  chatishtirishda  ota  tur  o’simlik  changiga  bir  oz  ona  tur  changini 

qo’shadi.; bu chora egona chang bilan yaxshi changlanishga yordam berdi.  

Changlanishning  yaxshi  chiqishi  uchun  changlatishda  olingan  chang 

miqdorining  ham  ahamiyati  bor.  Ba’zi  o’simliklarda  yakka  o’sadigan 

changlar to’p-to’p bo’lib o’sadigan changlar hosil qilgan chang naychalaridan 

ko’ra  sekinroq  o’suvchi  chang  naychalarini  beradi.  Changlanishning  yaxshi 

chiqishi  uchun  chang  miqdori  changlanadigan  urug’kurtaklar  sonidan  necha 

baravar  ortiq  bo;lishi  kerak.  Bunday  hollarda  changdan  chiqadigan  va  meva 

hosil  bo’lishining  dastlabki  stadiyalarida  zarur  bo’ladigan  allaqanday 

moddalar ma’lum darajada rol o’ynasa ham ajab emas. 


Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin